Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


§ 12.1. Tijorat banklarining emission faoliyati



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/265
Sana18.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#451528
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   265
Bog'liq
fayl 2019 20211007

§ 12.1. Tijorat banklarining emission faoliyati 
§ 12.2. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish 
tartibi 
§ 12.3. Tijorat banklarini emission operatsiyalarini boshqarish usullari 
 
§
 
12.1. Tijorat banklarining emission faoliyati
Xalqaro bank amaliyotida banklarni depozit boʻlmagan resurslari tarkibida 
yirik manbalardan biri qimmatli qogʻozlar hisoblanadi. 
Banklar moliyaviy resurslarni shakllantirish maqsadida aksiya, obligatsiya, 
depozit va jamgʻarma sertifikatlarni muomalaga chiqaradi. Shuningdek, tijorat 
banklari uzoq muddatli resurslarini shakllantirishda ipoteka va subordinar qimmatli 
qogʻozlari muhim oʻrin tutadi. Banklarning qimmatli qogʻozlarni muomalaga 
chiqarish orqali resurslarni shakllantirish bilan bogʻliq operatsiyalarini ikkita 
guruhga ajratish maqsadga muvofiq.
Birinchi guruhga, tijorat banklari ustav va qoʻshimcha kapitalini 
shakllantirish maqsadida aksiya va subordinar qimmatli qogʻozlarni muomalaga 
chiqarish boʻyicha operatsiyalari, ikkinchi guruhga, qisqa va uzoq muddatli 
resurslarga boʻlgan ehtiyojini qoplash uchun obligatsiya va ipoteka qimmatli 
qogʻozlari, depozit va jamgʻarma sertifikatlari bilan bogʻliq operatsiyalari kiradi.
Aksiya va sertifikatlarning bozor bahosi banklarning ushbu bozordagi 
faoliyatini baholovchi iqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi.
Tijorat banklari aksiyalari va sertifikatlarnig bozor bahosi ortib borishi 
ularning oldi–sotdisiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Koʻpchilik hollarda tijorat banklari 
oʻz aksiyalari va sertifikatlarini ikkilamchi qimmatli qogʻozlar bozoridagi bahosini 
oshirish maqsadida investitsion kompaniyalar orqali investor sifatida ham 
maydonga chiqishi mumkin.
Tijorat banklari aksiyalari, obligatsiyalari va sertifikatlarni bozor bahosi 
moliya bozoridagi mavjud talab va taklif asosida oʻrnatiladi. Aksiya va


153 
sertifikatlarni nominal va bozor bahosi oʻrtasidagi farq ijobiy yoki salbiy boʻlishi 
mumkin. Agar ushbu farq ijobiy boʻlsa, tijorat banklari moliyaviy jihatdan 
barqaror va raqobatbardosh ekanligidan dalolat beradi. Mazkur holat banklarni 
qimmatli qogʻozlar orqali resurslarini oshirishga ijobiy taʻsir koʻrsatadi.
Tijorat banklari aksiya, obligatsiya va sertifikatlarini bahosiga taʻsir 
qiladigan asosiy omillardan biri ularga toʻlanadigan dividend miqdori va foiz 
toʻlovlari hisoblanadi. Aksiya va sertifikatlarga toʻlanadigan toʻlovlar miqdorini 
yuqoriligi va barqarorligi banklarni qimmatli qogʻozlar bozoridagi emitent 
nufuzini oshirishga bevosita taʻsir qiladi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har 
qanday faoliyatning asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklariga resurslarni jalb qilishni 
maqbul usullaridan biri qimmatli qogʻozlarni qayta sotib olish boʻyicha 
shartnomalar tuzish yoki «repo» operatsiyasi hisoblanadi. Ushbu kelishuvda, bank 
sotilgan qimmatli qogʻozlarni maʻlum muddatdan soʻng oldindan kelishilgan 
bahoda qayta sotib olishni oʻz zimmasiga oladi. 
Bu operatsiyaning afzalligi shundaki, bank oʻzining qisqa muddatli kredit 
resurslariga boʻlgan ehtiyojini qondirsa, benifisar esa vaqtincha boʻsh 
mablagʻlarini ishonchli manbaga samarali joylashtirish orqali nisbatan yuqori 
miqdorda foyda oladi. Odatda, ushbu operatsiyalar boʻyicha mablagʻlar bir kundan 
bir necha oygacha, asosan, qisqa muddatga beriladi. Shu bilan birga, «repo» 
operatsiyasi bankka quyidagi qulayliklarni beradi:
- bankni likvidlilik jihatidan yuqori riskka duchor qilmaydi. Chunki, 
qimmatli qogʻozlar maʻlum kelishilgan muddatga emissiya qilinadi;
- bank sotilgan qimmatli qogʻozning qiymati miqdoridagi mablagʻni 
mijozning hisobvaragʻini, agar uni hisobvaragʻi shu bankda ochilgan boʻlsa, 
debetlash yoʻli bilan yoki benefisarni boshqa bankdagi hisobavaragʻidan qisqa 
muddatda olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, agar benefisarning hisobvaraqasi 
shu bankda ochilgan boʻlsa, u holda, bank Markaziy bankka «repo» summasi 
miqdoridagi summaga majburiy zahira ajratmasi bazasini kamaytiradi;


154 
- xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari «repo» operatsiyalari asosida jalb 
qilingan mablagʻlari hisobidan Markaziy bankka majburiy zahiralar toʻlashdan va 
depozit operatsiyalardagi kabi mablagʻni sugʻurta qilishdan ozod etilgan. Ushbu 
holat, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari amaliyotida ham joriy etilgan 
boʻlib, ularga mazkur operatsiya asosida mablagʻlarni kengroq jalb qilish 
imkoniyatini beradi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish