Birlamchi axborotlar (primary data) – Tadqiqotchilar tomonidan mustaqil ravishda maxsus marketing muammolarining yechimini topish maqsadida olingan axborotlardir. Birlamchi axborotlar, marketolog tomonidan aniq muammoning yechimini topish maqsadida to’planadi. Bu jarayon marketing tadqiqotlari (biz yuqorida ko’rib o’tgan oltita bosqich) da amalga oshiriladi va sezilarli darajada vaqt va moliyaviy resurslarni talab etadi.
Ikkilamchi axborotlar (sekondary data) – marketing tadqiqotlari o’tkazilgunga qadar to’langan, lekin tadqiqot ishlariga bog’liq bo’lmagan axborotlar bo’lib, uni tez va arzon to’plash mumkin. Masalan, turli gazeta va jurnallar, korxonaning turli hisobotlari, Journal of Marketing, Journal of Marketing Research, Iqtisodiyot va ta’lim, Bozor, pul va kredit kabi jurnallarning ma’lumotlari ikkilamchi axborotlar hisoblanadi. Birlamchi axborotlarga nisbatan ikkilamchi axborotlar tez va oson to’planadi, qayta ishlash oson va bunda sezilarsiz moliyaviy va vaqt resurslari sarflanadi.
Ikkilamchi axborotlar muammoni aniqlash, aniq ifodalash, uning yechimiga oid yondashuvlarni ishlab chiqish va tadqiqot rejasini ishlab chiqish, mavjud gipotezalarni dastlabki sinovdan o’tkazish mumkin.
Ikkilamchi axborotlar marketolog oldida turgan muammolarni yechishdan yiroq va ularga zarur yoki zarur emasligi noaniq bo’lib, ayrim hollarda tadqiqot jarayonida qo’llash imkoniyatini cheklaydi.
1-jadval
Birlamchi va ikkilamchi axborotlarning taqqoslanishi
№
|
Mezonlar
|
Birlamchi axborotlar
|
Ikkilamchi axborotlar
|
|
To’plash maqsadi
|
Tadqiqot muammolarini yechish maqsadida
|
Boshqa muammolarni yechish maqsadida
|
|
To’plash jarayoni
|
sezilarli darajada murakkab
|
Tez va oson
|
|
Sarflanadigan xarajatlar
|
Sezilardi darajada mablag’ sarflanadi
|
Kam mablag’ sarflanadi
|
|
Sarflanadigan vaqt
|
Uzoq davom etgan tadqiqotlarga bog’liq
|
Qisqa vaqt sarflanadi
|
|
Maqsadlarga mosligi
|
Qaysi maqsadlarda to’planganligiga bog’liq
|
Tadqiqot maqsadlariga mosligi bilan aniqlanadi
|
|
Ma’lumotlarning tarkibi
|
Tayanch o’zgaruvchilar, qo’rsatkichlar va tegishli tovar kategoriyalarini o’z ichiga oladi
|
Imkoniyatdan kelib chiqqan holda tayanch o’zgaruvchilar, ko’rsatkichlarga moslanadi
|
|
Ishonchliligi
|
Axborot manbasining ishonchliligi, nufuzi va haqqoniyligiga bog’liq
|
Axborotlarning birlamchi manbadan olinganligiga bog’liq
|
|
Xato va kamchiliklar
|
Tadqiqot o’tkazish, ma’’lumotlarni to’plash, so’rov o’tkazish, ma’lumotlarning qayta ishlanishiga bog’liq
|
Turli manbalardan olingan axborotlarning o’zaro taqqoslanishiga bog’liq
|
Ikkilamchi axborotlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |