177
10.11-rasm. Ko‘k Minora(KaIta minor).
178
2-obyekt. JO M ’E MASJIDI
Masjid peshtoqi. Hurmatli ekskursantlar! Siz bilan hozir ko‘hna Xivaning Ichan qal’a qismida joylashgan Jome’ masjidi qarshisida turibmiz. Ming yildan ziyod tarixga ega bo‘lgan Jom’e masjidi o‘ziga xos qurilishi va hajmi bilan ajralib turadi. Bu bino Ichan qal’aning sharqiy va g'arbiy darvozalarini birlashtiruvchi yol o‘rtasida joylashgan bo‘lib, bir qavatli tekis tomli qilib qurilgan. Masjidga to‘rf tomondan ham kirish eshiklari o‘rnatilgan bo‘lib, uning bosh eshigi shimolga qaratilgan ikki tavaqali darvozadir. Bu darvoza tavaqalariga arab tili, suls xatida quyidagi hadis yozilgan:
Amallarningyaxshisi najot beruvchisidir, Mol-mulkning yaxshisi kifoyat qiluvchisidir.
Masjid ichkari qismida. Masjidning 213 ta (o‘ra) ustunli ichki maydoni 55x45 metr boMgani holda, uning balandligi 4,5 metr. Besh mingga yaqin kishi namoz o‘qishi mumkin bo‘lgan bu mas-jidda yog‘och o‘ymakorligi san’atining qadimgi va eng chiroyli na-munalari hozir ham o‘z vazifasini bajarib turibdi. Bu ustunlaming ayrimlari XIII-XV asrlarda ishlangan bo‘lsa, ko‘pchiligi XIX—XX asrlarga taalluqli. Bugungi kungacha saqlangan bu ustunlaming 12 ta eng qadimgilari X-XII asrlarda ishlangan. Ustunlaming ko‘pligi, ulaming ming yil ichida ta’mirlanmaganligi xorazmlik yog‘och o‘ymakor ustalarining ishlariga baho berish imkonini beradi. Agar e’tibor qilinsa, ustundagi naqshlarning turli-tuman va bir-biridan chiroyliligi kishi diqqatini tortadi. Eng e’tiborli tomoni shundaki, ustunlar qadimiylashib borgani sayin ulardagi go‘zallik ortib bora-di. Bu go‘zallik naqshlarning chuqurligi va mayin-nafisligidadir. X-XI asrda ishlangan ustunlarga tarixiy ma’Iumotlar yozilgan boMsa, XV-XVI asrlarda ularga hadislar yozilgani ma’lum bo'ladi.
asrda Xorazmga kelgan arab sayyohlari Al-Istahriy va Al-Muqaddasiylaming guvohlik berishlaricha, masjid IX-X asrlarda
bunyod etilgan. Muqaddasiyning «Ahsan at taqosim fi ma’rifat al-Aqolim (mamlakatlarni o‘rganish uchun eng yaxshi taqsimot)» asarida Xiva haqida shunday ma’lumotlar keltirilgan: «Xiva cho‘l chekkasida joylashgan azirrt bir shahardir va daryodan chiqarilgan kanal bo‘yidadir. Uning katta jome’ masjidi bor». Ushbu asarda Xiva haqida berilgan tarixiy ma’lumot ham juda qimmatlidir, qarang unda у ana nimalarga e’tibor qaratilgan: «U yerda uzum, ko‘plab mayiz, qandolat, kunjut, yo‘l-yo'i matodan tikilgan kiyim-lar, gilamlar, nafis parchalar, qulflar, rang-barang kiyimiar, faqat kuchli odamlar foydalanishi mumkin bo‘lgan o‘q-yoylar, maxsus pishloq, suzma, baliq yetishtiriladi. U yerda kemalar quriladi».
Ko‘pdan beri yashab kelayotgan xivaliklaming aytishlariga qa-raganda, ko‘hna masjid eskirib qolgan va uning o‘miga ikki yuz yillar oldin xuddi o‘sha reja asosida ancha kengaytirilgan hozirgi masjid barpo qilingan. Tarixiy ma'iumotlarga qaraganda masjid 1788-yilda Abdurahmon Mehtarning katta o‘g‘Ii Abdurahimboy tomonidan qayta qurilgan. Masjidning kunchiqar tomonidagi kich-kina maqbaraga Abdurahmon Mehtar dafh qilingan.
Masjid mehrobining o‘rtasida rangli bo'yoqlar bilan anor da-raxti va uning shoxlaiida pishib yetilgan mevalari tasvirlangan. Bu rasmning yasalishiga sabab, qadimgi xorazmliklaming islom-dan oldingi e’tiqodicha, ya’ni zardo‘shtiylik dinida anorni qo‘liga ushlab turgan Anaxita tasviri hosildorlik xudosi sanalgan. Islom keyin, anor guli yoki uning mevasi ayrim joylarda yasala bosh-langan. Mehrobning ikki yonida devorga o‘matilgan marmar toshlarga o‘ymakor xatlar bitilgan bo‘lib, xatlarning birida mas jid mulki va mablag‘i haqidagi vaqfnoma, ikkinchisida esa masjid tarixiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Ularda aytiiishicha, vazir Ab durahmon amri bilan 1203 hijriy (1788) yilda Kuyuk tom (hozirgi Qo‘shko‘pir tumanidagi qishloq) va Bekobod qishloqlarida mas-jidga vaqf yerlar ajratilganligi va daromadni xayr-ehsonga hamda masjid zaruriyatiga sarf qilish haqidagi xabarlar bor.
180
Q abr oldida. Masjid ichkarisining g‘arbiy tomonida bir marmar qabrtosh bor. Bu oq marmardan ishlangan qabrtosh sandiq shaklida bo‘lib, uzunligi xorazmliklar urf-odatiga xos bo‘lmagan holda shi-moldan janubga qilingan. Bu degani Xorazmda qabrlar sharqdan g‘arbga qilib, yer ustiga quriladi va mozor ichida jasadning boshi g4arbga, yuzi janubga qaratib qo‘yiladi. Yer ostiga dafn qilinmas-ligining sababi voha Turon past tekisligida joylashgani uchun yer osti suvi yaqinligidir. Bu yerda ikki metr qazilsa handak, quduq hosil bo‘lib suv paydo bo‘!adi. Qariyalar farzandlarini tarbiyala-ganda boshini qibla-janub tomonga qo‘yib uxlashni o‘rgatishadi. Chunki, odam shu holatda uxlasa, yaxshi dam olar ekan. Ya’ni kishi boshini shimol tomonga qo‘yib uxlasa, yer aylanishi ta’siri ostida uning yuragi yarim quwat bilan ishlab, dam olar ekan. Agar kishi janubga bosh qo‘ysa, unda yer magnit maydoniga moslashib, tanasi va yuragi darn olar ekan. Qadimgilar bu amalni xalqqa juda oddiy qilib, o‘lik boshini g'arbga qo‘yishi bilan uning kuni (quyo-shi) tugaydi, faqat o‘lik shunday yotadi, deb tushuntirishgan.
Jome’ masjid bir necha marta qayta tiklanganligi sababli, mas jid tomonga kengaytirilgan vaqtda Abbosquli qabri masjid ichkari-sida qolgan. Eronlik Abbosqulining bu qabri omonat bo‘lib, vaqti kelganda o‘zyurtiga olib ketish uchun moMjallangan edi. Shuning uchun qabr teskari, ya’ni shimol-janub yo‘nalishidaqurilgan.
Masjid eshigidan kirilgach. ikkinchi qatorda turgan bir ustun-ning daraxti to‘g‘risida bahs mavjud. Uning naqshlari Hindiston uslubiga o‘xshaganligi uchun Pahlavon Mahmudga hind pod-shohidan sovg‘a qilingan va g‘o‘zapoya daraxtidan ishlangan deb hisoblanadi. Haqiqatan ham undagi naqshlar boshqa hech bir ustun yoki eshiklarda uchramaydi. Ayniqsa, naqshlar ichiga yashirilgan o‘tirgan holatdagi Budda va tikka turgan Braxmaning tasviri bu farazlarni go‘yo isbotlaydi.
Rivoyat qilishlaricha, Hindistondan keltirilgan yana bir ustunga Xo'jayi Xizrning qo‘ li tekkan, shu sababli masjid ustunlari jamiysi har sanaganda har xil chiqadi, ya’ni yanglish sanaladi. Bir necha
marta sanash kerak bo‘ladi, oxirigacha kelib yanglishib ketiladi. Masjid haqidagi yozilgan kitoblarda 212, 211, 200 ta ustun sonlari ko'rsatiladi.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Savollarga javob beriladi).
10.12-rasm. Jom’e masjididagi mashhur ustunlar.
183
Do'stlaringiz bilan baham: |