Arkning Chorsu qismi. Arkning g‘arb tomonidagi hovlilarda mirzalar va boshqa xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar quril gan. Yo‘lakning o‘rta qismida salomxona, mehmonxona hamda otxona joylashgan. Janubiy tomonda hammom, hammomning sharq tomonida kichkina masjid joylashgan. Arkning sharqiy de-vori bo‘ylab soqchilar kazarmasi, janubiy - sharqiy burchagida dorixona joylashgan. Afsuski bizgacha arkning 3/1 qismigina saqlanib qolgan. Ark ichidagi oqova suvlar maxsus katta sopol quvurlar orqali tashqariga chiqarilgan. Arkning g‘arbiy devoridan boshqa hamma devorlari burchaklaridagi minoralar buzilib ketgan.
Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan ark ichkari-sidagi taxt joylashgan hovli ta’mirlanib, asl holatiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi va bu jarayon davom etmoqda.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Savollarga javob beriladi).
166
710.-rasm. Arkning old ko‘rinishi.
167
10.8-rasm. Arkni ko‘rsatish tartibi.
2-obyekt. POYI KALON ANSAMBLI
Masjidi Kalon. (forschada «Katta masjid») Hurmatli ekskur-santlar! Siz ko‘rib turgan bu obyekt XfV-XV asrlarga oid inshoot bo‘lib, ushbu masjid XII asrda mavjud bo'Igan va keyinchalik vay-ron bo‘lgan qadimgi imorat qoldiqlari ustiga birnyod etilgan.
Masjid 127x78 metr hajmdabo‘lib, kenghovli atrofmi gumbazli bostirma ay von egal lagan. Ular 288 ta qubba (gumbazcha) 208 ta ustunga tayangan. Masjidning sharq tomonida tashqi o'lkan pesh-toq mahobati bilan ajralib turadi. Masjidi Kalonning 7 ta tashqi eshiklari bo‘lib, asosiy sharqiy darvoza oldida va ichida keng ay-vonlar joylashgan.
Masjidi Kalon hovlisi to‘rida xonaqoh - mansura joylashib, u baland moviy gumbazga ega. Ichki gumbaz osti qismiga qolib-kori uslubida qator mayda ravoqchalar (16 ta) ishlangan. Mehrob bezaklari nafis koshinkorlik namunasi bo‘lib, unga usta Bayazid Puroniy nomi va 1514-yil sanasi ko‘rsatilgan. Peshtoq oldida kichik ko‘shk XX asrda bunyod etilib, uni bunyod etishda Usta Shirin Murodov ishtirok etgan.
M ir Arab madrasasi. Shayx Abdulloh yoki Sayyid Abdulloh nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u Masjidi Kalon qarshisida joylashgan. XVI asrda Naqshbandiya tariqatining ko‘zga ko‘ringan yirik va-killaridan biri hisoblangan Sayyid Abdulloh 22 yoshida Samar-qandga kelgan va Xo‘ja Ahror Valiyga shogird tushgan. U umri davomida Turkistonda, Sayramda ikki koriz (yer osti arig‘i) qaz-dirgan, suv chiqartirgan va qal’a bunyod ettirgan. Shofirkon, Vobkent va Gijduvonning ko‘p joylarida obodonchilik va xayrli ishlami amalga oshirgan. Xususan u Buxoro xoni Ubaydulloxon in’om etgan mablag4 hlsobiga 1530-yilda madrasa qurishni bosh-lab yuboradi. Ammo shayx qurilish ishlari nihoyasiga yetmasdan 1536-yilning boshida vafot etadi. 0 ‘sha yilning o‘zida Shayx Ab dulloh vasiyatiga ko‘ra, lining kuyovi Zakariya masjid qurilishini nihoyasiga yetkazadi.
169
Madrasa peshtoqiga hattot Mirali Fayzobodiy Buxoriy tomoni dan quyidagi forsiy qit’a bitilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |