Bosh omon bo 'Isa, do ppi‘ topiladi.
Do ppisi‘ tor kelib qoldi.
Do ‘ppini olib qo yib о ‘ylash кегак.
Do‘ppi maqol va topishmoqlarimizda ham tilga olinadi. Ma-salan, « 0 ‘zi bitta, yuzi to‘rtta, bolachalari esa o‘n oltita» degan qiziqarli topishmoq ham bor.
249
Do‘ppi insonning boshini himoyalovchi, asrovchi bosh kiyimi bo‘lishi bilan birga, unga do‘ppi kiygan insorming kuch-quvvati, irodasi, xislatlari o'tadi deb ham hisoblashgan. Ko‘pni ko‘rgan, sogiom, baquwat keksalaming taxlangan do‘ppisi bilan kinnalab qo‘yish, silash, «emi-demi shu emish» deya urib qo‘yish bemorga quw at berishiga umid qilganlar.
Hozirgi kunda ham yangi chaqaloq dunyoga kelishi bilan ona-lar, buvilar unga jajjigina do‘ppi qidira boshlaydilar. Do‘ppichaga ukki parlarini, ko‘zmunchoqlami qadab, tuzatilgan beshigi boshi-dagi dastaga qo‘ndirib qo‘yadilar.
Chaqaloqqa aytilgan allalarda ham, xalqning eng ommalashgan qo‘shiqlarida ham do‘ppi, albatta, tilga olinadi.
Masalan:
‘smalar siqay qoshingga, alia, Do‘ppilar tikay boshingga, alia.
Allalar aytib uxlatay oyimchani, alia, Beshikka solib tebratay begimchani, alia. Tog ‘da kiyikning bolasi, alia,
Bog ‘da uzumning g ‘o ‘rasi, alia. Do‘ppisida ukki pari, alia,
Bu kimning nevarasi, alia?
Do‘ppining to‘rt tomoni falakning to‘rt buijidir. Tomonlarga chekilgan naqshlar burjlardagi yulduz, oylar aksidir. Bu do‘ppiga ega xalq falakka yaqin, mumtoz xalqdir. Shoir kuylaganidek,
Qayga bormay, boshda do'ppim,
G‘oz yurarman gerdayib,
Olam uzra dong‘i ketgan
0 ‘zbekiston, o‘zbegim.
Qayga bormay, boshda do‘ppim,
Shuhratim, qadrim buyuk.
Olam uzra nomi ketgan,
0 ‘zbekiston, o‘zbegim.
250
Marg‘ilon do‘ppilarining ta’rifini yurtimizdagina emas, balki xorijiy mamlakatlarda ham e’zozlanib kelinayotganligiga amin-miz. Marg‘ilon do‘ppilari Amerika, Kanada, Germaniya, Fran-siyadagina emas, balki yashil qit’a hisoblangan Avstraliyada ham o‘z ixlosmandlariga ega. Buyurtma tarzida tayyorlangan Marg‘ilon do‘ppilari xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlari-miz, biznes olami namoyondalari ham katta qiziqish bilan qaraydi. Yo‘rmado‘zlik Ortiqxon aya, Munisxon aya, Ominaxon aya, Habi-ba opa, Roziyaxon aya, Adolatxon xoji aya kabi o‘nlab chevar-larimiz o‘tmishda va hozirgi kunimizda nozik didli xalqimizning do‘ppiga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirib kelmoqdalar.
Ziyolilar oilasida tavallud topgan (1940-yil) Adolatxon xoji aya G'ulomova xondo‘ppido‘zligi hamda milliy liboslar yaratish bora-sidagi uzoq 50 yillik mehnati evaziga o‘ziga xos bo'lgan «Adolat xon maktabi»ni bunyod etdi. Besh avlod vakilasi boMgan Adolat xon aya 8 yoshidan boshlab volidai muxtaramalari Turg‘unoy onalaridan do‘ppido‘zlik saboqlarini egallagan. Do‘ppining o‘ziga xos bo'lgan nozik va bejirim «bodomcha», «Iroqi», «Chor guli» kabi nusxalarini o‘zlashtirish bilan birga, murakkab shakl va ko‘p qo‘l mehnati talab qiladigan «Tayi do'zi» ni ham o'zlashtirishga harakat qilib keldi.
Do‘ppi baxmal, sidirg‘a shoyi, satindan bichilib, ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikiladi. Kashta tikib bezatilgan bo‘laklar (tepa, kizak)ga astar yopishtirilib, mayda nozik chokda qaviladi va mus-tahkamlanadi. Qaviqlar orasiga paxta yoki qog‘ozdan pilta uriladi. So‘ng tayyor bo‘laklar bir-biriga ulanadi, kizak atrofi jiyak, ya’ni tasma bilan hoshiyalanadi. Yelimlangan do‘ppilar taxtakachga qo‘yiladi. Tayyor bo'lgan do'ppi bichimiga qarab, murabba, ko-nussimion (dumaloq) shaklga ega bo‘ladi. Do‘ppi to‘rt qismga bo‘linadi, uning ikki qarama-qarshi qismi uchburchak hosil qiladi, qolgan ikki qismi esa ular orasiga ikki buklanib qatlanadi. Shu holda yangi do‘ppi sal namlanib, bosim tagiga qo‘yiladi, natijada u ma’lum bir shaklga kiradi.
251
0 ‘zbek do‘ppisi - millatimizning faxri, ijodkor xalqimizning qanchadan-qancha sirli naqshlar, suvratlar tarixini o‘zida mujas-sam etgan, chevarlarimiznlng mohirona san’at mahsulidir. Ular-ning qav birini qo‘Jingizga olmang, xalqimiz yaratgan san’at asa-rining bir butun bo‘Iagini tutgandek bo‘lasiz.
(Ekskursantlarga do‘ppi turlarini kiyib kcrrishlari va rasmga tushishlari uchun 5 daqiqa vaqt beriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |