171
10.10-rasm. Poyi Kalon ansamblini ko‘rsatish tartibi.
173
10.9-rasm. Poyi Kalon ansambli.
172
10.3. Xorazm viloyatining tarixiy-me’moriy yodgorliklari ekskursiya obyektiari sifatida
Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Xiva asrlar mobaynida insoniyatnmg ma’naviy va moddiy madaniyati taraq-qiyotiga o‘zining salmoqli hissasini qocshib kelmoqda-. Xalqaro sayyohlik markazlaridan biri sanalgan Xiva bejiz butun dunyoda ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Bu sbahar hududida joylashgan yodgcirliklar miloddan awalgi VT-V asrlar-dan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqlidir. Ayniqsa Xiva shahrining Ichan Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-yodgorlik bo‘lib, uning o‘tmishidagi taqdiri me’moriy obidalari dunyoning eng qadim-gi madaniy voha Xorazmning tarixiy madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bogliqdir.
Xiva shahridagi Ichan qal'a va Dishan qal’adagi tarixiy yodgor-liklar, muzeylar, Xivaning tarixiy merosi va sayyohlik salohiyati, vohaning mehmondo‘st odamlari, urf-odat va an’analari haqidagi ma’lumotlar viloyatga tashrif buyurayotgan barcha turistlami lol qoldirmoqda. Jumladan Xiva shahridagi Ichan qal’a majmui ] 990-yil 12~dekabrda YUNESKOning Kanadada bo‘lib o‘tgan 14-ses-siyasining maxsus qarori bilan Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib, «Butun jahon merosi» sifatida ro'yxatga olingan. O'zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan 1984 -1993-yillarda Xiva shahrida o'tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida «Ichan qal’a» hudu-di miloddan awalgi V asrda paydo bo‘lganganligini va shahar de~ vorlari ostidan topilgan madaniy qatlam, sopoi buyumlar va katta hajmdagi xom g ‘ishtlar shahai'ni 2500 yoshda ekanini tasdiqlaydi. Shundan so‘ng 1997-yilda mamlakatimizning ikki azim va buyuk shahri Buxoro va Xivaning 2500 yillik yubileyi YUNESKO rah-namoligida dunyo miqiyosida keng nishonlanishi bu shahaming butun dunyoda e’tirof etilganidan dalolat beradi.
i
174
Hozirgi kunda viloyatda 255 ta madaniy meros obyektlari dav-lat гс/yxatiga olingan bo ‘Jib, shundan 18 tasi arxeologiya, 133 tasi arxitektura, 66 tasi havkaltaroshlik yodgorliklari, 32 tasi muqaddas qadamjolar26 bo‘lib, Davlat rnuhofazasiga olingan.
Xivaning me’moriy yodgorliklari asosan madrasa, masjid va minoralar, Pahlavon Mahmud maqbarasi ( 1835-yil), Muhammad Aminxon madrasasi (1850-1855-yillar), Ko‘hna Ark, Tosh Hov-li, Olloqulixon karvonsaroyi (1855-yil) kabilardan iborat. Rangli bezaklar berilgan Kalta Minor (1835-yil) va 218 ta naqshli ustun-ga ega bo‘Igan Juma masjidlami alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. 2,5 kilometr uzunlikdagi devorga ega bo‘lgan Ichan qal’a Otadar-voza, Shimoliy, Sharqiy, Janubiy, Buxoro va Toshdarvozalariga ega. Unda 40 dan ko'proq quduqlar mavjud. Xorazm viloyatining asosiy tarixiy-arxitektura yodgorliklari:
Ichan qal’a, Saidboy masjidi va madrasasi (XVIII asr boshi).
Pahlavon Mahmud maqbarasi (1835-yil).
Olloqulixon madrasasi (1834 y.).
Qutlug'murod-inoq madrasasi (1804 y.).
Olloqulixon Timi va Karvonsaroyi (XIX asr).
Abdullaxon madrasasi (1865 y.).
Anushaxon masjidi va hammomi (1657 y.).
Toshhovli (Olloqulixorming karvonsaroyi) (1855 y.).
Oq masjid (1832 y.).
Juma masjidi va minorasi (1788 y,).
Said Olovuddin maqbarasi (XIV asr).
Muhammad Ainitixon madrasasi (1850-1855 yy.).
Kaltaminor (1835 y.).
Koiina Ark (1868 y.).
To'ramurod minorasi (1888 y.).
Sherniyozxon madrasasi (1718 y.).
Borlandi masjidi (XIX asr).
Arabxona madrasasi (1838 y.).
26 www. UzA.uz sayti ma’lumotlari
Xorazm viloyati bo‘ylab tashkil etishmumkin bo‘lgan «Xorazmi azimning ming yillik tarixi» nomli ekskursiya xizmatining dasturi namunasini keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |