2021-yil, 8-dekabr kuni pedagogik amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar: Men bugun texnikumga kelib amaliyot rahbarim Eshonqulov.A. Ustoz bilan birgalikda texnikumda dars o’tish uchun kerakli xujjatlar, ya’ni na’munaviy o’quv dastur, ishchi o’quv dasturi, o’qituvchining taqvim mavzular rejasi va guruh jurnali qanday yurilishi kerakligi, guruh rahbarligini qanday olib borilishi qanday xujjatlar bilan ishlash kerakligi haqida ma’lumotlar oldim.
Na’munaviy dastur har bir fan uchun aloxida tarzda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi tomonidan berilib uni xar bir o’qituvchi olib o’z fani bo’yicha ishchi o’quv dasturini ishlab chiqadi. Ishchi o’quv dasturini ilmiy-pedagogik kengashida kurib chiqilib tasdiqlangandan so'ng u asosida o’qituvchining taqvim mavzular rejasini tuzib chiqadi.
Kerali hujjatlar bilan tanishgach MK-105 guruhga dars tahliliga kirdim. Tarmoqlarni rivojlantirish fanidan ishchi serverlarni sozlash mavzusida dars bolayotgan ekan. Dars jarayoni qiziqarli bo’ldi. Shunga qaramay darsga befarq talabalarni ko’rishimiz mumkin. Dars jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan ham foydalanildi. Dars oxirlashgach o’quvchilar baholandi va uyga vazifa berilib yakunlandi.
Shundan so’ng buxgalteriya hisobi fanidan BH -101 guruhga dars bo’ldi. Darsni Axmedjanov A. olib bordi. Dars oldingi darsga qaraganda bahs munozaralarga boy o’tdi.
Dars yakunida o’quvchilar baholandi va uyga vazifa berib dars yakunlandi.
2021 yil, 9-dekabr kuni pedagogik amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar: Men bugun texnikumga kelib amaliyot rahbarim Eshonqulov.A Ustoz bilan uchrashdim va meni BH- 101-guruhga dars tahliliga kirishimni aytdi.
O’qituvchi darsda tashkiliy qism uchun 10 daqiqa ajratib talabalar davomadini jurnal bo’yicha yo’qlama qilib oldi va talabalar qanday formada kollejga kelishi kerakligi haqida aytib formasiz kelgan talabalarga ogoxlantirish berdi. Shundan so’ng o’tilgan mavzuga tayyorlanib kelgan talabalardan mavzuni suradi. Talabalar mavzuni javob bergach o’qituvchi qolgan talabalar bilan savol-javob qilib o’tilgan mavzuni mustahkamlab oldi. Doskaga o’qituvchi tomonidan yangi mavzu bayoni rejalari bilan yozilib, yangi mavzuni tushuntirib, kanspekt yozdirildi.
Mavzu: yer soligi mazmuni va vazifalari. O’qituvchi talabar tomonidan berigan savollarga javob berdi. Talabalar mavzu haqida qiziqishib tinmay savollar berdi o’qituvchi savollarga to’liq javob aytdib tushuntirib berdi. Dars jarayonida yangi pedagogik texnalogiyalardan ham, ya’ni savol-javob metodidan foydalanildi. Dars davomida faol qatnashgan o’tilgan mavzuni javob bergan talabalarga a’lo, yaxshi, qoniqarli baholar quyildi. Uyga vazifa o’tilgan mavzuni takrorlab o’qib kelish berildi.