Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


§ 10.3. Tijorat banklarini moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/265
Sana18.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#451528
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   265
Bog'liq
fayl 2019 20211007

§
10.3. Tijorat banklarini moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi 
koʻrsatkichlarni rejalashtirish 
Tijorat banklarini moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi bir qator 
koʻrsatkichlar mavjud. Bular: 

kredit qoʻyilmalarini tasniflanishi 
(standart, substandart, qoniqarsiz, 
shubhali, umidsiz)


muammoli qarzdorliklar 
(muddati oʻtgan, shundan oraliq muddati 
oʻtgan, sud jarayonidagi, shartlari oʻzgartirilgan, balansdan tashqari 
hisobvaraqdagi qarzlar)


taqsimlanmagan foyda; 

bank tomonidan aktivlar boʻyicha yaratilgan maxsus zahiralar; 

shakllantirilgan majburiy zahiralar jamgʻarmasi; 

naqd pul tushumi, birinchi darajali ijtimoiy toʻlovlar va ish haqlarni 
toʻlanishi; 

muomalaga chiqarilgan plastik kartalar va oʻrnatilgan terminallar, 
ular boʻyicha oʻtayotgan toʻlovlar hajmi; 

Markaziy bank tomonidan belgilangan boshqa iqtisodiy normativlar 
va boshqa koʻrsatkichlar. 
Mazkur koʻrsatkichlar roʻyxatini albatta yana davom ettirish mumkin.
Ammo shuni doimo esda tutish lozimki, yuqorida sanab oʻtilgan koʻrsatkichlar 
bankning makro darajadagi iqtisodiy salohiyatini koʻrsatib beruvchi koʻrsatkichlar 
sanaladi. 
Xuddi shunday, bank faoliyatini yoʻnalishlarini ichki tarafdan ochib 
beruvchi, masalan aksiyalarni turlari, kreditlarni xududlarga yoʻnaltirilishi, ularni 
foizlari, muddatida qaytarilishi, garovlarni turlari, investitsiya portfelini 


119 
daromadliligi, qanday turdagi korxonalarga yoʻnaltirilganligi, muomalaga 
chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni muddatlari, foizlari, depozitlarni qanday 
valyutada jalb qilinganligi va muddatlari, bank daromadi va xarajatlarini tarkibi, I-
darajali kapitalni yetarliligi, leveraj, aktivlar boʻyicha tavakkalchilik darajasini 
koʻrsatuvchi meʻyorlar, naqd pul tushumlarini mijozlar turlari boʻyicha tarkibi, 
muomalaga chiqarilgan plastik karta turlari (aholiga, yakka tartibdagi 
tadbirkorlarga, xoʻjalik subyektlariga), ularga kirim qilinayotgan mablagʻlar, ularni 
qoldigʻi kabi oʻnlab koʻrsatkichlarni sanab oʻtish mumkin.
Bu kabi koʻrsatkichlar yuqorida taʻkidlanganidek, bank faoliyatini ichki 
xususiyatlarini yoritib beradi va ulardan asosan tarmoq ichidagi hisobotlarda 
foydalaniladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-apreldagi ―Bank 
tizimini moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsion faolligini 
kuchaytirish choralari toʻgʻrisida‖gi1317-sonli qaroriga koʻra banklarga: 
o
Umumiy kapitalni har yili kamida 20% ga oshirib borish; 
o
Bank ustav kapitalini 50,1 mlrd.soʻmga koʻpaytirish; 
o
Depozit bazasini har yili kamida 20% ga oshirish; 
o
Tadbirkorlarni kreditlash xajmini 1,3 barobarga oshirib borish; 
o
Investitsiya maqsadlariga yoʻnaltiriladigan kreditlarni yanada oʻstirish 
vazifalari yuklatilgan.
Undan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-
noyabrda ―2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, 
uni barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishni 
ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida‖gi1438-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda 
2011-2015-yillarda: 
o
Umumiy kapitalni 2,1 barobarga oshirish; 
o
Depozit bazasini 2,5 barobarga oshirish; 
o
Muomalaga chiqarilgan plastik kartalar sonini 1,5 barobarga oshirish; 
o
Investitsiya kreditlari hajmini 2,8 barobarga oshirish; 
o
Tadbirkorlarga kredit ajratish hajmini 2,7 barobarga oshirish; 


120 
o
Mikrokreditlar xajmini 2,8 barobarga oshirish belgilandi. 
Navbatdagi qabul qilingan qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
2015-yil 6-maydagi ―Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish 
va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora - tadbirlari toʻgʻrisida‖gi 2344 –
sonli qarori boʻldi. Ushbu qaror talablari hozirda amal qilmoqda. Demak, unga 
koʻra: 
* regulyativ kapital yetarliligi meʻyorini bosqichma-bosqich 10% dan 
14,5%ga yetkazish; 
* I-darajali kapitalni yetarliligi meʻyorini bosqichma-bosqich 5% dan 11% 
ga yetkazish; 
* likvidlilikni qoplash meʻyorini joriy etish va 100% ga yetkazish; 
* sof barqaror moliyalashtirish meʻyorini jorish etish va 100% ga yetkazish;
* likvidlilik – bu bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar oʻsishini 
moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablagʻlari darajasini pasayishini 
samarali boshqarishni bildiradi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish