1-chizma. Globallashuv jarayonlarini marketing faoliyatiga ta’siri
Unda talab tendensiyalari, raqobat chilar strategiyasi, texnologik ishlanmalar va boshqa konseptual omillarga aloxida e’tibor qaratilgan. Marketing muamolari bilan fakatgina mutaxassislar emas, balki korxona tarkibiga kiruvchi barcha bo’linma va xodimlar xech bo’lmaganda tushuncha bor tariqasida faoliyat yuritilishi kerak. Xalqaro bozorga chiqish zarurati bu xayotiy extiyoj bo’lib, barcha xodimlardan siyosiy, geodemografik, tashkiliy va boshqa o’zgarishlarga e’tibor qaratishlari kerak bo’lsa o’z faoliyatlarini shunga moslashtirishlarini talab qiladi.
Globallashuv - bu butun dunyo bo’ylab iqtisodiy, siyosiy va madaniy integratsiya va birlashish jarayonidir. Buning asosiy natijasi - bu global mehnat taqsimoti, butun dunyo bo’ylab kapital, inson va ishlab chiqarish resurslarining migratsiyasi (qoida tariqasida, konsentratsiyasi), qonunchilikni, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, konvergentsiya va birlashuvdir. Bu tizimli, ya’ni jamiyatning barcha sohalarini qamrab oladigan ob'ektiv jarayon. Globallashuv natijasida dunyo tobora aloqador bo'lib, uning barcha sub'yektlariga qaram bo’lib qolmoqda. Davlatlar guruhi uchun umumiy muammolar sonining ko'payishi ham, integratsiyalashuvchi sub'yektlar soni va turlarining ko'payishi ham mavjud.
Globallashuv tushunchasi 1990-yillarning o'rtalarida ilmiy-nazariy asoslarga kiritildi va aniq, to’g’ri ta'rifga ega emasligi va munozarali bo'lishiga qaramay, tezda keng tarqala boshladi. Globallashuv - bu juda keng tushuncha bo'lib, u nafaqat iqtisodiy, balki iqtisodiy bo'lmagan sohalarni ham o'z ichiga oladi - mamlakatlar o'rtasidagi madaniy va ilmiy - texnikaviy hamkorlik, xalqaro turizm, jahon axborot tarmog'i, internet va boshqalar kiradi.
Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida iqtisodiy jarayonlarning ham sifatiy, ham miqdoriy o‘zgarishlar bo‘lishini kuzatish mumkin. Ushbu o‘zgarishlar zaminida quyidagi omillar yotadi:
xalqaro hamjamiyatga kiruvchi mamlakatlarning mustaqilligi;
xalqaro va milliy qonunchilik;
talabni taklifdan yuqori bo‘lishi;
milliy valyuta tizimi mavjudligi;
tovar ishlab chiqaruvchilari o’rtasidagi raqobatning mavjudligi;
rivojlangan bozor infrastrukturasining faoliyat ko’rsatishi;
aholining xayotiy darajasining oshishi, iste’mol tovarlariga ehtiyojning yuksalishi;
korxonalarning daromad olish yo‘lida tashqi bozor segmentlarini egallashga harakat qilishi;
turli mamlakat axolisining bozor xulq-atvorining o‘zgarishi;
ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish kooperatsiyasining rivojlanishi va boshqalar.
Zamonaviy bozor iqtisodiyotida global marketingning prinsiplarini ro‘yobga chiqarishning ikki turini ko‘rish mumkin:
1. Xorijiy bozorlarni ketma-ket o‘zlashtirish, ya’ni kaskad usuli bilan xalqaro faoliyatini yuritadigan kompaniyalar.
2. Korxonalar birdaniga ko‘pmilliy bozorga chiqishm, ya’ni global xalqaro marketing turi.
Yangi xorijiy bozorni egallash - bu doimiy ravishda ichki bozorda
foydalanilgan qarorlarni tashqi, yangi bozor sharoitiga moslashtirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |