4. Xorijiy vositachilarni o‘rganish va tanlash mezonlari Xalqaro savdo amaliyotida tijorat operatsiyalari ikkita asosiy usulda amalga oshiriladi: to‘g‘ri va egri. To‘g‘ri usul yakunlovchi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi (ta’minlovchi) o‘rtasidagi to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilishini ko‘zda tutadi: yakunlovchi iste’molchiga bevosita tovarlarni yetkazib keltirish va oldi-sotdi shartnomasi asosida mustaqil ishlab chiqaruvchidan bevosita tovarlarni sotib olish. Egri usul sotuvchi tovarini sotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan aniqlangan majburiyatlarini bajarilishini ko‘zda tutiladigan savdo vositachini maxsus shartnomani tuzish asosida savdo vositachi pog‘onasi orqali tovarlarni sotishni va sotib olishni ko‘zlaydi.
To‘g‘ri usul ko‘pincha firmalarda qo‘llaniladi:
uzoq muddatli shartnoma asosida sanoat xom ashyosini bozorlarda sotish va sotib olishda;
qimmatbaho va katta gabaritli jihozlarni eksportida;
ko‘p seriyali standart jihozlarni o‘zini chakana tarmog‘iga ega bo‘lgan shu’ba kompaniyalari va o‘zini chet el filiallari orqali eksportida;
rivojlanayotgan mamlakatlarni bevosita fermer - ishlab chiqaruvchilaridan qishloq xo‘jalik tovarlarini sotib olishda;
to‘g‘ri eksport va import, rivojlanayotgan mamlakatlar, sanoati rivojlangan mamlakatlari kabi davlat tashkilotlari va korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni ahamiyatli qismini tashkil etadi.
Bevosita tijorat operatsiyalarini amalga oshirilishi, ayniqsa eksport operatsiyalar qator afzalliklarga ega: chet el iste’molchilari bilan yaqinroq aloqalar o‘rnatishga imkon tug‘diradi, chet el bozorlari talablariga va o‘z ishlab chiqarish dasturlarini talabga tezroq moslashtirish va bozor sharoitini yaxshiroq o‘rganish.
To‘g‘ri aloqalar quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
oldindan aniqlangan kelishilgan mahsulot turlarini muayyan chet el iste’molchilarini (yoki iste’molchilar guruhini) maxsus talab va so‘roqnomalariga mo‘ljallangan holda yetkazib berish ko‘zda tutiladi;
yo‘nalgan maqsad tavsifiga ega, chunki asosan komplekt va murakkab jihozlarni tashib keltirishda, oldindan kelishilgan holda yetkazib keltirishda yoki tovar yetkazib beruvchidan oldindan olish amalga oshiriladi. Bunday aloqalar faqat jihozlarni haridor - importyor va ta’minlovchi - eksportyor o‘rtasidagi munosabatlari bilan chegaralanmaydi. Ular yetkazib berish komplektatsiyasida ishtirok etuvchi ixtisoslashtirilgan firmalar o‘rtasidagi bevosita aloqalar butun tizimini o‘rnatishni o‘z orqasidan tortadi. Bu firmalar o‘rtasida loyihalash va ilmiy-tadqiqot ishlari bosqichida boshlanishi mumkin bo‘lgan yaqin va mustahkam kooperatsion aloqalarni tashkil etadi. Import qiluvchi mamlakatida joylashgan firmalar bilan birgalikda komplekt jihozlarini yetkazib keltirish chet el firmalariga taalluqli bo‘lgan bevosita aloqalar usuli tendensiyasini rivojlanishiga olib keladi. Bunday amaliyot ob’ektlarni tuzish jarayonida eksport va import qiluvchi o‘rtasida yaqin aloqalarni ta’minlaydi;
ishlab chiqarishni resurslar bilan barqaror ta’minlash maqsadida, komponentlarni, komponent mahsulotlarini, materiallarni, xom ashyolarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ta’minotchilarni iste’molchi bilan munosabatlarni mustahkamligi va davomliligi; bu aloqalar yakunlovchi iste’molchi tomonidan mahsulot tavsifiga qo‘yiladigan talablarni hisobga olishga mo‘ljallangan.
Bunda ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mustaqil kompaniyalari va yirik firmalari o‘rtasidagi munosabatlar va o‘zaro aloqalarni keng ko‘lamdagi zanjiri tuziladi. Bunday munosabatlar asosida shartnomada belgilangan muddati davomida tovarlar kelishilgan sonini doimiy ravishda yetkazib berishni ko‘zda tutuvchi uzoq muddatli shartnomalarni tuzish usuli yotadi.
To‘g‘ri aloqalar usulini qo‘llanilishi zamonaviy xalqaro tijorat amaliyotida keng tarqalgan. Ayrim hisoblar bo‘yicha amerika firmalarida sanoat yo‘nalishidagi barcha tijorat mahsulotlarini uchdan ikki qismdan ortig‘i to‘g‘ri sotish hissasini tashkil etadi, ingliz firmalarida - 70 foizga yaqin. To‘g‘ri sotishni o‘sishi sanoat yo‘nalishidagi mahsulotlarni sotishda tovarlarni bozorga chiqarilayotgan texnik darajasini va murakkbligini ayniqsa mashina va jixozlarni, komplekt tashkilotlarini, yirik kemalarini, ya’ni konstruksiyadagi samalyotlar jixozlarini, noyob jixozlarni hissasini o‘sishi bilan bog‘liq.
To‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishda kontragent sifatida boshqa mamlakatlar bozorlarida chiqadigan o‘zini chet el ishlab chiqarish shu’ba va sotadigan kompaniyalarni transmilliy korporatsiyalar (TMK) tomonidan tuzilganligi katta rol o‘ynaydi. Yakunlovchi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi harakterida nomoyon bo‘lganligi uchun bu vaziyat muhim ahamiyatga ega.
Bu o‘zgarishlarni ma’nosi shundaki boshqa mamlakatlar bozorlarida va mamlakat joylashgan bozorlarida chakana va sanoat yakunlovchi iste’molchisi bilan xalqaro firmaniumumiy mulk elementini tashkil etuvchi chet eldagi sotuvchi va TMK ni ishlab chiqaruvchi shu’ba kompaniyalari aloqaga kiradi. Bu shuni bildiradiki muayan iste’molchilar bilan bevosita munosabatlarni amalga oshirishga ular mo‘ljallaganligi uchun nafaqat to‘g‘ri aloqalarni roli oshadi, balki ularni harakteri ham o‘zgaradi.
Bevosita firmalararo aloqalarni o‘rnatilishi va ishlab chiqarish va shaxsiy chet ellik sotuvchi tashkilotlarni tuzilishi bilan TMK lar nafaqat xalqaro tijorat operatsiyalarini amalga oshirishni traditsion usullari o‘rtasidagi tafovutga o‘zgarishlarni kiritadi, balki qo‘llanadigan usullar harakterni o‘zini o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro tijorat operatsiyalarn amalga oshirishni traditsion usullari o‘rtasidagi tafovutiga o‘zgarshlarni kiritadi.
Tashqi bozor bilan to‘g‘ri aloqalar borligi chet el bozorlarini ehtiyoj va talablarga o‘zini ishlab chiqarish dasturlarini tezroq moslashtirish uchun bozor sharoitlarini yaxshiroq o‘rganishni, chet el iste’molchilari bilan yana ham yaqin aloqalarni o‘rgatishga yo‘l qo‘yadi. Jahon bozoridagi raqobat kurashi keskin avj olgan zamonaviy sharoitlarda o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ixtisoslashtirish va koorporatsiyalashtirish jarayonini o‘sishi yirik firmalar o‘rtasidagi to‘g‘ri xo‘jalik aloqalarni kengaytirishga olib keldi. Bu aloqalar qo‘shma ishlab chiqarish tashkil etish, komplekt va detallarni yetkazib keltirish yo‘llari kabi yarimfabrikat va xom ashyo yetkazib kelish yo‘llari bo‘yicha ham bu aloqalar amalga oshiriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport-import operatsiyalarini kengaytirishda savdolarni tashkil etish va o‘tkazish yo‘li bilan o‘z tashqi savdo faoliyatini amalga oshiradigan ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda muassasa va davlat tashkilotlarini mavjudligi muhim ahamiyatga ega.
To‘g‘ri xalqaro tijorat aloqalarini rivojlanishi butun savdo-vositachi pog‘onasini roli o‘ta yuqori bo‘lib qolayotganiga qaramay, egri eksport va import ahamiyatini birmuncha kamayishiga olib keladi. Savdo vositachilari yordamida xalqaro tovar oborotiga kirib keladigan barcha tovarlarni yarmidan ko‘pi sotiladi.