Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Xavfli geologik va gidrometerologik hodisalar (surilma, sel



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/70
Sana20.06.2021
Hajmi1,95 Mb.
#71385
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
Bog'liq
favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi-1

Xavfli geologik va gidrometerologik hodisalar (surilma, sel, 
qor ko’chkisi va boshqalar) oldini olish, ularga qarshi 
ko’riladigan chora-tadbirlar
  Surilishga   qarshi   kurashish   murakkab   vazifalardan   hisoblanadi. 
Uning    oldini olish  va muhofaza   tadbirlarini ko’rish surilishni keltirib 
chiqaradigan geologik jarayonlarga bog’liq.
117


Surilishga qarshi ko’riladigan choralar  passiv va aktiv bo’ladi Passiv 
choralar profilaktik  ahamiyatiga ega  bo’lib  surilish  yon bag’irligida va 
zonasida  qo’yidagi  ishlar bajarilishini  man etadi:
1)
yon bag’irlikni  qirqish va tekislash;
2)
portlatish ishlari;
3)
imorat va inshootlar  qurish;
4)
kon qazish;
5)
og’ir yuk transport vositalarini  katta tezlikda harakatlanishi;
6) daraxtlarni rejasiz kesish;
7) yerlarni sug’orish;
8) oqova, buloq suvlarini oqizish va h.k.
Bu choralar  surilish hodisasini  ma’lum  bir davrga to’xtatish uchun 
bajariladi. Aktiv choralarga   yonbag’irlikdagi   surilishga   moyil   bo’lgan 
tog’ jinslarining  harakatini to’xtatish  maqsadida  inshootlar qurish, tog’ 
jinslarining   mustahkamligini     oshirish   uchun   maxsus     chora-tadbirlar 
ko’rish kiradi.
Aktiv chora-tadbirlar  ko’rish 4 gruppaga  bo’linadi:
1)   Surilishni   keltirib   chiqaradigan     sabablarni     aniqlash   va   yo’q 
qilish.  Bu   guruhga    taaluqli   chora-tadbirlarga  dengiz  va   daryo   suvlari 
qirg’oqlarining namlanishi va yuvilishining   oldini olish   kiradi. Buning 
uchun     surilish     ehtimoli     bor   bo’lgan   qirg’oqlarga   beton     plitkalar 
yotqiziladi,   to’lqinlarni     qaytaradigan   va   so’ndiradigan     qurilmalar 
o’rnatiladi. Yer usti  suvlarining  suriluvchan jinslarga  singishining  oldini 
olish     uchun   har   xil     qurilmalar   yasab,     ularni     boshqa     yo’nalishda 
118


yotqizish, yer yuzasidagi  filtrasiyani  kamaytirish  uchun uni nishablash, 
gilbeton, shlak, bitum, asfalt yotqizish lozim buladi.
Shuningdek suriluvchan  massaning  og’irligini  kamaytirish, yer osti 
suvlari sathini  pasaytirish yoki butunlay  yo’qotish maqsadida  yopiq yoki 
ochiq   zovurlar   qaziladi.   Ulardan     yer   ostki   va   ustki     suvlarini   yig’ish 
hamda ularni relyefning pastki qismlariga  oqizishdan foydalanidi.
2) Surilishga   moyil bo’lgan   jinslarni ushlab   turadigan inshootlar 
qurish.   Bu   chora-tadbirlar     tirgovich   devorlar,   ustun   qoziqlar   va 
kontrabanketlar   qurishni   nazarda     tutadi.   Tirgovich   devorlar   qurilish 
tekisligiga  nisbatan  chuqurroq qilib, ustun qoziqlar (temir-beton, temir va 
yog’ochdan   tayyorlanadi)     uchi   esa   yonbag’irlikni     turg’un   qismiga 
tushiriladi   va   suriladigan     massani     ushlab     turadi.     Kontrbanketlar 
yonbag’irlarning  nishabligi kichik  bo’lgan  taqdirda  suriladigan  massani 
ushlab     turish   uchun     ishlatiladi.   Buning     uchun     yonbag’irlikdagi 
do’ngliklar tekislanib  chiqqan gruntlar  uning etak  qismiga yotqiziladi va 
suriladigan  massani  ushlab  turadigan  devor hosil qilinadi.
3)   Jinslarni     surilishga     qarshiligini     kuchaytirish     uchun     uning 
mustahkamligini     sun’iy     yo’l   bilan     oshirish.   Bu   chora   tadbirlar 
suriladigan (tog’) jinslar yopishqoqligini   va mustahkamligini silikatlash, 
sementlash, bitumlash va   kimyoviy   ishlov   berish   orqali   oshirishga 
qaratilgan.
4) Suriluvchan  massani   yonbag’irlikdan    butunlay    olib  tashlash. 
Agar suriladigan  massaning  qalinligi  va katta –kichikligi  katta  bo’lmasa 
uni     yonbag’irning   turg’un     qoyasi     chiqquncha   qazib   olib   tashlash 
mumkin va  bu ishni bajarishda buldozerlardan foydalaniladi.
119


Sel  oqimini     oldini   olish,   ularga     qarshi   kurashish,   sel   bo’lishi 
mumkin bulgan maydonlarni   chuqur urganish, atrof muxitni   muxofaza 
kilishning  asosini  tashkil etishda  muxim xalq xo’jalik  ahmiyatiga  ega. 
Shuning  uchun  sel  xodisasini  bartaraf etish maqsadida  olib boriladigan 
ishlar     ilmiy,   amaliy   xulosalarga,   tadbir   choralarga   asoslangan   bo’lishi 
kerak.
Bo’ronning to’liq taqsimotini biz jadval-3.6 dagi Bofort shkalasidan 
ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari, stolba shakldagi quyun yoki serdili 
shamol
 
hamda
 
suv
 
ostidagi
 
zilziladan 
chiqadigan sunnami bo’lishi mumkin.
Jadval-3.6
Bofort shkalasi bo’yicha bo’ron, to’fon va dovul turlanishi
Shamol 
rejimi 
Ballar 
Shamol tezligi
km/soat
m/s
Belgisi 
Bo’ron 
8
62,8-74,0
18-20
Daraxt shoxlari 
sinadi
Kuchli 
bo’ron
9
75,6-86,9
21-25
Tomdan cherepisa va 
trubalar uziladi
To’liq 
bo’ron
10
88,5-101,4
26-30
Daraxtlar ildizi bilan 
qo’poriladi
To’fon 
11
103,-120,7
31-35
Yalpi talofat 
Dovul 
12
120,7 dan 
yuqori
35 dan 
yuqori
Katta buzilish
Suv  oqimlarini   oldini   olish     maqsadida     qo’yidagilar   amalga 
oshiriladi:
1)   Sel   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   daryo   suv   yig’ish   maydonlarida 
doimiy kuzatish  ishlari olib borish,  tog’ jinslarini yig’ilishi  oldini olish 
suv oqimiga  to’sqinlik  qiluvchi tabiiiy va sun’iy  to’siqlarni  tozalash;
120


2)   Sel   oqimi   yuzaga   kelishi     mumkin   bo’lgan   daryolarning     suv 
yig’ish maydonlarini muhofaza   qilish, ya’ni bu   maydonlarda o’simlik 
dunyosini     saqlash,   daraxtlar   va   butalarni     kesish,   maydonlarini   olib 
borishni chegaralash; 
3)   O’rmon   xo’jaligini   rivojlantirish     (yon   bag’irlarda   butalar   va 
daraxtlar ekish, chunki  ular tog’ jinslarini  qatlamlarini mustahkam ushlab 
turadi, qor erishini sekinlashtiradi;  yer yuzasini  yuvilishdan  saqlaydi.
4)   Tog’li     hududlardagi     daryolarni     o’zanida     suv     oqimini 
boshqaruvchi     inshootlar   qurish,     tabiiy,   sun’iy     to’g’onlarni     tartibga 
keltirish, temir, avtomobil yo’llari ostida   sel o’tkazuvchi katta diametrli 
quvurlar yotqizish ishlari.
Hozirgi  vaqtda     tog’li   hududlarda   suv   omborlari,   GESlar,   yoki 
bolalar   oromgoxlari, dam olish uylari, davolanish   maskanlari qurilishi 
munosabati     bildan   qor     ko’chkilari   sodir   bo’lishi     mumkin   bo’lgan 
hududlar     xaritalarga   tushirilib   o’rganib   chiqilgan.Ularning   xavfi   bor 
maydonlarda     qurish   man   etiladi.   Lekin   bunday   maydonlarda   qor 
ko’chkilarini     oldini   oladigan   injenerlik     choralarini   ko’rib   imorat   va 
inshootlar   qurish   mumkin   bo’ladi.   Bu   chora-tadbirlar   yonbag’irlarni 
tekislab  terrasalar-supalar tashkil etish, daraxtzor barpo etish, xarakatga 
kelishi     mumkin  bo’lgan  qor    uyumlarini     oz-ozdan   yo’qotish,  maxsus 
injenerlik     qurilmalar-damba,   qor   ko’chkisini   xarakat   yo’nalishini 
o’zgartiradigan  ariqlar, devorlar qurish, yonbag’irlardagi  yo’llarni tosh va 
temir betondan yasalgan   galereya bilan tutish, qor-ko’chkilarini o’tqazib 
yuboradigan tunellar qurishdan iborat.
121


Albatta, bularning hammasi ekologik muhitni o’zgartiradi. Shuning 
uchun doimo ekologik nazorat bo’lib turishi kerak. Ekologik nazoratni olib 
borish   sistemasi   rasm-3.4   da   keltirilgan.   FV   xizmatida   doimo   ham 
texnogen ham tabiiy muhitlar doimo nazorati olib boriladi.
. Ekologik holatni nazorat etish sis
Rasm-3.4. Ekologik holatni nazorat etish sistemasi

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish