Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati



Download 0,71 Mb.
bet12/74
Sana10.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#488358
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Bog'liq
Mehmonxona servis xiz!!!!!

Idoraviy mehmonxonalar umumiy tipdagi mehmonxonalarning bir turi hisoblanadi. Bunday mehmonxonalar asosan ma’lum idora, muassasa yoki korxonaga ish yuzasidan tashrif buyurgan odamlar yashashi uchun mo‘ljallanadi. Idoraviy mehmonxonalar tegishli idora yaqinida yoki jamoat transporti yaxshi qatnaydigan joyda quriladi. Bunday mehmonxonalarda umumiy xonalar thplami ko‘pincha ancha cheklangan, hzi xizmat ko‘rsatuvchi korxona turiga va undagi umumiy ahamiyatga molik xonalar tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
Chet elda anjumanlar uchun mo‘ljallangan maxsus mehmonxonalar qurish keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar odatda «kongress-otel» yoki «konferens-otel» deb nomlanadi. Chet elda shuningdek ishbilarmonlar uchun ham maxsus mehmonxonalar – «biznes-otellar» quriladi. Odatda bu mehmonxonalarning shinamlik darajasi juda yuqori bo‘ladi. Ularda kongresslar o‘tkazish uchun zallar, majlislar, konferensiyalar, simpoziumlar uchun alohida joylar, har xil turdagi restoranlar, aloqa va bank bo‘limlari, teletayp, teleks, basseynlar, saunalar, kegelbanlar faoliyat ko‘rsatadi.
Ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarda kichik majlislar, savdo operatsiyalari o‘tkazish, mahsulotlarning namunalari ko‘rgazmalarini tashkil etish, firmalarning vakolatxonalarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan joylar, ayrim hollarda transformatsiya qilinadigan – ularda kelgan odamlarni qabul qilish, kichik muzokaralar o‘tkazish imkonini beradigan nomerlar ham nazarda tutiladi.
Turistik mehmonxonalar faol dam olayotgan turistlar uchun mo‘ljallanadi. Mamlakatimizda bunday mehmonxonalar asosan uyushtirilgan gruppaviy turizm – ekskursiya va sport turizmi uchun mo‘ljallangan.
Turistik mehmonxonalar shaharda, shahar tashqarisida, turistik ob’ektlar yaqinida, yaxshi tabiiy omillarga ega joylarda, ko‘pincha yashil massivlar yaqinida quriladi.
Turistik mehmonxonalar, shuningdek kurort mehmonxonalari yer maydonlarining hajmi umumiy tipdagi mehmonxonalarning yer maydonlaridan ancha katta bo‘ladi (1 mingtagacha o‘rinli mehmonxonalarda bir o‘ringa 75m2 va 1-2 ming o‘rinli mehmonxonalarda bir o‘ringa 65m2). Kurort mehmonxonalari va turistik mehmonxonalarning, kurortlarda va dam olish zonalarida joylashgan motellar va keminglarning ko‘kalamzorlashtirilgan yer maydonlari jami yer maydonining kamida 5% ni tashkil etishi kerak.
Mehmonxonalarning yer maydonlarida sport maydonchalari (bir o‘ringa 8-10m2 hisobidan), bolalarning o‘yin maydonchalari va soyabonlar joylashadi. Shovqindan saqlanish uchun turistik mehmonxonalar va kurort mehmonxonalarining korpuslari transport qatnaydigan ko‘chalar va yo‘llardan kamida 50m uzoqda quriladi. Bu khchalar va yo‘llar yoqasida daraxt ko‘chatlari ekish nazarda tutiladi.
Ko‘pchilik oilaviy dam olishni yoqtirganligi uchun turistik mehmonxonalarda asosan ikki hrinli nomerlar nazarda tutiladi. Nomerda odatda kunduzgi dam olish zonasi ajratiladi. Bu zona lodjiya yoki balkonni ham o‘z ichiga oladi. Yoshlar turizmi uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarda tejamkorlikni oshirish va yashash uchun to‘lanadigan haqni kamaytirish maqsadida ba’zan beshta va undan ortiq odamga mo‘ljallangan umumiy yotoqxona ko‘rinishidagi nomerlar nazarda tutiladi. Turistik mehmonxonalardagi umumiy ahamiyatga molik binolar va xonalar asosan dam olish uchun mo‘ljallangan bhladi (khp funksiyali zallar, xollar, kaminli zallar va h.k.). Umumiy ovqatlanish korxonalari orasida ba’zan «ko‘ngilochar ovqatlanish» korxonalari (raqs barlari, varete va h.k.), tez va arzon xizmat khrsatish korxonalari (ekspress-kafe, oshxona va sh.k.), ba’zan o‘ziga o‘zi xizmat khrsatish korxonalari ham bo‘ladi.
Turistik mehmonxonalarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda turistik xizmatlar khrsatish joylari, shuningdek turistik-uslubiy va instruktorlar xonalari (instruktorlar turistik guruhlar bilan metodik ish olib borishi uchun) mavjud bo‘ladi. Bunday xonalar majmui turistik marshrut turiga va mazkur marshrut bhylab turistlarning harakatlanish usuliga bog‘liq.
Turistik-sport mehmonxonalarida turistik va sport anjomlari va jihozlari (chang‘i, konki, chana, ov va baliq ovi anjomlari, qayiqlar, baydarkalar va h.k.)ni ijaraga berish shoxobchalari nazarda tutiladi. Turistik-sport mehmonxonasining xususiyatiga qarab, bunday shoxobchalar to‘plami har xil bhlishi mumkin. Shunga hxshash anjomlarni ijaraga berish shoxobchalari kurortlar va dam olish zonalarida joylashgan motellar va kempinglarda ham bo‘lishi mumkin.
Qoida tariqasida, bunday mehmonxonalarda ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami yaxshi rivojlangan, umumiy ovqatlanish korxonalari ancha rang-barang bo‘ladi. Ularda «ko‘ngilochar ovqatlanish» korxonalari (kunduzgi va tungi barlar), do‘konlar, kiosklar va h.k. ishlab turadi. Shinamlik darajasi yuqori bo‘lgan mehmonxonalarda basseynlar, saunalar, kegelbanlar, barlar, restoranlar, madaniy hordiq markazlari ham bo‘ladi.
Turistik mehmonxonalarni turizmning madaniy va ma’rifiy turlarini ma’qul ko‘ruvchi, shinamlik va xizmat ko‘rsatish darajasiga ancha katta talablar qo‘yuvchi turistlar harakatlanadigan marshrutlarda joylashtirish lozim. Bundan tashqari, turistik mehmonxonalardan avtoturizm, sport va transport turizmining ayrim turlari bilan shug‘ullanuvchi, kongresslar, festivallar va anjumanlarga keluvchi, shuningdek har xil aralash turistik sayohatlar chiquvchi mijozlarni qabul qilish va ularga xizmat khrsatish uchun ham foydalanish mumkin.
Marshrutda joylashishiga qarab, turistik mehmonxonalar asosiy muassasalar (to‘g‘ri va halqali marshrutlardagi boshlang‘ich yoki oxirgi punktlar) sifatida yoki marshrut o‘rtasida turistlar nisbatan uzoq dam olishi uchun mhljallangan oraliq muassasalar sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Foydalanishning mavsumiyligiga qarab, mehmonxonalarning mazkur turidan, qoida tariqasida, butun yil davomida foydalanishga mo‘ljallangan doimiy turizm muassasasi sifatida foydalaniladi.
Mehmonxonalarning funksional o‘ziga xosliklari ularni barcha loyihalash-qurilish hududlarida va iqlimiy kichik hududlarda loyihalash, qurish va ulardan foydalanish imkonini beradi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish