4-obyekt. Do‘ppido‘zlik namunalari
Hurmatli ekskursantlar! Do‘ppido‘zlik san’ati kashtado‘zlikning ajralmas qismidir. Do‘ppilarga kashtado'zlik usullari namunalari-dan foydalanilgan.
0 ‘zbek milliy an’anaviy kiyimlari orasida ko‘rinishi jihatidan kichkina, lekin eng qadimiy, ko‘p, keng tarqalgani, bu umriboqiy-o‘zbek do‘ppisidir. U erkaklar, ayollar va bolalar milliy kiyimi-ning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanib, xalqning hayot tarzi va an’analariga chuqur kirib borgan.
241
Do‘ppi -yengil bosh kiyimi bo‘lib, islom tarixi va aqidalariga ko‘ra katta yoshdagi mo‘min-musulmonlar odatda boshyalang yurmaganlar. Yilning issiq fasllarida uyda, ko‘cha-kuyda, meh-mondorchilik va ishxonalarda do'ppi, qalpoq, kallapo‘sh deb har joyda har xil ataladigan bosh kiyim kiyishgan. Dastlab Eronda va turkiy xalqlarda rasm bo‘lib, keyin boshqa xalqlarga o‘tgan. XIII asrda Rossiyada ham paydo bo‘la boshlagan.
12.4-rasm. Erkaklar do‘ppisi.
Do'ppi turkcha «tepa» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, nafaqat o‘zbeklar, balki Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlaming ham milliy bosh kiyimidir. Boshqa xalqlar do‘ppilaridan o‘zbek do‘ppilari o‘ziga xos shakli, bezagi bilan farqlanadi. Qadim dan erkaklar do‘ppilarini juda qadrlashgan. Birovning do‘ppisini boshidan tushirib yuborish uni haqoratlash bilan teng bo‘lgan.
0 ‘zbek xalqining milliy kiyimlar orasidado‘ppining tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 519-yilga oid deb hi-soblangan, Behustun qoyatoshiga o‘yib tushirilgan bo‘rtma odam suratlaridan birining bosh kiyimi hozirgi do‘ppimizgajudao‘xshar ekan.
Do‘ppini eslatuvchi bosh kiyimlarning qadim o‘tmishda ham mavjud bo‘lganligini tasdiqlovchi dalillami arxeologik yodgor-liklar, devoriy yozuvlar, terrakota haykalchalar, XV-XVI asrlarga
242
oid sharq miniaturalarida ko‘rishimiz mumkin. Panjikent tasviriy san’atida ham bir nechta bosh kiyim tasvirlari saqlanib qolgan. Movarounnahr (XV-XV1I asrlar) va Samarqand (XVI asming birinchi yarmi) miniaturalarida ayollaming turli-tuman bosh kiyimlari uchraydi. Marg‘ilon va Chust (tus) do‘ppilarining tarixi shubhasiz Xitoy bilan bogMiqdir. Chunki ola do‘ppi o‘zbek madani-yatini xitoy va butun sharq xalqlari madaniyati bilan bog‘lasa, iroqi do‘ppilar esa uzoq g‘arb mamlakatlari, Iroq madaniyati bilan bog‘laydi. Masalan, iroqi do‘ppi 0 ‘zbekistonda dastlab Shahri-sabzda urf bo‘lib, so‘ngra boshqa shahar va qishloqlarga tarqalgan, keyinchalik bu do‘ppi ham har bir shahaming o‘ziga xos bezak usulida yaratila boshlangan (rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur Iroqdan turli hunarmandlar qatorida do‘ppido‘zIami ham keltir-gan, shu sababli ular tikkan do‘ppi iroqi deb nom olgan).
Har bir do‘ppi o‘zining yaratilish uslubiga ega bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi. 0 ‘zbekistonda ommaviy bosh kiyimi asosan uch xil shaklga ega, ular «Kuloh», «Aroqchin», «Tusdo‘ppi» lar-dir.
Kuloh -konussimon erkaklar bosh kiyimidir. U asosan darvesh-lar bosh kiyimidir. Uning matoxi toq uchburchak parchalaridan bi-chilib tikiladi. Kuloh hozir juda kam uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |