Resurslarni qimmatli qog
ʻ
ozlarga joylashtirish
Taktik joylashtirish
Strategik
joylashtirish
Uzoq muddatli
prognozlash
Qisqa muddatli
prognozlash
Kutilayotgan daromad
Dispersiya
Kovariatsiya
109
taktik joylashtirishi esa, kutilayotgan daromadni, dispersiya va kovariasiyani qisqa
muddatli prognoz koʻrsatkichlariga asoslanadi.
Qisqacha xulosalar
Tijorat banki investor sifatida qimmatli qogʻozlarni sotib oladi. Bank
qimmatli qogʻozlarni ikki maqsadda sotib oladi: likvidliligini taʻminlash
maqsadida; daromad olish maqsadida.
Tijorat banklarini investitsion operatsiyalarini rivojlantirishda moliyaviy
innovasiyalarga asosiy eʻtiborni qaratish lozim. Foiz stavkalarining sezilarli
darajada tebranishi yangi moliyaviy mahsulotlarga boʻlgan talabning oʻzgarishiga
bevosita va kuchli taʻsir qiluvchi muhim iqtisodiy omil hisoblanadi.
Tijorat banklarini investitsion operatsiyalarini boshqarish prinsiplardan biri
boʻlib, bank investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish prinsipi hisoblanadi.
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarini yuqori likvidli qimmatli
qogʻozlarga qilingan investitsiyalari, ularni joriy likvidliligini taʻminlash imkonini
beradi.
Yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar sifatida, odatda, Hukumat tomonidan
muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, Markaziy bankini qimmatli qogʻozlari
va toʻlovi, Hukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qogʻozlar kiradi.
Respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelida xorijiy valyutalarda
emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar mavjud emas. Banklarni investitsiya portfeli
milliy valyuta-soʻmda emissiya qilingan qimmatli qogʻozlardan iborat. Bu esa,
respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelini moliyaviy risklarga
taʻsirchanligini oshiradi. Bunda inflyatsiya va devalvatsiya taʻsirida banklarni
qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarini real qiymatini pasayish xavfi
yuzaga keladi.
Tayanch soʻz va iboralar
Investitsion operatsiyalar, yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar, investitsiya
portfelini
diversifikatsiyasi,
korporativ
qimmatli
qogʻozlar,
investitsion
110
operatsiyalarni riski, investitsion operatsiyalarni daromadliligi, valyuta opsionlari,
valyuta opsionlarni yevropa standarti, valyuta opsionlarni amerika standarti,
derevativ operatsiyalar, investitsiya portfelini sifat koʻrsatgichlari.
Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar
1. Tijorat banklari investitsion operatsiyalarining mazmuni va zarurligi.
2. Banklar investitsion operatsiyalarini boshqarish prinsiplari.
3. Tijorat banklari investitsion operatsiyalarini markazlashgan tarzda
boshqarish
4. Tijorat banklari investitsion operatsiyalarini nomarkazlashgan tarzda
boshqarish usullari.
5. Tijorat banklari investitsion operatsiyalarining samaradorligini baholash.
111
10-BOB: TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI
TEZKOR VA STRATEGIK REJALASHTIRISH
Do'stlaringiz bilan baham: |