162
163
O‘zbekistonning daryolari.
Respublikada hammasi bo‘lib 17
mingdan ko‘proq tabiiy ochiq suv oqimlari hisoblangan. Amudaryo
havzasida ular 9,9, Sirdaryo havzasida – 4,9 va bu ikki daryo
oralig‘ida – 2,9. Lekin, bular asosan katta bo‘lmagan soylar, suv
oqimining uzunligi 10 km dan kam, asosan Amudaryo va Sirdaryo
oralig‘ida ular qariyb butun yil davomida qurib yotgan daryolar,
suv oqimining uzunligi har yili ham 10 km ga yetib bormaydi.
O‘zbekistonning ko‘llari.
O‘zbekistonda ko‘llar soni 500 dan sal
ko‘proq. Bu asosan kichik suv havzalari, maydoni 1 km
2
kamroq.
Maydoni 10 km
2
dan ko‘proq ko‘llar – 32 ta. O‘zbekistonda eng
katta ko‘llar tizimi – bu Aydar-Arnasoy, maydoni 3600 km
2
,
hajmi esa 42 km
2
, hamma suv omborlari zaxirasidan ustin turadi.
Suv resurslarimiz tog‘lardan boshlanadi
O‘zbekistonda yer osti suvlari.
O‘zbekiston hududida 95
yerosti suvlari konlari ma’lum. Ularning umumiy zaxirasi 75580
ming m
3
/sut miqdorida baholanadi, regional foydalanish zaxirasi
– 63986 ming m
3
/sut, barqaror foydalanish zaxirasi – 23578
ming m/sut. Chuchuk suv resurslari asosan Farg‘ona vodiysida
– 34,5%, Toshkent viloyatida – 25,7%, Samarqandda –18%,
Surxondaryoda – 9 %, Qashqadaryoda – 5,5% to‘plangan. Qolgan
viloyatlarda umumiy chuchuk suv resurslari 7% ni tashkil etadi.
O‘zbekistonda qaytim suvlar
kollektor-zavurlar oqimi va tashlangan
suvlar hisobiga shakllanadi. Suv resurslarini tashkil qilishdan ularning
hissasi yuqori va shuning bilan birga jiddiy ifloslashtirish manbasi
hisoblanadi. 1990–1999-yillar davrida respublika miqyosida qaytim
suvlar yig‘indisining o‘rtacha hajmi yiliga 28 dan 33,5 km
3
o‘zgargan.
Bu qaytgan suv oqimi hajmidan 13,5–15,5 km
3
yaqini Sirdaryo
havzasida va 16–19 km
3
yaqini Amudaryo havzasida shakllangan.
• Qaytim suvlarning katta hajmi (50-51%) daryolarga, qolgan
qismi, 33% ga yaqini pastliklarga oqib tushadi, shundan 16%
qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun qayta ishlatiladi.
• Qaytim suvlarining pastliklarga tashlanishi natijasida ko‘pgina
irrigatsion-tashlandiq ko‘llar hosil bo‘lgan. Eng yiriklari – Arnasoy,
Aydarko‘l, Dengizko‘l, Solenoe, Sudochi, Jiltirbas va boshqalar.
Ushbu ko‘llardan qishloq xo‘jaligida unumli foydalanish
masalalari davlat miqyosida ko‘rib chiqilmoqda. Tabiatni
muhofaza qilish nuqtayi nazaridan ham ushbu ko‘llar hozircha
ko‘plab murakkab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Eng jiddiy
muammo Aydarko‘l-Arnasoy tizimi ko‘llari bilan bog‘liq bo‘lib,
suvning yildan-yilga ko‘payib borishi natijasida hozirga kelib 600
ming ga yerlar suv ostida qoldi. Ekologik jihatdan yana ham
jiddiyroq muammo shundan iboratki, bu ko‘llar tizimining pastki
qatlamlarida juda katta tuz konlari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: