Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


«Baday-to‘qay» davlat qo‘riqxonasi



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

5. «Baday-to‘qay» davlat qo‘riqxonasi 
1971-yil oktabr oyida to‘qay 
landshaftini va uning hayvonot olamini saqlab qolish maqsadida 
O‘zbekiston hududida oltinchi va Qoraqalpog‘istonda birinchi 
qo‘riqxona sifatida tashkil topgan. Qo‘riqxona Quyiamudaryoning 
o‘ng sohil to‘qayzorlarida vatanimiz hayvonot olamida endemik 
bo‘lgan xalqaro «Qizil kitob»dagi Buxoro bug‘usini saqlab qolish, 
muhofaza qilsh va ko‘paytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida Beruniy va Kegayli tumanlari hududlarida tashkil 
qilingan. Qo‘riqxonada 91 tur qushlar yashaydi, shulardan 18 turi 
qishlovchi qushlar hisoblanadi. 1975-yilda qo‘riqxonaga 4 bosh 
Buxoro bug‘usi keltirilgan edi, hozirda ularning soni 350 boshdan 
oshdi. Qo‘riqxona BMTning O‘zbekistondagi taraqqiyot loyihasi 
bo‘yicha xalqaro biosfera rezervatiga aylantirilgan.
Maydoni 6462 ga, xususan, o‘rmon bilan qoplangan yeri 
3975 ga. Beruniy va Kegayli tumanlari hududida Amudaryo 


144
145
past oqimida joylashgan. To‘qay changalzorlari maydonning 70 
foizini egallaydi. Hayvonot olami 91 turdan ortiq qush, 15 turdagi 
sutemizuvchi va 15 turdagi baliqni o‘z ichiga oladi. «Baday-
to‘qay» davlat qo‘riqxonasi TMXR Qizil kitobi, O‘zbekiston 
Respublikasi «Qizil kitob»i, SITES II Ilovasiga kiritilgan Buxoro 
bug‘usini (xongulni) iqlimlashtirish bilan shug‘ullanadi. 
6. Zarafshon davlat qo‘riqxonasi 
1975-yilda tashkil etilgan, 
Samarqand viloyatida joylashgan. Uning hududi Cho‘ponota 
cho‘qqilaridan boshlanadi va tor tizma bo‘lib, Zarafshon 
daryosining o‘ng sohili bo‘ylab 47 km ga cho‘zilgan. O‘rmon 
yerining kengligi 300 dan 1500 m gacha. Qo‘riqxona maydoni 
2352 ga, shundan 680 ga o‘rmon bilan qoplangan. Qo‘riqxona 
vatanimizning eng chiroyli, noyob ov qushi bo‘lgan – Zarafshon 
tustovug‘ini, shifobaxsh buta o‘simligi – chakandani va daryo 
sohilidagi to‘qayzor o‘rmonlarini saqlab qolish, muhofaza qilish 
va ko‘paytirish maqsadlarida tashkil qilingan.
Zarafshon tustovug‘i
Qo‘riqxonani tashkil qilishdan maqsad yo‘qolib borayotgan 
chiroyli Zarafshon qirg‘ovulini, qimmatli dorivor butasi –
chakanda (oblepixa), to‘qay changalzorini tiklash va saqlash, 
ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat. Qo‘riqxonaning nisbatan 
kichik hududida qariyb 300 turdagi o‘simlik o‘sadi. Qo‘riqxonada 
59 turdagi dorivor va 23 turdagi texnik o‘simlik aniqlangan.
Chakanda o‘simligi 
Qo‘riqxonaning faunasi 359 tur bilan taqdim qilingan, 
shundan amfibiyalar – 2, sudralib yuruvchilar – 8, qushlar 
– 206, sutemizuvchilar – 24 turni tashkil qiladi. Noyob va 
yo‘qolib ketayotgan turlar 32 ta. 1995-yildan beri Zarafshon 
davlat qo‘riqxonasida xongulni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar olib 
borilmoqda. 1996-yilda Zarafshon davlat qo‘riqxonasiga «Baday-
to‘qay» qo‘riqxonasidan 6 bosh Buxoro bug‘usi keltirilgan. Hozirgi 
paytda qo‘riqxona hududida yuz boshdan ziyod xongul yashaydi. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish