6. Bozor muvozanati - ... .
a) iste’molchilar harid qobiliyati bilan belgilanadigan tovar sotish imkoniyatlari.
b) bozor ob’ektiv qonunlarining o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikda amal qilish shakli.
c) bozorning bir yoki bir necha o‘xshash tovar taklif etadigan korxonalar egallagan qismi.
d) bozorda talab bilan taklifning o‘zaro teng bo‘lgan vaziyati.
7. Bozor mexanizmi - ... .
a) iste’molchilar harid qobiliyati bilan belgilanadigan tovar sotish imkoniyatlari.
b) bozorda talab bilan taklifning o‘zaro teng bo‘lgan vaziyati.
c) bozorning bir yoki bir necha o‘xshash tovar taklif etadigan korxonalar egallagan qismi.
d) bozor ob’ektiv qonunlarining o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikda amal qilish shakli.
8. Konyunktura prognozi nima?
a) konyunkturani mavjud holatga keltirgan omillarning tahlilini o‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi.
b) bozordagi holatni ma’lum davr ichida oldindan ko‘rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi.
c) bozorning sig‘imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligini muayyan vaqt oralig‘ida o‘zgarishini rasmiylashtiradigan hujjat.
d) bu bozor konyunkturasining hozirgi holati va uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir.
9. Bozor kon’yunkturasiga ta’sir qiluvchi mikroiqtisodiy omillar keltirilgan qatorni toping.
a) talab va taklif, investitsiyalar va iste’mol darajasi.
b) aholi bandligi, milliy daromad, iste’mol darajasi.
c) talab, taklif, raqobat, narx.
d) eksport va import hajmi, raqobat.
10. Bozor kon’yunkturasini prognoz qilishda foydalaniladigan trend modeli prognoz qilishning qaysi uslubida qo‘llaniladi?
a) faktografik uslubi
b) ekstrapolyatsiya uslubi
c) ekspertlar uslubi
d) ekonometrik modellar
8-amaliy mashg‘ulot (4 soat): Bozor segmentatsiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtirish
Amaliy mashg‘ulot uchun reja-topshiriq:
8.1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va ahamiyati.
8.2. Bozorni segmentlashning asosiy tamoyillari.
8.3. Maqsadli bozor segmentlarini tanlash.
8.4. Tovarni bozorda pozitsiyalashtirish.
Amaliy mashg‘ulot darsida muhokama uchun savollar:
1. Bozor segmentatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
2. Bozor segmentlarga bo‘lishda qanday jarayonlarni o‘z ichiga oladi?
3. Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillarini aytib bering.
4. Maksadli segmentni tanlash deganda nimani tushunasiz?
5. O‘zbekiston yaxna ichimliklar bozorini segmentlash uchun qanday asosiy ko‘rsatkichlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir?
6. Segmentatsiya mezonlari va belgilari nimalardan iborat?
7. Mavqelashtirish jarayoni qanday maqsad va vazifalarni ko‘zlaydi?
AMALIY TOPSHIRIQLAR:
Do'stlaringiz bilan baham: |