Ishning mazmuni. Tovar siyosatini shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish maqsadida yengil avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarni XX asrdagi va XIX asrdagi tovar siyosatini o‘zgarishlari aniqlanadi. Asosiy o‘zgarishlarga nima sabab bo‘lganligi bo‘yicha talabalar tomonidan fikr-mulohazalar yuritiladi.
AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR
Talabalar o‘zlariga tanish bo‘lgan, qiziqishi bo‘lgan jahonga mashhur yengil avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalardan birini tanlaydi. Ma’lumotlarni internet, jurnal, maqolalar orqali topib, korxonaning tovar siyosatini shakllanishini o‘rganadi. O‘tgan asrdagi tovar siyosati bilan hozirgi tovar siyosatini shakllanishiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatayotganligi o‘rganiladi.
FSMU texnologiyasi yordamida “T.Levitt tomonidan 1965 yilda ta’riflangan tovar hayotiy davri konsepsiyasi”ga oid savolini yo‘naltiruvchi uslubiy tavsiyalar asosida yechish:
Yo‘naltiruvchi uslubiy tavsiyalar:
Savol:
|
“T.Levitt tomonidan 1965 yilda ta’riflangan tovar hayotiy davri konsepsiyasiga ko‘ra abadiy tovar yo‘q ekan. Ertami kech har qanday tovar bozordan chiqib ketadi. Men ushbu fikrga qo‘shilmayman. chunki abadiy tovarlar mavjud. Masalan, Coca-Cola”
|
(F)Fikringizni bayon eting
|
|
(S)Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
|
|
(M)Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |