Aktiv schyotlar Jadval 1
Debit
|
Kredit
|
Bosh qoldiq (s1)
Ko’payish (+)
|
Kamayishi (- )
|
Debit obarot ( Do )
Oxirgi qoldiq (s2)
|
Kredit obarot ( Ko )
|
Passiv schyotlar Jadval 2
Debet
|
Kredit
|
Kamayishi ( - )
|
Bosh qoldiq (s1)
Ko’payish (+)
|
Debet obarot ( Do )
|
Kredit oborot ( Ko )
Oxirgi qoldiq ( S2 )
|
Aktiv va passiv schyotlarda davr oxiridagi qoldiq summa quyidagi matematik algaritmlar yordamida topiladi.
Aktiv schyotlar Oq =Bq+Do – Ko
Passiv schyotlar Oq= Bq +Ko-Do
Buxgalteriya hisobi schyotlari odatda hisobot davrining boshiga ochilgan hisobot davri davomida ularga yozuvlar o’tkazib boriladi.Va hisobot davrining oxirida yopiladi.Schyotlarning ochilishi deganda ularning bosh qoldig’ini mos ravishda debet va kreditga ko’rsatilishi tushuniladi.
5- Mavzu: Korxonaning hisob siyosati,ishchi schyotlar rejasi bilan tanishish.
Men tanishuv amaliyotini o’tagan “SHUKRONA TRADE STAR” OK da ishchi schotlar rejasi mavjud bo’lib, bunda O’zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonuni va unda belgilangan qoidalarning korxonada qo’llanishini o’rganiladi. Korxonaning hisob siyosati va uning asosiy parametirlari bilan o’rganilgan holda hisob-kitoblar olib boriladi. Hisob siyosatini vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi bilan bevosita bog’liq. Birinchi marta hisob siyosatini xalqaro miqyosda tan olish 1937-yilda tashkil topgan hisobning xalqaro standartlari komiteti tomonidan ishlab chiqilgan va unga “ Hisob siyosatini ochib berish” nomli 1- standartida ta’rif berilgan edi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarining keying (BHXS va MHXS bir xil tushuncha va 1998-yildan keying nashrlarda MHXS deb atalmoqda) 1- “Moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish” standartida hisob siyosatiga quyidagicha tarif berilgan: Hisob siyosati – bu kompaniya moliyaviy hisobotlarini tayyorlash va taqdim qilish uchun qabul qilingan aniq tamoyillar, asoslar, shartlar, qoida va amaliyotdir. Respublikamizda ishlab chiqarilgan buxgalteriya hisobining milliy standartlarining 1- hisob siyosati va moliyaviy hisobot deb ataladi va quyidagicha ta’rif berilgan: Ushbu standartda hisob yuritish siyosati deganda, xo’jalik yurituvchi subekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot, ularning qoida va asoslariga mos usullarning qo’llanilishi tushuniladi. Hisob siosati buxgalteriya hisoboti bilan uzviy bog’liq bo’lib, uni ishlab chiqarishdan ko’zlangan asosiy maqsad ham korxonaning faoliyatini hisobotda aniq va ob’ektiv aks ettirishdan iboratdir. Korxonaning hisob siyosati to’g’risida O’zbekiston respublikasi Buxgalteriya Hisobini Milliy Standartlashtirish (BHMS) to’g’risidagi nizomida asosiy tarif va tamoyillar belgilab berilgan. Hisob siyosati xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy siyosatini tayyorlash va tuzish uchun foydalaniladigan maxsus tamoyillarni, konventatsiyalarni, tartib va amaliy yondashuvlarni ifodalaydi.Korxonaning xisob siyosati moliyaviy hisobot barcha maqbul BHMSlarni qo’llanish asosida tuziladigan tarzda tashkil etilishi kerak. Subyektning aniq bir yo’nalish (masala) bo’yicha hisob siyosatini shakillantirishda, buxgalteriya tashkil etish, yuritish va hisobot tuzish chog’ida O’zbekiston respublikasining buxgalteriya hisobiga oid qonunlariga amal qilishi kerak.Hisob siyosatini shakllantirish chog’da subyekt tanlab olgan buxgalteriya hisobini yuritish usullari tegishli tashkiliy-farmoyish hujjati chiqarilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan boshlab qo’llaniladi, hisobot yili davomida yangi tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno.Hisob siyosati taqvimiy yil davomida o’zgarmaydi. Hisob siyosatida O’zbekiston respublikasi qonunlaridagi o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lmagan o’zgarishlarning oqibatlari subyektning buxgalteriya hisobini yuritishning o’zgartirilgan usullari qo’llanila boshlagan vaqtdagi (oyning birinchi kunida) tekshirilgan malumotlar asosida qiymat jihatdan baholanishi kerak. Korxona faoliyatida sodir bo’lgan operatsiyalar darxol malum xujjatlarda qayd qilinib boriladi. Bu jarayonlarni hujjatlashtirishda ularni soddalashtirib yozish talab etiladi. Buning uchun korxona xo’jalik mablag’lari, ularning manbalari, majburiyatlar va xo’jalik jarayonlari shartli raqamlarda ifodalanadi. Ushbu raqmlarni biz schyotlar deb ataymiz. Shunday qilib, buxgalteriya hisobi schyotlari bu korxona xo’jalik mablag’lari va operatsiyalarining nazorat qilish va iqtisodiy jihatdan guruhlash usulidir. Buxgalteriya hisobi schyotlarida korxona xo’jalik mablag’lari, ularning manbalari va operatsiyalar pul birliklarida xisobga olinadi. Demak ushbu mablag’lar va operatsiyalar ko’payishi yoki kamayishi mumkin. Bu xolat, albatta, schyotlarda aks ettiriladi. Xar bir schyot aloxida oy boshidan yangi ochiladi va korxona mablag’i va manbalari manbasi miqdorini ma’lum chisloga ko’rsatib beradi. Bu xolat schyotlarning boshlang’ich qoldig’i (saldo) deb ataladi. Aktiv schyotlarda qoldiq debet tomonida, passiv schyotlarda esa kredit tomonlarda joylashgan bo’ladi. Demak aktiv schyotlar bo’yicha korxona xo’jalik mablag’lari miqdorining ko’payishi debet tomonda, kredit tomonda esa kamayishi qayd qilinadi.
D-t 01 “Asosiy vositalar” K-t
C – boshlang’ich qoldiq
Q -
(ko’payish) (kamayish)
Shunday qilib, joriy oy davomida schyotlarda o’zgarish mos ravishda ularning debet va kredit yozib boriladi. Joriy oy yakunida schyotning debet va kredit tomonlaridagi operatsiyalar summalari qo’shilib, schyotning debet yoki kredit tomom obortlarini tashkil qiladi. Bu jarayon korxonaga kelib tushgan mablag’lar – aktiv schyotlarning debet tomoni va sarflangan mablag’lar – aktiv schyotlarning kredit tomoni – miqdorini anglatadi. Passiv schyotlarda esa bu xolat aksinchadir. Schyotning debet va kredit oborotlari summasidan kelib chiqqan holda uning oy yakunida bo’lgan yakuniy qoldig’i aniqlanadi. Aktiv va passiv schyotlarning oborotlarini aniqlashga quyidagi misolni keltirish mumkin:
D – t 10 “Materiallar” K –t
10000
20000 3) 30000
40000
60000 30000
40000
Korxonaning hisob schotlar rejasi bu korxona faoliyatini byudjetlashtirish, harajatlar va tannarx kankulyatsiyasini tashkil etish, “xarajatlar- ishlab chiqarish hajmi-foyda” tizimi bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashga mo’ljallangan schotlar to’plami. Mazkur schotlar rejasini amaliyotga tadbiq etish ikki razriyadli buxgalteriya hisobi schotlar tizimidan to’rt razriyadli tizimga o’tish zaruruyatini keltirib chiqaradi.
Balans schotlari, ya’ni balans tuzilishida ishtirok etuvchi schotlar;
Operatsion, “Xarajatlar-ishlab chiqarish-foyda” tizimi bo’yicha moliyaviy natijlarni aniqlashda qo’llaniladigan schotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |