Mavzu: MARKAZIY BANKNING OCHIQ BOZOR SIYOSATI
1- guruh savollar va javoblar
Markaziy bank tomonidan davlatning qisqa va o‘rta muddatli obligatsiyalarini sotish va sotib olish tartibi.
Markaziy banklarning ochiq bozor operatsiyalarida oldi-sotdi obyekti sifatida, asosan, quyidagi qimmatli qog’ozlardan foydalaniladi:
xazina veksellari;
hukumatning obligatsiyalari;
hukumatning o’rta va o’zoq muddatli xazina majburiyatlari;
korporativ obligatsiyalar;
tijorat banklarining depozit sertifikatlari;
korxonalarning tijorat veksellari.
Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari milliy bank tizimizaxiralarining miqdoriga bevosita ta’sir qilish yo’li bilan pullar taklifigava tijorat banklarining kredit emissiyasi hajmiga ham kuchli ta’sir ko’rsatadi.
O‘zbekistonda ochiq bozor operatsiyalarini rivojlantirish istiqbollari.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarida oldi-sotdi obyekti bo’lib hukumatning qisqa muddatli obligatsiyalari va o’rta muddatli xazina majburiyatlaridan foydalanilmoqda. Shu bilan birga, respublikamizda muomalada O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari mavjud. Ammo bu obligatsiyalar tijorat banklarining vakillik hisobraqamlaridagi likvidlilikning ma’lum qismini olib qo’yish maqsadida emissiya qilingan.
2- guruh savollar va javoblar
Pul-kredit orqali muvofiqlashtirishda ochiq bozor siyosatining o‘rni.
Markaziy bank tomonidan ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirishda tijoratbanklariga nisbatan aniq mezonlarga asoslangan majburiyatlar belgilanishi lozim. Bu borada ochiqbozor siyosati bo’yicha katta tajriba to’plagan markaziy banklar (Angliya Markaziy banki, GFR Bundesbanki, AQSh FZT) ning ochiqbozor operatsiyalarini amalga oshirish tartibini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Masalan, Angliya Markaziy bankining amaldagi talabiga ko’ra, Markaziy bank bilan ochiqbozor operatsiyalarida ishtirok etuvchi tijorat banklari quyidagi mezonlar bo’yicha talabga javob berishlari lozim:
– operatsiyani to’liq va xavfsiz rejimda amalga oshirish imkoniniberadigan darajada texnik imkoniyatlarga ega bo’lishi lozim;
– turli bozorlarda likvidlilikni talab qilinadigandarajada o’zgartirish uchun zarur bo’lgan miqyosda operatsiyalarnifaol tarzda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur;
– ochiq bozordagi operatsiyalarda doimiy tarzda ishtirok etishi lozim;
– Markaziy bankni bozorda yuzaga kelgan sharoitlar vatendentsiyalar to’g’risidagi foydali ma’lumotlar bilan doimiy ravishda ta’minlab turishi zarur.
REPO va teskari REPO operatsiyasi.
Repo operatsiyasi – bu qimmatli qog`ozlarni keyinchalik yuqoriroq bahoda sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotib olish (sotish). Repo shartnomasining birinchi qismida sotuvchi kreditlanadi va ikkinchi qismida pul mablag`lari egasiga ortig`I bilan qaytariladi. Qimmatli qog`ozlar egaligini huquqiy berish ma’lum vaqtga kreditni ta’minlangan qiladi va riskni kamaytiradi.
Haqiqiy REPO va sotuv turidagi REPO qayta sotib olish bilan farqlanadi. Haqiqiy repo faqatgina tomonlar o`rtasida repo bitimini tuzish to`g`risidagi bosh shartnoma bo`lgandagina tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |