105
P
1
– investitsiya portfelining soʻnggi qiymati;
P0 – investitsiya portfelining boshlangʻich qiymati.
5. Investitsiya portfelining diversifikatsiya darajasi.
Bir
emitentning
qimmatli
qogʻozlariga
qilingan
investitsiyalarni
investitsiya portfelidagi ulushi 7 foizdan oshib ketmasligi kerak.
6. Yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarni investitsiya portfelidagi salmogʻini
oʻzgarishi.
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarini
yuqori likvidli qimmatli
qogʻozlarga qilingan investitsiyalari, bir tomondan,
ularni joriy likvidliligini
taʻminlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, Markaziy
bankning ochiq bozor
operatsiyalari hajmini oshirish imkonini beradi.
Yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar sifatida, odatda, Hukumat tomonidan
muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, Markaziy bankini qimmatli qogʻozlari
va toʻlovi, Hukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qogʻozlar kiradi.
Mamlakatimizda
uzatma tijorat veksellari, yaʻni trattalar muomalasini
mavjud emasligi Markaziy bankka diskont kreditlari berish imkonini bermaydi.
Mamlakat Markaziy bankida lombard kreditlarining mavjud emasligi uni
qayta moliyalash siyosatini samaradorligiga salbiy taʻsir koʻrsatadi
va mazkur
kreditlarni berilmayotganini sababi Hukumatni qimmatli qogʻozlarini emissiya
qilishni toʻxtatilganligidadir. Chunki, Markaziy bank faqat hukumat qimmatli
qogʻozlarini oʻzining lombard kreditlari uchun garov obyekti sifatida tan oladi.
2017-yilning
1-yanvar
holatiga,
qimmatli
qogʻozlarga
qilingan
investitsiyalarni brutto aktivlar hajmidagi salmogʻi TIF Milliy bankida 0,5 foizni,
Sanoatqurilishbankda – 0,4%, Ipotekabankda - 0,2 foizni tashkil etdi
22
.
2019-yil qimmalbaho qogʻozlarni umumiy hajmi 25 trln.
tashkil etdi va
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6% ni tashkil etdi 605 ta aksioner jamiyati mavjud
boʻlib ularni 85% davlatga tegishli jamiyatdir. 105 ta aksioner jamiyatdan atigi 5%
22
Мазкур банкларнинг ―Банк ахборотномаси‖ газетасида эълон қилинган 2017 йил натижалари бўйича
йилилк ҳисоботлари маълумотлари асосида муаллиф томонидан ҳисобланди.
106
aksiya fond bozorida ishtirok etgan. Shuning uchun aholi va investorlar fond
bozorida faolligi sust boʻlgan.
23
Ushbu holat tijorat banklari investitsion operatsiyalarini daromadliligiga va
ularni joriy likvidliligiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga keltiradi.
Respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelida
xorijiy valyutalarda
emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar mavjud emas. Demak, banklarni investitsiya
portfeli milliy valyuta-soʻmda emissiya qilingan qimmatli qogʻozlardan iborat. Bu
esa, respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelini moliyaviy risklarga
taʻsirchanligini oshiradi. Bunda inflyatsiya va devalvatsiya taʻsirida banklarni
qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarini real
qiymatini pasayish xavfi
yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: