Topshiriqni quyidagi tartibda bajaring:
1. Marketing konsepsiyalari mazmuniga mos keladigan variantini marketing konsepsiyasiga moslashtiring (strelka chiziqlari orqali).
2. Har bir marketing konsepsiyasining mazmun-mohiyatini keng tushuntirib bering.
3. Marketing konsepsiyalariga amaliy misollar keltiring.
2-Topshiriq:
Quyida keltirilgan firmalarning faoliyati qaysi marketing konsepsiyalariga asoslanganligini sharhlab bering.
Birinchi firma, ovchilik, baliqchilik va turizm uchun uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Firma yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni bozor talablariga asoslangan holda amalga oshiradi.
Ikkinchi firma, maktab-o‘quv qurollari, devonxona tovarlarini bozorda talabni o‘rganmagan holda, sotishning agressiv shakliga asoslanib ishlab chiqaradi.
Uchinchi firma, quruvchilik firmasi bo‘lib shahardagi binolarning tashqi qismlarini qayta tiklash bilan shug‘ullanadi. Ishga faqatgina shaharda ro‘yxatga turadigan shaxslar qabul qilinadi.
To‘rtinchi firma, mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Firmaning mahsuloti arzon sifati pastroq lekin mustahkam bo‘lib savdo tizimida keng tarqalgan.
Beshinchi firma, tele va videoapparatura ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Mahsulot ishlab chiqarilishi tovarni doimiy ravishda takomillashtirish asosida amalga oshiriladi. Bozordagi talabga menejerlar e’tibori qaratilmagan.
3-Topshiriq:
Quyidagi kompaniyalar faoliyati qaysi marketing konsepsiyasi asosida boshqarilmoqda?
1. Kompaniya ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Kompaniya keyinchalik narxlarni pasaytirish uchun texnologiyasini takomillashtirib, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi.
2. Kompaniya maishiy texnika tovarlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi va tovarlarini muntazam sifatini oshirib boradi. Kompaniya menejerlari faqat tovar siyosatini takomillashtirish haqida o‘ylaydi, ammo uning talabi haqida o'ylamaydi.
3. Kompaniya yuqori sifatli bo'lmagan arzon to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi va savdo tarmoqlari orqali keng taqdim etadi.
4. Kompaniya rulonli konkilar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Kompaniya bozor talablariga asoslangan yangi modellarni ishlab chiqaradi.
5. Qurilish kompaniyasi yangi savdo markazi qurmoqda. Ishga faqatgina ushbu shaharda doimiy yashaydiganlar qabul qilinadi.
4-Topshiriq:
“Konseptual jadval” asosida AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY marketing konsepsiyalarini berilgan aspektlar bo‘yicha tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |