Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Reklamani tarqatish vositalari



Download 1,52 Mb.
bet130/236
Sana05.04.2023
Hajmi1,52 Mb.
#924905
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   236
Bog'liq
Маркетинг-2020

30.2. Reklamani tarqatish vositalari
Tashki reklama. Shahar va aholi punktlarining ko‘chalari va maydonlaridagi barcha reklama. Tashqi reklamani mohiyati eslatishdan iboratdir. Tashqi reklama reklama kompaniyasini boshlab yuborishi mumkin emas. U kompaniyani davom ettirishi va tugatishi mumkin. Bu hammasi tashqi reklamani xususiyati bilan bog‘liq: ko‘chada keta turib uni ko‘rishadi, bir zumda qabul kilinadi. Shuning uchun unga ayniqsa ravshanlik va kengaytirilgan o‘lchamlar, aniqlik va reklama matnlarini ko‘zga tashlanishiga bo‘lgan talablar.
Tashqi reklama. Reklamaning eng qadimgi shakli bo‘lib, bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Tashqi reklamaning asosiy funksiyasi OAV tarqatilgan reklamani to‘ldirish va mustahkamlashga yordam berishdir. Tashqi reklama kishilar bilan yuzma-yuz to‘qnash kelganligi bois, millionlab auditoriyaga mo‘ljallangan.
Tashqi reklama – bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maksadida yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va texnologiyalar to‘g‘risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlari bo‘yicha tarqatiladigan maxsus axborotdir. Tashqi reklamaga alohida maxsus konstruksiyalarda, taxtalavhalarda, ekranlarda, binolarda, inshootlarda, yo‘l chekkalarida, ko‘cha yoritgichlarining tayanchlari va hokazolarda joylashtiriladigan reklama kiradi.
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida belgilanadi.
Muayyan shaxs egallab turgan binoning tashqi tomonida, binoga kirish joyida shu shaxs to‘g‘risida joylashtirilgan yoki mazkur shaxsning mahsuloti haqida shu bino vitrinasidagi axborot (peshlavha) reklama hisoblanmaydi va buning uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish talab etilmaydi. Tashqi reklamani ko‘cha yoritgichlarining tayanchlarida hamda ko‘cha va yo‘llar qatnov qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda va yo‘l belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning o‘tish joylari, umum foydalanishdagi transport vositalari bekatlarini to‘sib qo‘ymagan holda, shuningdek bunday reklama yo‘l belgilari va tasvirini takrorlamagan (yoki aynan taqlid qilmagan) taqdirda amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlarda tashqi reklama boshqa reklama vositalariga nisbatan sezilarli ahamiyatga ega. Tashqi reklama vositalariga ko‘cha reklamasi, transport reklamasi va yorug‘lik reklamasini kiritishimiz mumkin.
Tashqi reklamaning imkoniyatlari birmuncha cheklangan. Shu bois u tovar va xizmatlar, firmalar to‘g‘risida iste’molchilarga eslatib turadi holos. Bunday reklamaning murakkab jihati kishilar uni bir ko‘rishdayoq g‘oyasini anglashidir. Tashqi reklamalar AQSH, Yaponiya, Xitoy, Yaponiya, Italiya, Belgiya, Fransiya kabi mamlakatlarda asosiy o‘rinda turadi va shahar me’morchiligi bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan.
Tashqi reklamani afzalligi shundan iboratki, u potensial haridorni to‘satdan va ayni daqiqada, qachonki u harid qilishga, tijorat qarorini qabul qilishga tayyor bo‘lganda, quvlab yetadi. Barcha tashqi reklama beruvchilarni bitta savol qiziqtiradi: Kayerda?
Bu tabiiydir, chunki shaharni har bir uchastkasi nufuz bahoga ega.
Neon. Ko‘chalar va maydonlardagi yoritilgan reklama. Neon va boshqa inert gazlar, lazer texnikasi, turli xil nur o‘tkazgichlar qo‘llaniladigan turli xil texnika vositalarini katta miqdori paydo bo‘ldi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish