Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

1-chizma.
 Milliy park, tabiat qo‘riqxonalari va biologik 
rezervatlarda tabiat muhofazasini tashkil qilish va ekoturizmda 
foydalanish tizimi (EKONET).
1. Biosfera rezervatlari, qo‘riqxonalar, milliy parklarning asosiy 
muhofazadagi hududlari yoki yadrosi.
2. Ekologik koridorlar (qo‘riqlanadigan obyektlar va yadro 
o‘rtasidan turlar migratsiyasi o‘tadigan mintaqalari).
3. Bufer mintaqalar (foydalanishdan olinmagan, xo‘jalik faoliyati 
va tabiatdan ratsional foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lib tabiatni 
tiklash sharoitlari ham yaratilgan).


82
83
Uchinchi (3-iqtisodiy mintaqa) zonada Baday-to‘qay xalqaro 
biosfera rezervatida mahalliy aholining kichik qishloqlari yoki 
alohida uylari ham joylashgan. Bu aholi asosan qo‘riqxona 
muhofazasiga jalb qilingan. Shuningdek, ushbu aholining xo‘jalik 
faoliyatiga ham shaxsiy chorvasini ham yashash joyi atroflarida 
boqishga ham ruxsat berilgan.
Biosfera rezervatidagi o‘rmonlarni kesish, belgilangan joydan 
boshqa joylarda yerni qo‘shib olish yoki o‘zlashtirish, foydalanishga 
ruxsat berilmaydi. Turizmda, rekreatsiyada foydalanishga qisman 
ruxsat berilgan. Kelgusida Baday-to‘qay biosfera rezervatidagi 
istiqbolliy bunday tajribani boshqa qo‘riqxonalarimizda ham 
qo‘llash istiqbollari mavjud.
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning maqsadi va 
vazifalarini amalga oshirishda ekoturizmni rivojlantirishda xalqaro 
modellarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llashdagi tadqiqotlarning 
natijalarini tahlil qilish natijasida quyidagi istiqbolli yo‘nalishlarni 
belgilash mumkin:
1. Ekoturizmni vatanimizda rivojlantirishda birinchi navbatda 
ekoturizmni rivojlantirishda xalqaro modellarning tavsif va 
ta’riflarini, bu modellarning maqsadi va vazifalarini, modellar 
bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni batafsil o‘rganish talab 
qilinadi.
2. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishda xalqaro 
ekologik modellarni qo‘llash obyektlari mufassal o‘rganilishi 
lozim bo‘ladi.
3. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar va tabiat 
qo‘riqxonalari, milliy bog‘lardan ekoturizmni rivojlantirishda 
foydalanishning huquqiy va me’yoriy hujjatlarini davlat miqyosida 
ishlab chiqish talab qilinadi.
4. Ekoturizmni rivojlantirishda mamlakatimizning ekoturistik 
resurslari va obyektlari xalqaro hamda ichki turizm bo‘yicha 
darajalarga bo‘linishi, bu obyektlarning ekoturizmda foydalanish 
imkoniyatlari o‘rganiladi.
5. Ekoturizmni rivojlantirishdagi eng muhim masalalardan 
biri – ekologik turizm resurslari madaniy markazlardan ancha 
uzoq masofalarda joylashganligi sababli bu maskanlarda turistik 
infratuzilmalarning tashkil etilmaganligi hisoblanadi. Shuning 
uchun ham birinchi navbatdagi vazifalardan biri – alohida 
muhofazadagi hududlar, davlat tabiat qo‘riqxonalari va milliy 
bog‘larimizda ekoturistlarga infratuzilma tizimini va xizmatlarini 
tashkil qilishimiz ekoturizmni rivojlantirishdagi birinchi masala 
hisoblanadi.
6. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish dolzarb 
masalalardan ekanligi va bu istiqbolli yo‘nalishda ekoturizmni 
rivojlantirishning xalqaro modellarini qo‘llashning reklamalarini 
ishlab chiqish hamda xalqaro va ichki turizm bozorlariga chiqarish 
kutilgan natijalarni beradi.
7. Ekoturizmni rivojlantirishda yana bir muhim masalalardan 
biri shundan iboratki, turizm boshqaruvida O‘zbekistonda turizmni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning viloyatlardagi mintaqaviy 
bo‘limlarida, ekskursiya sayohat byurolarida «Ekoturizmni 
tashkil qilish va boshqarish tizimi»ni tashkil qilish tuzilmalari 
shakllantirilishi zarur bo‘ladi.
8. Istiqbolda ekoturizmni rivojlantirishdagi yana bir dolzarb 
masalalardan biri – barcha viloyatlarimizda aholining qiziqishini, 
tadbirkorligini va tashabbuskorligini tashkil qilish, aholining 
ijtimoiy va iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlovchi imtiyozli davlat 
qarorlarini ishlab chiqish talab qilinadi.
9. Ekoturizmni rivojlantirishdagi eng muhim muammolardan 
biri bo‘lgan yana bir masala shundan iboratki, ekoturizmni 
harakatga keltiruvchi ixtisoslashgan maxsus turistik firmalar yoki 
turistik tashkilotlar hanuzgacha tashkil qilinmayapti. Shuning 
uchun ham mamlakatimizning barcha viloyatlarida ekoturizmni 
tashkil qiluvchi va ekoturistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi turistik 
firmalar tashkil qilish ekoturizmni rivojlantirishda shu kunning 
vazifalaridan hisoblanadi.
10. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishda ruxsat 
berilgan ekoturizm resurslariga turistik marshrutlar ishlab chiqishni 


84
85
yo‘lga qo‘yish va bu turistik marshrutlarning reklamasini xalqaro 
va ichki turizm bozoriga chiqarish.
11. Mamlakatimizda xalqaro va ichki ekoturizmni rivojlantirish 
ishlarini jadallashtirish. Bu yo‘nalishda xalqaro ekoturizm va 
ichki ekoturizmni rivojlantirishga ixtisoslashgan turistik firmalarni 
tashkil qilish.
12. Qishloqlarimizda ekoturizmni qishloq turizmi, rekreatsiya 
turizmi, ziyorat turizmi va sport turizmlari bilan bog‘langan holda, 
majmuali tashkil qilish.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish