Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

 
Qisqacha xulosalar 
Ilgari respublikamiz banklarida kredit siyosati, depozit siyosati, foiz siyosati 
degan tushunchalar boʻlmagan. Xalqaro bank amaliyotini oʻrganish natijasida 
milliy bank tizimida yuqorida sanab oʻtilgan bank siyosatlari ishlab chiqilib, 
amaliyotga tatbiq etildi. Dastlab foiz siyosati depozit va kredit siyosati ichiga 
kirgan boʻlsa, keyinchalik alohida foiz siyosati ishlab chiqilib, bank amaliyotida 
qoʻllanilib kelmoqda. 
Tijorat banklarining foiz siyosati depozitlar va kreditlarning oqilona foiz 
stavkalarini shakllantirish va foiz riskini boshqarish bilan bogʻliq tadbirlar 
majmuasidir. Tijorat banklarining daromad olish sohasi faoliyati uning foiz 
siyosati orqali amalga oshiriladi. 
Asosiy foiz stavka 4 turi bir-biridan tubdan farq qiladi: oddiy va murakkab 
foiz stavkalari, oddiy va murakkab hisob stavkalari.
Nominal foiz stavkasi deganda eʻlon qilingan foiz stavkasi tushuniladi. Real 
foiz stavkasi deganda nominal foiz stavkasini pulning qadrsizlanish darajasiga 
muvofiqlashtirilgan darajasi tushuniladi. 


248 
Foiz stavkalarning birinchi darajasi – Markaziy bank tomonidan tijorat 
bankiga taqdim etiladigan kreditlar boʻyicha belgilanadigan rasmiy foiz 
stavkasidir. Mazkur foiz stavkasi hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz 
stavkasi deb ataladi. 
Respublikamiz bank amaliyotida foiz stavkasining qatʻi va suzib yuruvchi 
foiz stavkalaridan foydalaniladi. Bu foiz stavkalari banklarning depozit va kredit 
siyosatiga taʻsir koʻrsatadi. 
Tijorat banklarida kredit bahosini shakllantirishda bir qator omillar oʻz 
taʻsirini koʻrsatadi. Tijorat banklarining kredit bahosining meʻyori banklar 
tomonidan jalb qilingan depozitlar bahosi, kredit operatsiyalari boʻyicha bankning 
operatsion xarajatlari, kredit riski boʻyicha ustama hamda bankning marjasi oʻz 
taʻsirini koʻrsatadi. Foizli marja – bu bank aktivlaridan daromad keltiruvchi foizli 
daromad va bank majburiyatlari boʻyicha foizli xarajat oʻrtasidagi farqdir.
Xalqaro amaliyotda tijorat banklarini daromadlarini hisoblashda operatsion 
marja ham ishlatiladi. Operatsion marja bankning asosiy operatsiyalaridan 
koʻradigan daromadlari. 
Tijorat banklarining asosiy operatsiyalaridan koʻradigan daromadlari tarkibi: 
sof foizli daromad; valyuta operatsiyalaridan koʻrilgan sof daromad; qimmatli 
qogʻozlar boʻyicha qilingan operatsiyalardan koʻrilgan sof daromad; lizing 
operatsiyalaridan koʻrilgan sof daromad; qimmatbaho metallar bilan qilingan 
operatsiyalarda koʻrilgan sof daromad. 
Haqiqiy marjani olish uchun bankning jami foizli daromadlari va jami foizli 
xarajatlari oʻrtasidagi farqdan koʻrish mumkin.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish