270
Rentabellik – tijorat banklarining sof foydasi bilan aniqlanadigan
koʻrsatkich boʻlib, u sof foydaning xarajatga nisbati orqali aniqlanadi. Bu bir
soʻmlik qilingan xarajat qancha foyda olib kelishini koʻrsatadi.
Bu koʻrsatkich kamida 20 foiz atrofida boʻlishi tavsiya qilinadi. Bundan
tashqari, quyidagi rentabellilik koʻrsatkichlari ham mavjud:
Aktivlar rentabelliligi (ROA – Return on assets) - bir soʻmlik
aktivga toʻgʻri keluvchi foydani anglatadi. Bu koʻrsatkich
kamida
5 foiz atrofida boʻlishi tavsiya qilinadi.
Kapital rentabelliligi – (ROYe – Return on equity). Bu bir soʻmlik
kapitalga toʻgʻri keluvchi foydani anglatadi. Bu koʻrsatkich kamida 10
foiz atrofida boʻlishi tavsiya qilinadi.
Tijorat banklari foydasini baholovchi asosiy koʻrsatkichlar quyidagilar
hisoblanadi:
1. Foyda manbalarini tarkibiy tahlil qilish;
2. Moliyaviy koeffitsiyentlar tizimini tahlil qilish.
Tarkibiy tahlil bank foydasi manbalarini aniqlash va bankning bugungi
kundagi faoliyatining barqarorligi, kelgusida
rivojlanish imkoniyatlarini
baholash uchun zarur.
Moliyaviy koeffitsiyentlar tizimini tahlil qilish quyidagilarni oʻz
271
ichiga oladi:
1. Moliyaviy koeffitsiyentning amaldagi hisob-kitobini uning normativi
bilan taqqoslash;
2. Bank koeffitsiyentlarining raqobatchi bank koeffitsiyentlari bilan mos
kelishi;
3. Koeffitsiyentlar dinamikasini baholash;
4. Koeffitsiyentlar dinamikasining omilli tahlili.
Bankning foydalilik darajasini taʻminlovchi koʻrsatkichlarga quyidagilar
kiradi:
foyda va aktivlar oʻrtasidagi nisbat;
soliq toʻlagunga qadar foyda va aktivlar nisbati;
foyda va xususiy kapital nisbati;
bitta xodimga toʻgʻri keladigan foyda.
Bu koʻrsatkichlarning hisob-kitob usuli
belgilangan hisob tizimi va
hisobot shakllariga bogʻliq.
Koʻrsatkichlar hisob-kitobi va ularning iqtisodiy mazmuni quyidagilardir:
Foydaning aktivlarga nisbati – bank rentabelligini baholash imkoniyatini
beruvchi asosiy koʻrsatkich.
Foydaning xususiy kapitalga nisbati – bu koeffitsiyent taʻsischilar,
aksionerlar va paychilar investitsiyalarining samaradorligini koʻrsatib
beradi.
Bundan tashqari, bank faoliyatida quyidagi koʻrsatkichlardan ham
foydalaniladi:
Sof foizli marja = (foizli daromadlar – foizli xarajatlar) / aktivlar;
Sof foizsiz marja = (foizsiz daromadlar – foizsiz xarajatlar) / aktivlar;
Operatsion foydaning marjasi = (operatsion daromadlar – operatsion
xarajatlar) / aktivlar;
Bitta aksiyaga toʻgʻri keladigan sof foyda = sof foyda / muomaladagi oddiy
aksiyalarning soni;
272
SPRED = (foizli daromadlar / daromad keltiruvchi aktivlar) - (foizli
xarajatlar/ bankning foiz toʻlanadigan passivlari);
Bankning daromad keltiruvchi bazasi = daromad keltiruvchi aktivlar /
aktivlar.
Foizli
marja bank xarajatini qoplab, foydaning shakllanishiga
asoslangan. Foizli marjaning hajmi bank qoʻyilmalarining yuqori
daromadliligini koʻrsatadi. Foizli daromadlarning foizli xarajatlarga qaraganda
koʻproq boʻlishi foizli marja koeffitsiyentining yetarli darajada boʻlishini
taʻminlaydi. Bu koʻrsatkich,
shuningdek, aktiv operatsiyalarning daromadliligi
passiv operatsiyalar boʻyicha xarajatlarni qoplay olishini ham anglatadi. Bank
foydasining asosiy manbai hamdir. Bu koeffisent shuningdek, soliqlar,
bankning chayqovchilik operatsiyalaridan koʻradigan
zararlari va bank
risklaridan saqlashi kerak. Uning miqdori moliyaviy koeffitsiyentlarni
aniqlashda mutlaq qiymatni ifodalashi mumkin. Shuning uchun ham, bu
koeffitsiyentning oshishiga erishish kerak. Mutaxassislarning fikricha, bu
koʻrsatkich bankda 4.5% dan yuqori boʻlishi talab etiladi. Bu koʻrsatkichning
yuqori boʻlishi bank faoliyatida oʻz va jalb qilingan
resurslarning samarali
joylashtirilganini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: