iqtisodiyotni rivojlantirishga bir qancha omillar ta’sir etadi. Mana shu omillardan
28
Xorijiy investitsiya asosida faoliyat yuritayotgan va eksport uchun mahsulot
ishlab chiqarayotgan korxonalar sonini oshirish maqsadida davlat tomonidan
berilayotgan imtiyoz va rag’batlantirishlarni yanada kuchaytirish.
Korxonalarda investitsiyalarning samaradorligini oshiqishda va korxonalar
foydasini maksimallashtirishda investitsiyalarni buxgalteriya hisobida to’g’ri
yuritilishini audit qilish alohida ahamiyat kasb etadi.
Biz mazkur ishda investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini, ularning
tasniflanishi va tavsifini, MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIK , misolida uzoq va qisqa
muddatli investitsiyalar auditining nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga harakat
qildik va bunga erishdik deb o’ylayman. Ushbu ishni yozishdan asosiy maqsad—
moliyaviy investitsiyalarning mohiyati, tasnifi, investitsiyalar auditining maqsadi,
vazifalari, ketma-ketligi, uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar
auditining nazariy va amaliy jihatlarini o’rganishdan iborat edi. Shunga asosan,
ishning 1-bobida investitsiyalarning mohiyati, ular auditining maqsadi, vazifalari
va ketma-ketligi masalalari yoritilgan bo’lsa, uning 2-bobida esa MCHJ“Sam-
Praga-Pivo”XIIK misolida uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar
auditining nazariy va amaliy jihatlari yoritildi.
Kurs ishini yozish natijasida biz MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIKda
buxgalteriya hisobining yuritilishini auditor sifatida emas, balki xolis bir
kuzatuvchi sifatida tekshirganimizda (nazoratning kuzatuv usulidan foydalangan
holda) quyidagilarni aniqladik.
1. Korxonaning sof foydasi 2008-2010 yillarda oldingi yillarga nisbatan pasaygan.
2. Korxonaning asosiy vositalari oxirigi uch yilda ko’payish tendensiyasida.
3. Korxonaning uzoq muddatli investitsiyalar hajmi so’nggi uch yilda keskin
kamayib ketgan, buning hisobiga 2009-2010 yillarda qisqa muddatli investitsiyalar
hajmi oshib ketgan.
4. Korxona xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan va qo’shma korxona
bo’lsa ham ishlab chiqargan mahsulotini eksport qilmaydi (garchi 20 turdagi
mahsulot ishlab chiqarsa ham).
5. Korxonada zamonaviy texnika vositalari, jumladan, kompyuter jihozlari,
transport vositalari, dasturiy ta’minotlardan foydalanish koeffitsiyenti yuqori.
6. Korxona hisob siyosatida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning qayta
baholanishi uchun 12-son BHMSda ko’zda tutilgan usullardan birini tanlab taqdim
etmagan.
Yuqorida
ta’kidlanganidek,
oxirgi
yillarda
korxonaning
asosiy
ko’rsatkichlari pasayishining asosiy sabablaridan biri (bizning fikrimizcha) so’nggi
yillarda jamiyatda direktorlik lavozimida qo’nimsizlikning vujudga kelishi, ya’ni
rahbarlarning bir necha marotaba almashinishi degan xulosaga keldik. Chunki har
qanday xo’jalik yurituvchi subyektda ham boshqaruvda sustkashlikka yo’l qo’yish
va tegishli qarorlarni o’z vaqtida qabul qilmaslik oqibatda korxona
ko’rsatkichlarining pasayishiga olib keladi.
Olib borilgan tekshiruvlar va kuzatuvlar natijasida korxona investitsiyalar
hisobini yaxshilash (auditorlik kuzatuvining natijasi sifatida) va korxonaning
faoliyatini yanada rivojlantirishga oid quyidagi takliflarni beramiz:
29
Korxonada samarali boshqaruvni tashkil etish va buxgalterlarni
boshqaruvda ishtirokini kuchaytirish;
Korxonada chet el investitsiyalarini jalb etish va eksport uchun mahsulot
ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bilan xorijiy valyutaga ega bo’lish va
foydani ko’paytirish;
Korxona ishlab chiqargan mahsulotini o’zi sotishi uchun o’ziga tegishli
magazinlar sonini ko’paytirish;
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni maqsadli ravishda ko’paytirish
(Bugungi kunda jahondagi ko’plab investitsion kompaniyalar uzoq
muddatga investitsiya kiritishni afzal ko’rishmoqda) va ularni qayta
baholashning usulini hisob siyosatida aks ettirish;
Qisqa muddatli investitsiyalarning ko’payish trendini saqlab qolish, ularni
turlariga mos hisobda aks ettirish;
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarga mablag’ sarflayotganda nufuzli
kompaniyalar,
banklar
va
aksionerlik
jamiyatlarining
qimmatli
qog’ozlarini sotib olishga ko’proq e’tibor berish;
Boshlang’ich qiymatini qoplagan ba’zi asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlarni sho’ba korxonalarga uzoq muddatli investitsiya sifatida kiritish;
Investitsiyalarga oid boshlang’ich hujjatlarni tuzishda kamchiliklarga yo’l
qo’ymaslikka harakat qilish.
Korxonada ichki auditorlik xizmati faoliyatini kuchaytirish va shu orqali
buxgalteriya hisobini yanada yaxshilash.
Umuman olganda, MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIK Samarqand viloyatidagi yirik
korxonalardan biri hisoblanadi. Viloyatda bandlikni ta’minlash va hududiy ishlab
chiqarish hajmini oshirishda ushbu korxona alohida o’rin tutadi. Bir so’z bilan
aytganda korxonada buxgalteriya hisobi 1-S dasturida olib boriladi va yuqori
saviyada tashkil etilgan. Korxonada buxgalteriya hisobi respublikada amalda
bo’lgan qonun hujjatlari asosida yuritilmoqda. Bizning fikrimizcha, korxonada
taskil qilingan hisob tizimiga ijobiy baho berish mumkin.