Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


«Seylz promoushn» tadbirlari



Download 0,79 Mb.
bet84/166
Sana25.03.2023
Hajmi0,79 Mb.
#921627
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   166
Bog'liq
Global marketing O\'UM 2022-2023

2. «Seylz promoushn» tadbirlari


Seylz promoushn tadbirlarining iqtisodiy samarasi iste’molchilar bilan ishlashda individuallik darajasi, ularga psixologik ta’sir ko‘rsatish darajasi, reklamaning takroriyligi va ishonchliligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishda bir nechta vazifalar bajariladi. Avvalo, bu tadbirlar uchun javobgarlikni muayyan shaxslar zimmasiga yuklash, so‘ngra maqsadlarni belgilash lozim. Seylz promoushn reklama faoliyatining boshqa turlariga, jumladan, ommaviy axborot vositalaridagi reklamaga qo‘shimcha ekanligi sababli tadbirlar kompleksli reklama kampaniyalarini qo‘llab-quvvatlovchi tarzda tashkil etiladi. Ular quyidagi maqsadlarga birgalikda erishish uchun reklamaning boshqa turlari bilan muvofiqlashtirilishi lozim:

  • yagona tovar markasi bilan belgilangan tovarlarni tarqatish tarmoqini kengaytirish;

  • mavjud tovarlarni sotish kanallaridan foydalangan holda innovatsiyalarni namoyish etish, bozorga yangi va istiqbolli modellarni kiritish yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash;

  • tovarni ilgari sotib olgan yoki undan qoniqqan shaxslar tomonidan harid qilish sonini oshirish;

  • yangi tovar namunasi, yangi tovar belgisi yoki yangi tovarni kiritish, ilgari ma’lum bo‘lgan tovarni modifikatsiyalash, mavjud tovardan foydalanishning yangi usullarini joriy etish;

  • raqobatbardoshlikni oshirish, bozorda egallab turgan o‘rinni mustahkamlash;

  • mavjud sotuv kanallari yangi tovarni qabul qilishlari va unga ishonishlari uchun ularni rag‘batlantirib turish;

  • raqobatchi reklama kampaniyalarining hatti-sharaktlarini kamaytirish;

  • sotuv jarayoniga jalb qilingan shaxslarning bilimlarini kengaytirish, shuningdek, iste’molchilarni tovarning mavjudligi, tovar narxi, uning xususiyatlari va afzalliklaridan xabardor qilish;

  • tovarning nufuzi yuqori bo‘lishini ta’minlash;

  • tovar obrazini yaxshilash, uni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish yo‘li bilan qo‘shimcha iste’mol qiymatini yaratish;

  • sotuv tizimi xodimlari va iste’molchilarni bilvosita mukofotlash yo‘li bilan narx uchun kurashda o‘z pozitsiyalarini himoya qilish;

  • tovarni o‘tkazish tarmog‘i va iste’molchilarning firma va uning sotilayotgan tovariga bo‘lgan munosabatlarini yaxshilash;

  • tijorat agentlari faoliyatining samaradorligini oshirish.

Iste’molchilarni ayniqsa qimmatli tovarlar va katta to‘lovlar rag‘batlantiradi. O‘tqazuvni rag‘batlantirishning ko‘pon, maxsus marka va sovg‘a kabi shakllari bevosita sotuv bilan bog‘liq. bunday harajatlar sotuvdan tushuvchi mablag‘ning qat’iy belgilangan qismi bo‘lib, firma bu harajatlarni sotuv yakunlanmaguncha amalga oshirmaydi. Sotuv kanali ishtirokchilarining ishlab chiqaruvchilar bilan yaxshiroq hamkorlik qilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda sotuv vitrinalarni bezash, ishlab chiqaruvchilarning chegirma ko‘ponlari taqdim etishi, savdo xodimlarini birgalikda o‘qitish va savdo chegirmalarini taqdim etish orqali rag‘batlantiriladi.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish