1-Topshiriq:
Quyidagi tadbirlar qaysi marketing funksiyasi tomonidan amalga oshiriladi?
Tadbirlar
|
Marketing funksiyalari
|
Analitik
|
Ishlab chiqarish
|
Sotish
|
Boshqarish va nazorat
|
Korxonaning tashqi muhitini tadqiq qilish
|
|
|
|
|
Reklama
|
|
|
|
|
Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish
|
|
|
|
|
Marketingni rejalashtirish
|
|
|
|
|
Bozor tadqiqotlari
|
|
|
|
|
Bozor segmentatsiyasi
|
|
|
|
|
Mahsulot/
xizmatlar tadqiqoti
|
|
|
|
|
Yangi tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish
|
|
|
|
|
Tovar harakatini tashkil etish
|
|
|
|
|
Ehtiyojni tadqiq qilish
|
|
|
|
|
Raqobatchilar tahlili
|
|
|
|
|
Tovar sifatini boshqarish
|
|
|
|
|
Nazorat
|
|
|
|
|
Sotishni rag‘batlantirish
|
|
|
|
|
2-Topshiriq:
Quyidagi -jadvalda tovarlarga (xizmatlar) talabning har xil variantlari keltirilgan, shuningdek talabning holatiga to‘g‘ri kelmagan marketing turi sistemasiz ravishda joylashtirilgan.
Talabning holati
|
Strelka bilan chiziqning yo‘nalishi
|
Marketing turlari
|
1. Talab salbiy
|
|
Demarketing
|
2. Talab mavjud emas
|
|
Sinxromarketing
|
3. Yashirin talab , uni haqqoniy qilish kerak
|
|
Qarshi (aks) ta’sir ko‘rsatuvchi marketing
|
4. Talab pasaymoqda, uni tiklash kerak
|
|
O‘zgaruvchi (konversion marketing)
|
5. Talab tebranib turibdi, uni barqa-rorlashtirish kerak
|
|
Remarketing
|
6. Talab haddan tashqari ko‘p, uni vaqtinchalik cheklash kerak
|
|
Rivojlantiruvchi marketing
|
7. Irratsional talab shakllandi, uni nolga tushirish kerak
|
|
Rag‘batlantiruvchi marketing
|
8. Talab imkoniyatlarga mos
|
|
Qo‘llab-quvvatlovchi marketing
|
Topshiriqni quyidagi tartibda bajaring:
1. Talab holatining variantini marketing turlariga moslashtiring (strelka chiziqlari orqali).
2. Mos keladigan marketing turi nima bilan tavsiflanishini tushuntiring.
3. Marketing turining har xil variantlari bo‘yicha misollar keltiring.
3-Topshiriq:
Ustki tayyor kiyim-kechaklar savdo do‘koni yilning bahor-yoz oralig‘ida qishki assortiment tovarlarini sotishda birmuncha qiyinchiliklarga duch keladi.
Quyidagi savollarga javob bering:
1. Marketolog quyida keltirilgan marketing strategiyalaridan qaysi birini qo‘llashi kerak:
Remarketing
Sinxromarketing
Demarketing?
2. Siz tanlagan variant boshqalaridan nimasi bilan farq qiladi?
3. Mahsulot sotishni rag‘batlantirishga qaratilgan aniq tadbirlarni sharhlab bering.
TEST-TOPSHIRIQLAR:
1. Iste’molchilar muammolarini samarali yechish, istiqbolga yo‘naltirilganlik bu marketing funksiyalarimi?
a) Ha b) Yo‘q
2. Marketingning analitik funksiyasida nimalar o‘rganiladi?
a) bozorni, iste’molchilarni, tovar strukturasini o‘rganish, korxona ichki muhitini tahlil qilish.
b) yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish, tovar sifati va raqobatbardoshligini boshqarish
c) tovar harakati tizimini tashkil etish, talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish, narx siyosatini olib borish.
d) strategik va operativ rejalashtirish, marketingni boshqarishning axborot ta’minoti o‘rganiladi.
3. Quyidagi keltirilganlardan qaysi biri marketingni tamoyillari hisoblanadi?
a) maksimal yuqori iste’molga erishish
b) haridorlar talablariga javob beradigan tovarlar nusxalarini yaratish
c) korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini tartiblashtirish va rejalashtirish
d) iste’molchilar muammolarini samarali yechish, talabni prgonozlash va shakllantirish, istiqbolga yo‘naltirilganlik
4. Marketingning tahliliy funksiyasida nimalar o‘rganiladi?
a) strategik va operativ rejalashtirish, marketingni boshqarishning axborot ta’minoti o‘rganiladi
b) yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish, tovar sifati va raqobatbardoshligini boshqarish
c) tovar harakati tizimini tashkil etish, talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish, narx siyosatini olib borish
d) bozorni, iste’molchilarni, tovar strukturasini o‘rganish, korxona ichki muhitini tahlil qilish
5. Talabning holati va rivojlanishiga mos keladigan marketing turlarini toping?
1. Salbiy talab a) Remarketing
2. Talab mavjud emas b) Rag‘batlantiruvchi
3. Yashirin talab v) Konversion
4. Pasayotgan talab g) Rivojlantiruvchi
a) 1-a; 2-v; 3-g; 4-b
b) 1-v; 2-b; 3-g; 4-a
s) 1-b; 2-a; 3-g; 4-v
d) 1-v; 2-b; 3-a; 4-g
6. Bozor holati, iste’molchilar va raqabatchilarni o‘rganish ..., yuklarni tashish va joylashtirish marketingning ... funksiyalarida o‘rganiladi.
1. Sotish, 2. Ishlab chiqarish, 3. Boshqarish va nazorat, 4. Tahliliy
a) 2, 4
b) 3,2
s) 4,1
d) 4,3
7. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi____________fikrni davom ettiring.
a) Bozor kon’yunkturasini tahlil qilish.
b) Iste’molchiga va bozorga yo‘naltirilganlik.
s) Bozorni qamrab olishlik.
d) Raqobatchilarga qaratilganlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |