35-chizma. Marketing kommunikatsiyalari kompleksi
Shaxsiy sotuv marketing kommunikatsiyalari kompleksida asosiy vositalardan hisoblanadi. Chizma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, marketing kommunikatsiyalari asosiy, yordamchi va qo‘shimchalarga bo‘linadi. Asosiy marketing kommunikatsiyalari kompleksi maqsadli auditoriyaga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Shaxsiy sotuvda sotuvchi korxona va iste’molchi o‘rtasidagi asosiy vositachi bo‘lib, korxonaning kommunikatsiya va sotish siyosatini amalga oshiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Bu yerda asosiysi sotuvchi sifat haqidagi axborotga, iste’molchilarning e’tirozlari, qandaydir tovardan nima uchun foydalanayotganligi yoki foydalanmayotganligi haqida axborotga ega bo‘lishi. Bunday axborotlar korxonaning tovar va siljitish siyosati maqsadidan kelib chiqqan holda shakllanadi. Sotuvchi shuningdek korxona strukturasi haqida, uning maqsadlari, umumiy korxonaning harajatlar strukturasi, mijozlarni qanday boshqarish to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi kerak. Sotuvchining malakasi: uning tovarni ishlab chiqarish texnologiyasidan to qadoqlanishigacha, psixologik bilimi, korxonaning maqsadli segmentining ijtimoiy-iqtisodiy tavsifini bilish, sotuv bosqichlarining tavsifini bilishi bilan aniqlanadi.
29.2. PR va jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish yo‘llari
Jamoatchilik bilan aloqalar – korxonaning va shu korxona tovarlarining ijobiy obro‘-e’tiborini (imidji) shakllantirish va ular haqidagi salbiy fikrlarni yumshatish orqali keng jamoatchilik bilan korxona o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlardir. Jamoatchilik deganda har xil tashkilotlar, aholi guruhlari, moliya idoralari, davlat idoralari, aholi qatlamlari, mahalliy hokimiyat sub’ektlari tushuniladi.
Ishlab chiqarish korxonalari, ma’muriy, tijorat, ilmiy tashkilotlarning yutuqlari ularning keng jamoatchilik va iste’molchilar bilan aloqalarining qay darajada tashkil etilganligiga ko‘p jixatdan bog‘liq bo‘ladi. Keyingi paytda pablik rileyshnz keskin rivojlanmoqda va marketing tizimida salobatli firmalarning murakkab, samarali quroli sifatida baholanmoqda. U iste’mol tovarlarini ishlab chiqaradagan sanoat firmalari va kompaniyalari tomonidan potensial haridorlar doirasini kengaytirish , tovarlar xaqida atroflicha axborotga ega bo‘lish maqsadida ishlatiladi.
Pablik rileyshnzning bosh tamoyillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
axborotlarning to‘la va xaqiqiy bo‘lishiga erishish;
ma’lumotlarning oddiy va tushunarli bo‘lishini ta’minlash;
munosabatlarning ikkala tomon uchun ham qiziqarli bo‘lishiga erishish;
munosabatlarda o‘ziga bino qo‘ymaslik, bahosini ko‘tarmaslikni ta’minlash;
jamoatchilik fikrini bilish uchun vaqtni ayamaslik;
munosabatlarning har bir bosqichida ishonchlilikka erishish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |