Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Nurota ekoturistik rayoni 
o‘zining ajoyib tabiat manzaralari, 
tarixiy arxitektura yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 
1975-yilda tashkil etilgan va maydoni 17,8 ming ga bo‘lgan Nurota 
tog‘ yong‘oqzor-meva qo‘riqxonasi mavjud. Bu qo‘riqxonaga 
«Ekosan» qoshidagi «Ekosantur» firmasi tomonidan ko‘plab 
marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog‘ning janubiy yon bag‘rida 
joylashgan shamol ta’sirida tebranib turuvchi bahaybat xarsang 
toshli «Sangijumon», «Koriz qoldiqlar» kabi tabiat yodgorligi 
ekoturizmning muhim obyektlaridan bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p 
asrlik ziyoratgoh «Chashma buloq» yaqinida «Chilustun» masjidi, 
madrasa, Abul Xasan Nuriy maqbarasi va qal’asi joylashgan. 
Qoratog‘ tizmasining janubiy yon bag‘rida «Sarmish darasi»dagi 
qoyalarda avlodlarimizning hayoti va madaniyatini aks ettiruvchi 
lavhalar, rasmlar ishlangan.
Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolut balandligi 
1060 m, maydoni 163 m keladigan «Maydon karst g‘ori», Shimoliy 
Nurota tizmasidagi uzunligi 130 m, absolut balandligi 1100 m, 
maydoni 70 m keladigan «Xonaixudo karst g‘or»da g‘orshunoslikni 
rivojlantirish mumkin. Bulardan tashqari, XI asrda bunyod etilgan 
va XVIII asr boshlarigacha turgan «Raboti Malik karvonsaroyi» 
sayyohlarning to‘xtash joyi, shuningdek, savdogarlarning savdo 
qilish joyi bo‘lgan. Raboti Malik yonida ming yillik tarixga ega 
bo‘lgan madaniy yodgorlik – sardoba uchraydi. Yer ichiga 12 
m botirilgan sardobada butun yoz bo‘yi muzdek va toza suv 
saqlangan.
Zarafshon ekoturistik rayonida 
Zarafshon daryosi bo‘ylarida 
joylashgan to‘qay landshafti,undagi o‘simlik va hayvonot dunyosini 
muhofaza qilish uchun tashkillashtirilgan «Zarafshon qo‘riqxonasi» 
mavjud. Buxoro viloyatining Shofrikon o‘rmon xo‘jaligi hududida 
joylashgan qum cho‘l landshafti, u yerdagi o‘simliklar va hayvonlar 
hamda tarixiy yodgorliklar (Vardanza shahar xarobalari) davlat 
tomonidan qo‘riqlanadi. «Vardanza qo‘riqxonasi», «To‘dako‘l flora 
va faunasini boyitish buyurtmaxonasi», Qoravulbozor xo‘jaligida 
joylashgan «Jayron-ekomar kazi», suv va botqoqqa moslashgan 
qushlarni ko‘paytiruvchi «Dengizko‘l buyurtmaxonasi», Zarafshon 
tog‘ tizmalaridagi Omonqo‘ton va Temurlang karst g‘orlari, 
Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘ tizmalaridagi ko‘p qavatli «G‘untak 
g‘ori» va boshqalar diqqatga sazovordir. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish