Maqbara ko‘rinishi. Ko‘p qobirg‘ali, bahaybat gumbazli si-lindr shaklidagi aylanalarini ko‘tarib turgan sakkizyoqli prizma bino me’moriy kompozitsiyaning asosini tashkil etadi. Maqbara
140
devorlariga zangori, havo rang va oq sirli koshinlar qoplangan, bu koshinlar geometrik shaklda terilib, arabcha xat bitib, ustalik bilan ishlangan. Me’mor bir-biriga o‘xshagan shakllardan foydalanib, binolaming katta sathlarini mohirlik bilan bezagan. Maqbara-ning tashqi tomonini bunyod qilganda gumbazga katta ahamiyat berilgan. Gumbaz ostki qismining aylanasi 15 metr, balandligi 12,5 metr bo‘lsada, og‘irligi sezilmaydi. Buning sababi shun-daki, 64 qobirg'adan iborat gumbazning vazni ajoyib ishlangan sharafa orqali mustahkam asos-aylanaga tushadi. Gumbazning rang-barang qilib ishlanishi katta ahamiyatga ega. Gumbazda havo rang ko‘proq ishlatilgani uchun bu rang gumbazning egri chiziqli qobirg‘alarida tovlanib turadi, quyoshda charaqlab, go‘yo osmon-ga qadalib turadi. Gumbazning usti sirli koshinlar bilan qoplan gan. Sharafalaridaham shunday koshinlardanhajmi bir-biriga mos qilib ishlangan chiroyli jimjimalar bor. Maqbaraning tashqi gum-bazi yodgorlikning tashqi qiyofasi yanada salobatli bo‘lishi uchun ichki gumbaz ustiga o‘rnatilgan. Gumbazda jez, lojuvard, tillo suvlari ishlatilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, buyuk Amir Temur doimo o‘zi kelib bevosita suyukli nevarasi Muhammad Sulton sharafiga qurilayotgan maqbaraning qurilish ishlarini nazorat qiladi va gum bazning qurilishi bo‘yicha o‘z takliflarini beradi.
Amir Temur maqbara majmuasi Amir Temuming suyukli ne varasi, taxt vorisi sifatida e’lon qilingan Muhammad Sulton to monidan XIV asming oxirida o‘z nomidan madrasa va xonaqoh qurdiradi. Tanlangan joy 0 ‘rta asrda Samarqandning janubiy-sharqiy qismida qurilib, o‘zaro katta bir majmuani tashkil etgan. Maqbara qurilishi esa 1404-yilda Amir Temuming vorisi Muham mad Sultonning vafot etishi munosabati bilan boshlanib, Amir Temuming vafotidan so‘ng, Temuriylar xilxonasiga aylantiriladi hamda Mirzo Ulug‘bek davrida tugallanadi.
Dastlab maqbaraga mana bu janubiy eshikdan kirilgan. Ammo Amir Temuming piri Mir Sayyid Barakaning bosh qismidan kirish-ni Mirzo UIug‘bek hurmatsizlik deb hisoblaganligi bois, uning
141
farmoniga binoan sharqiy eshik 1425-yilda ochilgan. Ulug‘bek davrida maqbaraga kirisb uchun qurilgan eshikning yoni va te-palari nafis bezatilgan. Ilgari eshik tepasida: «Bu shavkatli Amir Temuming qabri...» deb yozilgan koshinli lavha boigan (bu plita hozir Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanadi). Shuning-dek, 1868-yilda maqbara devoridagi darvozasi o‘g‘irlangan. Vereshagin Temur saroyi darvozalarini aks ettirgan. Bu darvoza-laming biri Londonda, biri Ermitajda saqlanmoqda. Marhamat endi esa Mirzo Ulug‘bek tomonidan ochilgan sharqiy eshik orqali ichkariga kirsak!
Do'stlaringiz bilan baham: |