24
3.
Qimmatli qog’ozlar sotib olindi (naqd va
naqdsiz)
5810
5010, 5110-
5530
4.
Qisqa muddatli investitsiyalar uzoq muddatli
moliyaviy investitsiyalar tarkibiga o’tkazildi
0610
5810
5.
Qimmatli qog’ozlar sotildi
5110
5810
6.
Korxona kreditorlik qarzini qimmatli
qog’ozlar berish yo’li bilan qopladi
6990
5810
7.
Inventarizatsiya natijasida qimmatli
qog’ozlarning kamomadi
4730
5810
8.
Qisqa muddatli investitsiyalarning qaytarilishi
5110
5810-5890
*Izoh: 21-son BHMS talablari asosida tayyorlandi. Muallif ishlanmasi.
MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIKda qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha qilingan
buxgalteriya yozuvlari (5-ilovaga qarang) tekshirilganda 21-son BHMS
talablaridan chetlanish aniqlanmadi.
Odatda korxonalar qisqa muddatli investitsiya
sifatida boshqa korxonaga
kelishilgan foizlar asosida pul mablag’lari ko’rinishidagi qarzlarni berishlari
mumkin. Bunday hollarda hisoblangan foizlarga quyidagicha buxgalteriya yozuvi
qilinadi.
Debet 4830 –“Olinadigan foizlar”
Kredit 9530—“Foiz ko’rinishidagi daromadlar”.
Auditor audit jarayonida ushbu yozuvning to’g’ri amalga oshirilganligini va
olingan daromadning soliqqa to’g’ri tortilganligini tekshirib ko’radi.
Ushbu masalalar tekshirilib bo’lingandan so’ng auditor joriy hisob registrlaridagi
ma’lumotlarni moliyaviy hisob ma’lumotlari
bilan solishtirib, tekshirib ko’radi.
Bunda auditor moliyaviy hisobotning 1-shakli “Buxgalteriya balansi”, 2-shakl
“Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot”, 4-shakl “Pul oqimlari to’g’risidagi
hisobot”lardan foydalanadi.
Audit jarayoni yakuni odatdagidek auditorlik hisobotini tuzish va o’zining
xolisona bahosini, ya’ni auditorlik xulosasini berish bilan yakunlanadi.
Umuman olganda, qisqa nuddatli investitsiyalar auditi uzoq muddatli
investitsiyalar auditi kabi amalga oshiriladi. Audit jarayonida, avvalo, qimmatli
qog’ozlarning
originalligi, to’liq rasmiylashtirilganligi, ularga mablag’larning
maqsadli sarflanganligi, korxonalar o’rtasidagi shartnomalar yuridik va o’zaro teng
manfaatlilik jihatidan to’g’ri tuzilganligi, olingan daromadlar bo’yicha soliqlarning
o’z vaqtida Soliq Kodeksi talablari asosida hisoblanganligi va to’langani
tekshiriladi. Bundan tashqari uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning
baholanishi va qayta baholanishi, qayta baholash usullarining korxona Hisob-
siyosatida o’z aksini topganligi ham auditor tomonidan sinchiklab tekshirilishi
lozim.
25
2.3. Moliyaviy investitsiyalar auditini yaxshilash yo’llari.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng bozor iqtisodiyotiga
o’tishning o’ziga xos yo’li tanlandi. Buning natijasida mamlakatda bir qancha
yangi faoliyat turlari vujudga keldi. Shulardan biri auditorlik faoliyatidir. Istiqlol
yillarida ushbu soha jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Endilikda, rezpublikamizda
audit va auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari to’liq yaratildi. O’zbekiston
Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risi”dagi Qonunining qabul qilinishi (2000
yil 26 may) fikrimizning yorqin isboti bo’la oladi. Biroq ushbu sohani
yanada
rivojlantirish borasida hali qilinishi zarur bo’lgan ishlar mavjud.
Bu ishlarning
mazmuni o’rganib chiqilib, ular bo’yicha quyidagi takliflarni bermoqchimiz:
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar
kiritish. Unga ichki audit, uning mazmuni, maqsadi va amal qilish sohasini
aniq ko’rsatish.
Auditorlik tashkilotlarining huquqlarini yanada kengaytirish va ularning
xizmatlar bozoridagi faoliyatini yanada rivojlantirish;
Audit sohasidagi kadrlar masalasiga alohida e’tibor berish. Oliy o’quv
yurtlarida “Audit” yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarning
kelajakda auditor bo’lib ishlashiga amaliy yordam ko’rsatishni yanada
kengaytirish.
Auditor malaka sertifikatini olish tartibini soddalashtirish va bu sohada
“Audit” mutaxassisligi bo’yicha tahsil olgan talabalarga imtiyozlar berishni
yo’lga qo’yish.
Yuqoridagi fikrlar respublika miqyosida auditorlik faoliyatini rivojlantirshga
qaratilgan. Biroq bizning ushbu ishni yozishdan maqsadimiz moliyaviy
investitsiyalar auditini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat edi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida moliyaviy investitsiyalar auditini yaxshilashga
qaratilgan quyidagi takliflarni ishlab chiqdik:
Korxonalarning investitsiya faoliyatini kuchaytirish va uni hisobini tashkil
qilishda ichki auditning rolini oshirish;
Investitsiya faoliyati bilan shug’ullanuvch yirik korxonalarda moliyaviy
investitsiyalar auditi o’tkazilganda auditning dastlabki va umumiy rejasi,
auditorlik dasturini to’liq tuzishga alohida e’tibor berish;
Bugungi kunda korxonalarda kompyutelashtirilga hisob yuritilayotganligini
inobatga olib, audit o’tkazishda ham zamonaviy usullardan va hisob yuritish
dasturlaridan keng foydalanish;
Moliyaviy investitsiyalar samaradorligini aniqlash bo’yicha auditorlik
tahlilini o’tkazish va korxonaning kelgusi investitsiya faoliyatiga zarur
bo’lgan taklif va
tavsiyalar berish;
Korxonadagi ichki rezevlarni auditolik tahlili natijasida aniqlash va
qo’shimcha investitsiya kiritishni ta’minlashga qaratilgan takliflarni berish;
Moliyaviy investitsiyalar auditi natijasi bo’yicha beriladigan auditorlik
xulosasining mzmunini boyitish (odatda, amaliyotda qisqa xulosalar
26
beriladi) hamda korxonada investitsiyalar hisobining alohida xususiyatlari;
ijobiy va salbiy jihatlarini yoritib berish.