Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


tarixiy-arxeologik turizm resurslari



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

tarixiy-arxeologik turizm resurslari 
– tarixiy obidalar, tarixiy 
joylar, arxeologik qoldiqlar, topilmalar;
• 
etnografik turizm resurslari 
– an’anaviy mahalliy hayot 
tarzi, milliy folklor, urf-odatlar, madaniyat, turli marosimlar, 
milliy o‘yinlar;
• 
qishloq xo‘jalik 
– 
agroturizm resurslari 
– qishloq bog‘lari, 
dehqonchilik, madaniy landshaftlar va qishloq xo‘jalik ishlari, 
polizchilik, qishloqning o‘ziga xos ko‘rinishi va qurilishi;
• 
diniy – diyorat turizmi resurslari 
– muqaddas qadamjolar, 
aziz-avliyolarning qabrlari, shifobaxsh buloqlar, turli diniy 
marosimlar;
• 
ekoturizm resurslari 
– qishloq joylarning vatanimizning 
barcha tabiiy-geografik mintaqalarida (tog‘, tog‘ oldi, cho‘l, adir, 
suv havzalari) joylashganligi;
• 
rekreatsiya va sog‘lomlashtirish turizm resurslari
– 
pansionatlar, sog‘lomlashtirish markazlari, kurortlar, mineral 
suvlar, betakror go‘shalar, buloqlar, o‘rmonlar, to‘qayzorlar, 
sharsharalar, daryo sohillari;


88
89
• 
qishloq fermerlari ish tartibi va hayot tarzi 
– qishloq xo‘jaligi 
hayvonlarini saqlash, yem-xashak tayyorlash mahsulotlarini 
yetishtirish va sotish.
Qishloq turizmini tashkil qilishda yuqorida qayd qilingan turizm 
turlarining barcha resurslari majmuali, birikkan holda ishlaydi va 
har qanday turistni ko‘proq muddatlarga ushlab qoladi. Shuning 
uchun ham Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirishga 
o‘tgan asrning 60-yillaridan jadal kirishdi. Hozirga kelib, Yevropa 
davlatlarida qishloq turizmidagi turistlarning oqimi 60 mln.turistni 
tashkil qilmoqda. Fransiya, Germaniya, Angliya, Italiya davlatlarida 
qishloq turizmi xizmatlarini ishlab chiqaruvchi 10 minglab turistik 
firmalar va turistik tashkilotlar muvaffaqiyat bilan ishlashmoqda. 
Biz ham mamlakatimizda qishloq turizmining mohiyati, maqsadi 
va vazifalarini tadqiq qilishga endigina kirishayapmiz. 
Jahonda qishloq turizmiga har bir davlatlar o‘zlaridagi 
imkoniyatlariga qarab har xil mazmunda qaramoqda. Masalan, 
Angliyada aholisi 7000 kishilik qishloqlarni qishloq turizmini 
rivojlantirish rejasiga kiritishadi, Avstriyada bu sonli aholisi bo‘lgan 
qishloqlarni shahar turizmini rivojlantirish rejalariga qo‘shishadi. 
Shuningdek, qishloq turizmini, agroturizmni rossiyalik olimlar 
ekoturizmning tarmog‘i deb bilishadi. Yevropa davlatlarida 
aksincha agroturizm-dehqonchilik bilan bog‘liq turizm, ekoturizm 
esa tabiat bag‘rida bo‘lish va uni muhofaza qilishga ko‘maklashish 
deb belgilangan.
Vatanimizda qishloq joylardagi resurslardan turistik 
maqsadlarda foydalanishni majmuali tashkil qilish qulayligini 
hisobga olib yuqorida keltirilgan turizm turlarini jamlagan holda 
qishloq turizmi deb atasak, bu turizmni rivojlantirish dasturlarini 
ishlab chiqish ancha oson kechadi. Shuning uchun ham qishloq 
turizmini tashkil qilishdagi muammolarni o‘rganishdan oldin, 
dastavval qishloq turizmining mohiyatini, maqsadi va vazifalarini 
belgilab olishimiz lozim bo‘ladi.
Jahondagi ko‘plab davlatlarda «Qishloq joylardagi turizm» 
atamasi ham bor va ular qishloqlardagi turizm resurslarga 
bog‘liq holda turistik infratuzilmalarni yaratadilar. Bu holat 
ularda qishloq turizmining juda rivojlanganligini va ayrim-ayrim 
yo‘nalishlarni hosil qilganligini ko‘rsatadi. Biz uchun eng muhimi, 
qishloq turizmini rivojlantirish mamlakatimizda ichki turizmni 
rivojlantirish asoslari ekanligini anglab olishimizdir. Ma’lumki, 
ichki turizm Butunjahon turizm tashkilotining tasnifi bo‘yicha bir 
mamlakat aholisining o‘z davlati hududlaridagi turistik faoliyati 
deb belgilangan.
Qishloqlardagi turistik resurslar ichki turizmning asosiy 
obyektlari hisoblanadi. Shuning uchun ham AQSH, Kanada, 
Angliya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlar dastlab 
(o‘tgan asrning 70-yillaridan) o‘z davlatlarida ichki turizmni 
rivojlantirganlar, butun aholini yangi ijtimoiy-iqtisodiy sohaga 
– turizm jarayonlariga ko‘p yillar davomida tayyorlaganlar. 
Shu tariqa turizmdagi tadbirkorlik ayniqsa qishloq turizmidagi 
tadbirkorlik kuchayib ketgan. Lekin afsuski, biz hozirgacha 
ichki turizmni ham, xalqaro turizmni ham, tarixiy obidalari bor 
shaharlarga sayohat deb tushunmoqdamiz.
Respublikamizda qishloq turizmini rivojlantirish zarurligining 
eng asosiy, dolzarb yana bir masalasini – shahar aholisining 
qishloqlarda dam olishini tashkil qilish deb tushunmog‘imiz lozim. 
Qayd qilganimizdek, dunyoda qishloq turizmini rivojlantirish 
orqali ichki turizmni so‘ngra xalqaro turizmni rivojlantirgan va 
jahon turizmida «lider» o‘rinlarni egallab kelayotgan AQSH, 
Kanada, Fransiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Avstraliya 
va Ispaniya davlatlari jahon turizmidagi hozirgi mavqelariga 
dastlab qishloq turizmini rivojlantirish orqali erishdilar. G‘arbiy 
Yevropaning barcha davlatlari ham qishloq turizmini jadal 
rivojlantirishmoqda. Sharqiy Yevropa davlatlari ko‘p yillar sobiq 
sovetlar ta’sirida bo‘lganligidan qishloq turizmini ishlab chiqish 
dasturlarini tuzaolmadilar.
Respublikamizda qishloq turizmini rivojlantirishning 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish