Joriy likvidlilik koeffitsiyenti - joriy aktivlar summasini (toʻlov muddati 30
kungacha boʻlgan bankni likvidli aktivlari va qoʻyilmalari, bundan muddati
uzaytirilgan yoki qaytarish muddati oʻtgan kreditlar mustasno) joriy majburiyatlar
(talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha boʻlgan majburiyatlar)
summasiga nisbati orqali aniqlanadi.
Mazkur koʻrsatkich 30 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
Likvidlilikni qoplash meʻyori koeffitsiyenti yuqori likvidli aktivlarni
keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqimga nisbati sifatida aniqlanadi (LQMK =
yuqori likvidli aktivlar/keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqim). Mazkur
koʻrsatkich 2018-yil 1-yanvardan boshlab 100 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
2018-yil 1-yanvardan boshlab banklarda