Yurtga manzur oltin ipak koni bor.
Kelsa, mehmon xushlaydi, bag ‘rin ochib,
Tandir to ‘la patir, gijda noni bor.
Mustaqillikdan so‘ng atlasning «Marg‘ilon», «Navro‘z», «Pax-taoy», «Rasadxona» kabi yangi-yangi turlari yaratilib, 200 dan ortiq go‘zal nusxalar ishlab chiqarilmoqda. Shulardan 1967-yili korxona o‘zining «2-O‘z» va «174» artikulli atlaslari bilan Kana-daning Monfealp shahrida o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada oltin medal bilan mukofotlangan.
(Ekskursantlarga dastgohda o‘tirib ishlab ko‘rishlari uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Usta Turg‘unboy Mirzaahmedov bilan savol-jvob o‘tkaziladi).
3-obyekt. O^zbek milliy kashtachiligi
Hurmatli ekskursantlar! Sizga ma’lumki, Xiva gilamlari, Nur-ota kashtalari, Buxoro zardo‘zi buyumiari, Marg‘ilon esa o‘zining shoyi-atlaslari-yu, do‘ppilari va kashtachiligi bilan yetti iqlimga mashhur. 0 ‘zbek milliy kashtachiligi amaliy san’atning eng qa dimiy turlaridan bo‘lib, u xalqning o‘z turmushini go'zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashtachilik san’ati nafaqat mam-lakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. 0 ‘zbek
239
xalqi ustalari qo‘Uari bilan tikkan so‘zana, zardevor, gulko‘rpa, choyshab, do‘ppilari Germaniya, Belgiya, AmerikaQo‘shrna Shtat-lari, Hindiston, Afg‘oniston kabi xorijiy mamlakatlarda mashhur.
12.3-rasm. Samarqand kashtasi va Buxoro kashtasi naniu-nalari.
0 ‘zbek kashtachiligi iqlim, tabiiy sharoit muhiti bilan bog‘Iiq holda barcha hunarlar bilan birgalikda rivoj topgan. Kashtachilik san’atining eng qadimiysi esa saqlanmagan.
XIV-XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivoj langanligini ko‘rishimiz mumkin. XIX asr-ning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga kelishiga asos bo‘ldi. Q‘zbek kashtachiligi qo‘shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivoj-landi. 0 ‘zbek kashtachiligiga nazar solsak, unda hind, xitoy, rus, afg‘on, qozoq, qirg‘iz va tojik kashtachiligining usul va uslublarini uchratamiz.
San’atda har bir millatning o‘ziga xos naqshlari bo‘ladi. 0 ‘zbek kashtachiligida o‘simliksimon, geometrik gul naqshlari ko‘p uchraydi. Islom dinida tirik mavjudotlami tasvirlashning man etili shi o‘z-o‘zidan kashtalarda aksariyat hollarda o‘simliklar, gullami tasvirlanishiga olib keldi. 0 ‘simliklar tasviri ko‘pincha yorqin rangdagi qushchalar tasviri bilan jonlantirilgan. Qo‘y shoxlari
240
motivi qo‘shaloq spiral qatordan iborat bo‘lib, jiyak yoki hoshiya-lovchi bezak sifatida qator barglar shaklida uchraydi. Bu qadimiy motiv ko‘pgina turkiy xalqlarda tarqalgan bo‘lib, u butun borliq, doimiy harakattimsoli hisoblangan. Ba’zida bu motiv bir vaqtning o‘zida bir nechta timsollami, masalan, qo‘yning buralgan shoxlari va bir-biridan tarmoqlangan juft o‘simlik jingalalarini eslatadi.
Qadimgi an’analarga ko‘ra o‘zbek qizlari, bo‘lajak kelinchak-lar seplarl uchun har xil kashtachilik buyumlarini o‘zlari tayyor-lashlari shart bo‘lgan. Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo‘Jsa, qayliq shunchalik yuqori baholangan. 0 ‘rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo‘lib, oilada har bir ayol kashta tikishni bili-shi kerak bo‘lgan. Shuning uchun har bir oila o‘zi uchun kirpech, so‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxaltalami o ‘zlariga tikkanlar. Bezak buyumlaming turlaridan: so‘zana, choyshab, zardevor, gu!ko‘rpa, parda, belbog‘ (yostiq ustiga yopiladigan), do‘ppi, ko‘ylak, dastro‘mol, joynamoz, nimcha, maxsi kovush, xaltacha va boshqalar badiiy did bilan bezatilgan. 0 ‘tmishda bu kashtalar oq va malla matolarga tikilgan. Keyinchalik shoyi baxmalga tikila-digan boidi.
(Ekskursantlarga kashtaning bitta gul nusxasini qoMda tikib ko‘rishlari uchun 5 daqiqa vaqt beriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |