Depozit sertifikatlari – bu pul mablagʻlari – omonatga qoʻyilgani
toʻgʻrisidagi, omonatchi yoki uning huquqiy vorisini belgilangan muddat
tugagandan keyin omonat soʻmmasini va unga tegishli foizlarni olishga boʻlgan
huquqini tasdiqlovchi bank – emitent guvohnoma deyiladi. Depozit sertifikatlarini
chiqarish va roʻyxatdan oʻtkazish koidalarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki belgilaydi.
Veksel- beruvchining yoxud vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining
vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani
toʻlash yuzasidan qatʻi majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qogʻoz veksel
hisoblanadi.