Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


-Moliyaviy hisobotlari bilan tanishish



Download 50,52 Kb.
bet11/12
Sana31.12.2021
Hajmi50,52 Kb.
#243714
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
SHAHBOZ AMALIYOT XISOBOT

8-Moliyaviy hisobotlari bilan tanishish.

Biz tanishuv amaliyotini olib borgan “SHUKRONA TRADE STAR” OK da moliyaviy hisobot ishlarini olib borish, qonun hijjatlarida keltirilgan maxsus nizom va qoidalardan chiqmagan holda amalga oshiriladi.

Moliyaviy hisobot deganda eng avvalo buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida tuziladigan hujjat. Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subektlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi malumotlar majmui bo’lib, u subektning moliyaviy- xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularni tashkil toppish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to’g’risidagi malumotlarni o’z ichiga oladi. Moliyaviy hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi:


  • Buxgalteriya balansi;

  • Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot;

  • Pul oqimlari to’g’risida hisobot;

  • Xususiy capital to’g’risida hisobot.

Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisoboti soddalashtirilgan shakilda tuziladi.“Moliyaviy hisobot shakillari va ularni to’ldirish boyicha qoidalarni tasdiqlash to’g’risida” O’zbekiston respublikasi Moliya vazirining buyrug’i ( № 1209, 24. 01. 2003 y.)belgilangan.

Shu’ba korxonalari, filliallari va vakolatxonalari moliyaviy hisobotning umumlashtirilgan moliyaviy hisobot olib boradi. Yuridik shaxslar o’z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalarni mustaqil balansga ajratishlari mumkin, ularning balanslari va boshqa hisobot shakillarini o’zlarining umumlashtirilgan hisobotiga kiritishlari shart. Har bir narsaning vaqti soati bo’lganligi kabi Moliyaviy hisobotning ham hisobot davri mavjud. U yangi yilning 1 yanvaridan boshlab yilning oxirgi kuni 31 dekabirgacha bo’lgan davr moliyaviy hisobotning hisobot davri deyiladi. Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo’lga kiritilgan sanadan boshlab o’sha yilning 31 dekabriga qadar bo’lgan davri yuridik shaxs yuridik shaxs hisoblanmaydiganlar uchun esa, uning davlat orgonlarida ro’yxatga olingan sanadan boshlab birinchi hisobot yili deb hisoblanadi.Agar yuridik shaxs 1 oktyabrdan keyin ro’yxatdan o’tqazilgan bo’lsa , birinchi hisobot yili keying yilning 31 dekabirida tugaydi.

Korxonalarning moliyaviy hisobotlari quyidagilarga taqdim etiladi:


  1. Soliq organlariga;

  2. Ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;

  3. Davlat statistika o’rganlariga;

  4. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga

Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarini O’zbekiston respublikasi moliya vazirligi belgilaydi.Korxonlar moliyaviy hisobotini hisobot yili boshdan qo’shilib boruvchi jamlama tartibida yilning har choragida taqdim etadilar.

Korxonaning moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagi faoliyatni tekshiradi:



  • Korxonaning moliya-xojalik faoliyatini tekshirish, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida va tartibda soliq va boshqa nazorat orgonlari tomonidan to’rt yilga bir marotaba kompleks tarzda o’tkaziladi.

  • Korxona moliiya faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tamonidan tekshirish 30 kalendar kunidan oshmasligi va korxona faoliyatiga halaqit bermasligi lozim;

  • Korxona faoliyatini tekshirish davomida korxona tasischisining tashabbusi bilan ham o’tkazilishi mumkin;

  • Korxona moliya faoliyatini nazorat qiluvchi organlar va ularning mansabdor shaxslar, auditorlar, auditor faoliyatini tekshirish munosabati bilan o’zlariga ma’lum bo’lgan tijorat siri hisoblanuvchi malumotlarni oshkor etganligi uchun qonunga muvofiq javobgar hisoblanadi.

Moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo’limlari shlarini bajarish muddatlarini ko’rsatib yig’ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo’lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal – orderlarining jami chiqariladi, zarur bo’lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o’tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil tekshiriladi.

Xulosa

Biz 5230900” Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi talabalari 1 kurs davomida mutaxassisligimiz bo’yicha olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash, chuqurlashtirish va amaliy tajriba amaliyoti va ko’nikmalarimizni shakllantirish maqsadida Tanishuv amaliyotini o’tadik. Men tanishuv amaliyotini ishlab chiqarish dasturi bo’yicha olib bordim va amaliyot dasturi rejasida ko’rsatilgan vazifalarni o’z vaqtida bajardim.

Men tanishuv amaliyotini “SHUKRONA TRADE STAR” Oyilaviy korxonasida 2019-yilning 24 iyundan 6- iyulgacha o’tadim. Amaliyot mobaynida korxonada mavjud materiallar, korxonaning bajargan ishlari va boshqalar aktivlari bilan yuz bergan operatsiyalarni dastur asosida o’rganib chiqdim. Amaliyot o’tash mobaynida korxona xodimlari bilan yaxshi aloqada bo’ldim.Ular menga hujjatlar bilan ishlashda yuz bergan operatsiyalarni rasmiylashtirishni o’rgatdi.

Amaliyot mobaynida korxonaning tuzilishi, uning faoliyati,boshqaruv strukturalarini, buxgalteriya hisobotlarini olib borish jarayonlari, korxonani nazorat qilish tartibi, Sog’liqni saqlash olib borayotgan muassasa, tashkilotlar bilan shartnoma tuzish jarayonlari va korxonaning huquqiy maqomi , ta`sis hujjatlari, tashkiliy tuzilishini boshqa jarayonlari bilan tanishib, o’rganib chiqdim,va o`z amaliy ko`nikmalarimni hisobotimda yoritdim “SHUKRONA TRADE STAR”OK ning umumiy strukturasi , boshqaruv organlari , bo`limlari va uning vazifalari hamda huquq va majburiyatlari haqida ma`lumotlarini amaliy ko`nikmalarimni hisobotimda yoritdim . Korxonaning umumiy faoliyati bilan qisman tanishib chiqqan holda, Shuningdek , xususiy korxonaning huquqiy maqomi , ta`sis hujjatlari va tashkiliy tuzilishini o`rganib chiqdim va o`z amaliy ko`nikmalarimni hisobotimda yoritdim.

Ilovalar

“Buxgalteriya hisobi va audit“ ta’lim yo’nalishi 1-kurs BH-118 guruh talabasi


Download 50,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish