Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Xorijiy investisiyalarni huquqiy himoyalash va sug’urtalash



Download 0,79 Mb.
bet18/166
Sana25.03.2023
Hajmi0,79 Mb.
#921627
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166
Bog'liq
Global marketing O\'UM 2022-2023

Xorijiy investisiyalarni huquqiy himoyalash va sug’urtalash
Chet el investisiyasi yo’nalishlaridan biri boshqa mamlakatlarga qaraganda ma’lum bir ustunliklarga ega bo’lgan MDH mamlakatlari bilan hamkorlik qilishdir. Bu avvalo geografik yaqinlik, ko’p yillik ish tajribasi, hamkorlar haqida ma’lumotlardan xabardorlik, bozor kon’yunkturasini bilishdir. MDH mamlakatlari tomonidan qabul qilingan «O’zaro huquqlarni tan olish va mulkiy munosabatlarni tartibga solish to’g’risidagi» kelishuv qo’shma tadbirkorlik uchun keng huquqiy asoslarni yaratadi. SHuningdek, «Investisiya faoliyati sohasida hamkorlik to’g’risidagi», «Investor huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi» kelishuvlar ham
qabul qilingan. Ukraina, Belorussiya va boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama kelishuvlarning qabul qilinishi ham yaqin xorij mamlakatlarini investisiyalash uchun qulay sharoitlar yaratadi. Mablag’larni xorijiy investisiya sifatida kiritish bir qator tavakkalchiliklarga duch keladi. Chet el mamlakatida soliq yoki valyuta tizimida ro’y bergan o’zgarishlar natijasida investor o’z mablag’laridan to’laligicha yoki qisman mahrum bo’lishi mumkin. Xorijiy investisiyalarning ko’p yillik tajribalari bunday tavakkalchiliklarni bartaraf qilishning turli xil usullari ishlab chiqilgan. Bozor iqtisodiyoti amal qiluvchi iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda chet el investorlari huquqlarini himoya qilishning uch darajasi mavjud. Birinchi bosqich bu mamlakatlarning konstitusiyalari darajasida bo’ladi. Ikkinchi bosqich ikkitomonlama hukumatlararo kelishuvlardan iborat. Uchinchi bosqich davlatlar va ularning fuqarolari o’rtasida investisiya muammolarini tartibga solish Konvensiyasida ishtirok etishdir. O’zbekistonda xorijiy investorlar huquqi mos keluvchi qonun bilan belgilangan bo’lib, Bu qonun xorijiy investorlarning investisiyalari rekvizisiya yoki musodara qilinmasligini kafolatlaydi. Milliylashtirish yoki rekvizisiya amalga oshirilgan hollarda chet ellik investorga tezlik bilan mos keluvchi tovon puli to’lanadi. Tovon puli investisiya kiritilgan valyutada to’lanishi lozim. Chet ellik investorlar davlat organlari yoki ayrim mas’ul shaxslarning hatti-harakatlari natijasida qo’ldan chiqarilgan foydani qoplash uchun to’lov olish huquqiga egalar. MDH mamlakatlarining qonun hujjatlarida chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar mulki va tavakkalchiligini sug’o’rtalash mamlakat qonunchiligida boshqa holat ko’rsatilmagan bo’lsa korxonaning ixtiyoricha amalga oshiriladi. Ilk bora xorijiy investisiyalarning davlat tomonidan sug’o’rtalanishi AQSHda, keyinchalik Germaniya va Yaponiyada qo’llangan. AQSH boshqa mamlakatlar bilan imzolovchi kelishuvlar AQSH Hukumatining subrogasiya huquqi bilan mustahkamlangan.
Investisiyalarning yana bir yo’nalishi xorijiy kapitalning korxonalarni
xususiylashtirishi hisoblanadi. Respublikamizda ushbu sohada qonun hujjatlarining qabul qilinishi chet ellik investorlarning xususiylashtirish jarayonida ishtirok etish imkoniyatlarini belgilab beradi. Bu jarayonda quyidagi sub’yektlar ishtirok etishi mumkin:

  • chet ellik huquqiy shaxslar, jumladan, joylashgan mamlakat hududida
    qonunchilik asosida investisiya operasiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan kompaniya, firma, korxona va assosiasiyalar;

  • chet el fuqarolari, chet elda doimiy yashash joyiga ega mamlakatimiz
    fuqarolari, ular xo’jalik faoliyatini yuritish uchun doimiy yashayotgan mamlakatda yoki o’z mamlakatida ro’yxatga olingan bo’lsa; xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar.

Davlat korxonalarini xususiylashtirishda ishtirok etish uchun chet ellik investorlar respublika hududida belgilangan faolitya turini yuritishga ruxsat olishi lozim.
Chet ellik investor quyidagilarni sotib olishi mumkin:

  • xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan investisiya konkursi, tijorat
    konkursi va kimoshdi savdolarida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini;

  • tijorat konkursi va kimoshdi savdolarida aksiyadorlik jamiyati hisoblanmagan korxonani;

  • mavjud va tugatilayotgan korxonalar mulkini, shushunigdek, qurilishi
    tugallanmagan ob’yektlarni;

  • davlat korxonasi va uning mulkini.

Amalda chet el investorlarnining qimmatli qog’ozlarga – davlatning qimmatli qog’ozlari, xususiylashtirilgan korxonalarning aksiya va obligasiyalari, banklarning qimmatli qog’ozlari, xususiy emitetntlarning qimmatli qog’ozlariga investisiya kiritishi keng tarqalgan. Qimmatli qog’ozlarni chiqarish turli maqsadlarni ko’zlashi mumkin. Ular byudjet kamomadini moliyalashtirish, ilgari joylashtirilgan zaemlarni so’ndirish, soliq to’lovlarini bir tekisda to’lanishini taxsilash, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish va shu kabilarga mo’ljallanishi mumkin. Banklar, xorijiy firmalar, sug’urta kompaniyalari, brokerlar, investisiya va nafaqa jamg’armalari, tijorat strukturalari va O’zbekiston aholisi qimmatli qog’oz bozorida investor sifatida ishtirok etishi mumkin.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish