Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


§ 17.3. Xorijiy davlatlar bank amaliyotida foiz stavkalarini



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

§
17.3. Xorijiy davlatlar bank amaliyotida foiz stavkalarini 
shakllantirish tajribasi 
Piter Rouz (1997) ning fikriga koʻra, tijorat banklari tomonidan toʻqnash 
keladigan risklar orasida foiz riskining xavflilik darajasi yuqori boʻladi, chunki 
foiz stavkalarining keskin oʻzgarishi banklarning daromadiga hamda bank 
aktivlari, passivlari va kapitali qiymatiga taʻsir etadi. Foiz riskining oldini olish 
uchun moliyaviy operatsiyalarni xedjerlash kerak boʻladi. Foiz riskini xedjerlash 
moliyaviy instrumentlarni sotish yoki sotib olish yoʻli bilan amalga oshiriladi. 
Ularni foizli opsionlar, foizli fyucherslar va foizli svoplar orqali himoyalash 
mumkin: 

foizli opsion zayomda belgilangan narxda kelishilgan maʻlum bir davrda 
oʻrnatilgan foiz stavkasida (majburiy boʻlmagan holda) foiz toʻlash yoki 
olish huquqini beradi;


243 

foizli fyuchers kelajakda belgilangan muddatda foiz stavkasida kreditlar 
berish yoki depozitlar olishga majburiyat beradi; 

foizli svop-toʻlovlarni suzib yuruvchi foiz stavkasidan qatʻi belgilangan foiz 
stavkasiga yoki teskarisini qoʻllashga imkon beradi. 
Klassik nazariyada Keyns Dj.M. (1899) foiz stavkasi va uning meʻyori 
haqida foiz meʻyori bozorda kapitaldan foydalanganlik uchun toʻlanadigan baho 
sifatida aniqlanadi, degan fikrni bildirgan. Amerikalik iqtisodchi I.Fisher (2001) 
foiz stavkasiga quyidagicha taʻrif beradi: ―Foizning darajasini foiz mukofoti 
sifatida aniqlasak boʻladi, chunki u pulda aks etgan boʻlib shartnomada kelishilgan 
davrdan keyin toʻlanishi kerak‖. O.I.Lavrushin (2014) ssuda foizi turli narxdagi 
qiymatining bahosi, uning maʻlum bir foydalanilgan davrdagi qiymat hisobidan 
kelib chiqishini bildirgan. Agar ilmiy nuqtayi nazardan qarasak, ssuda uchun 
belgilangan foiz stavkasi qarz oluvchining daromadini bir qismidan kelib chiqadi. 
I.Ya. Qulliyev (2010) tijorat banklarida kredit bahosini shakllantirishda bir qator 
omillar oʻz taʻsirini koʻrsatadi degan fikrda. Tijorat banklarining kredit bahosining 
meʻyori banklar tomonidan jalb qilingan depozitlar bahosi, kredit operatsiyalari 
boʻyicha bankning operatsion xarajatlari, kredit riski boʻyicha ustama hamda 
bankning marjasi oʻz taʻsirini koʻrsatadi. Bu holatda kreditning bahosini quyidagi 
formula orqali aniqlagan: 
𝑹

𝑫𝒓

𝑫𝒐

𝑷

𝑺

𝑨
Bunda: R – bank krediti bahosi; Dr – bankning jalb qilingan mablagʻlari 
bahosi; Do – tijorat banki operatsion xarajatlari; P – kredit riski boʻyicha ustama; S 
– bank marjasi; A – bank tomonidan belgilanadigan qoʻshimcha toʻlovlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 30-yanvarda 1306-son 
bilan roʻyxatga olingan ―Tijorat banklarida foizlarni hisoblash toʻgʻrisida‖gi 
nizomga asosan kredit berilgan kundan foizlar 16309- hisobvaraqda hisobga olib 
boriladi (Nizom, 2004). Shartnomada belgilab berilgan muddatlarda foiz summasi 
undiriladi. Agar mijoz oʻz vaqtida kreditni qaytarmasa, bu holda foiz stavkasi 
shartnomaga asosan muddatli kreditga nisbatan yuqoriroq boʻladi. Muddati oʻtgan 
foizlarning hisobi 16377- hisobvaraqda hisobga olib boriladi va har bir oʻtgan kuni 


244 
uchun 0,1% miqdorida mijoz tomonidan jarima toʻlanadi. Bankda aktiv 
operatsiyalar boʻyicha foiz stavkalarini shakllantirishda quyidagi omillar inobatga 
olinadi:

Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi; 

bozor sharoitlari; 

pul mablagʻlarini oshirish xarajatlari; 

proyektning riskli darajasi;

qarzdorning moliyaviy darajasi, ishonchlilik darajasi, toʻlovga qobiliyatliligi.
Bank kreditidan foydalanilgan vaqt uchun haq toʻlash kredit narxini yoki 
bahosini tashkil etadi, u hisobot oyi boshlangunga qadar bank boʻyicha yuzaga 
keladigan oʻrtacha foiz stavkasi va marjani oʻz ichiga oladi. Bank oladigan va 
toʻlaydigan foiz oʻrtasidagi farq marja deb yuritiladi. Baʻzi adabiyotlarga koʻra foiz 
marjasi – bank aktiv va passiv operatsiyalari boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari 
orasidagi farqdir. Yo.Abdullayev, T.Qoraliyev fikriga koʻra, ―foiz marjasi – bank 
aktivi keltirgan daromad foizi bilan bank majburiyatlari boʻyicha xarajat foizi 
oʻrtasidagi tafovutdir‖. Marja – kreditlar va sof toʻlovli majburiyatlar foiz 
stavkalari oʻrtasidagi farqdir. Xalqaro standartlarga asosan marja 2 foizdan kam 
boʻlmagan miqdorni tashkil etishi tavsiya qilinadi. Demak, yuqoridagi fikrlarni 
umumlashtirgan holda foizli marja – bu bank aktivlaridan daromad keltiruvchi 
foizli daromad va bank majburiyatlari boʻyicha foizli xarajat oʻrtasidagi farq degan 
xulosa qilish mumkin. Foizli marjani foizlar boʻyicha keladigan sof daromad ham 
deb atashadi. U quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
M = (Df – Rf)/ Ad 

𝟏𝟎𝟎
%
M – foizli marja;
Df – foizli daromad;
Rf – foizli toʻlovlari boʻyicha xarajatlar;
Ad – foiz koʻrinishida daromad keltiradigan aktivlar. Foiz marjasi-bu 
bankning foiz boʻyicha koʻrgan daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi farq 
hisoblanadi. Marja bank xarajatlarini qoplash uchun, risklarni, inflyatsiyani 
inobatga olgan holda daromad koʻrish uchun moʻljallangan. Xalqaro amaliyotda 


245 
tijorat banklarini daromadlarini hisoblashda operatsion marja ham ishlatiladi. 
Operatsion marja bankning asosiy operatsiyalaridan koʻradigan daromadlari, 
quyidagi formula orqali hisoblab topiladi: 
OpM = Dbokd / Adka * 100% 
Dbokd – bankning asosiy operatsiyalaridan koʻradigan daromadlari; Adka – 
daromad keltiruvchi aktivlar. OpM – operatsion marja. 
Tijorat banklarining asosiy operatsiyalaridan koʻradigan daromadlari tarkibi:

sof foizli daromad; 

valyuta operatsiyalaridan koʻrilgan sof daromad; 

qimmatli qogʻozlar boʻyicha qilingan operatsiyalardan koʻrilgan sof 
daromad; 

lizing operatsiyalaridan koʻrilgan sof daromad; 

qimmatbaho metallar bilan qilingan operatsiyalardan koʻrilgan sof daromad. 
Haqiqiy marjani olish uchun bankning jami foizli daromadlari va jami foizli 
xarajatlari oʻrtasidagi farqdan yoki maʻlum bir foizli aktiv operatsiyalari 
oʻrtasidagi farqdan koʻrish mumkin. Masalan, kreditlar boʻyicha foiz undiruvi va 
kredit resursi uchun foizli xarajatlar farqi. Haqiqiy foizli marja quyidagi formula 
orqali aniqlanadi: 
M = Fk − Fr
M – haqiqiy foizli marja;
FK – kreditlar boʻyicha oylik foiz stavkasi;
FR – resurslar boʻyicha oylik foiz stavkasi.
Foizli marjaning hajmiga, kreditlarning tarkibi, tuzilishi va ularning 
manbalari asosiy faktorlar boʻlib hisoblanadi. Kreditlarni muddatlari boʻyicha 
joylashtirish, riskdan himoyalash, kredit maqsadlari, kreditning daromadliligini 
taʻminlaydi. Bu holatda, depozitlarning hajmi, turi va muddatlari muhim oʻrin 
tutadi. Foizli marjaning oʻzgarishi banklarning aktiv operatsiyalari boʻyicha foiz 
stavkalarining koʻtarilishi va tushishi bilan bogʻliq boʻlishi, jalb qilingan pullik 
resurslarning passiv operatsiyalarga taʻsiri va uning kreditlardagi ulushi ham taʻsir 
etishi mumkin. Jalb qilingan pullik resurslarni muddatlari va kreditlarning 


246 
muddatlari marjaga taʻsir etadi. Tijorat banklarining hisob kitoblarini samarali olib 
borilayotganini hisoblash uchun tijorat bankining spredini aniqlash kerak boʻladi. 
Hamda sof foizli marja, tijorat bankining faoliyatini raqobatbardoshliligini va 
boshqa jihatlarini oʻz ichiga oladi. Spred quyidagi formula orqali aniqlanadi.
Spred = Fd /Ad – Fx / -Mxt
Bu yerda:
Fd – foizli daromad;
Ad – daromad keltiruvchi aktivlar;
Fx – foizli xarajat;
Mxt – xarajatga tortiluvchi majburiyatlar. 
Tijorat banklarining spred koʻrsatkichi orqali banklar omonatchilar va 
kreditorlar oʻrtasida vositachilik xizmati koʻrsatishi qanchalik toʻgʻri yoʻlga 
qoʻyilganligi hamda banklar oʻrtasidagi raqobatni koʻrsatadi. Banklar oʻrtasida 
raqobatni kuchayishi, odatda, kreditlar va xarajatga tortiladigan majburiyatlari 
boʻyicha oʻrtacha foizli daromad hamda xarajatlarning orasidagi farqini 
qisqarishiga olib keladi. Ushbu holatda boshqa faktorlar taʻsiri yoʻq deb 
hisoblasak, tijorat banklari daromad topishning boshqa yoʻllarini izlashiga toʻgʻri 
keladi. 
Yana ushbu koʻrsatkichning ahamiyati shundaki, bankning xizmat 
koʻrsatishdan koʻrgan daromadiga va moliyaviy natijalariga belgilangan foiz 
stavkalari oʻz taʻsiriga ega. Ushbu koʻrsatkichni bogʻliq banklar yoki bogʻliq 
boʻlmagan banklar koʻrsatkichi bilan solishtirganda tijorat bankining foiz 
siyosatini qanchalik samarali ekanligini baholash mumkin. 
Hozirgi kunda Oʻzbekiston bank tizimi mustahkam iqtisodiy-huquqiy 
bazaga ega boʻlishi bilan birga, islohotlarning faol ishtirokchisi sifatida ham ajralib 
turibdi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro moliya bozorining 
qatnashchisiga aylanishi, bank faoliyatini yanada erkinlashtirish, bank xizmatlari 
bozorida raqobatning oshishi tijorat banklari tomonidan mablagʻlar jalb qilinishi va 
oʻz oʻrnida kredit operatsiyalarni bajarishda foiz siyosatini ishlab chiqishi va uni 
toʻgʻri yuritilishi talab etiladi. Shu oʻrinda taʻkidlash lozimki, Markaziy bank 


247 
tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati inflyatsiya darajasining 
belgilangan prognoz koʻrsatkichlar doirasida boʻlishini taʻminlash bilan birga, 
banklarning investitsion faolligiga ijobiy taʻsir koʻrsatmoqda. Markaziy bank 
tomonidan iqtisodiyotning pulga boʻlgan talabini qondirish va makroiqtisodiy 
oʻsish surʻatlarini taʻminlash maqsadida hamda inflyatsiya darajasidan kelib 
chiqqan holda qayta moliyalash stavkasi doimo oʻzgartirib borilmoqda. 
Tijorat banklari tomonidan kreditlar va depozitlar boʻyicha foiz stavkalarini 
shakllantirishda pul va moliya bozorlaridagi foiz stavkalari hisobga olinadi. Pul va 
moliya bozorlaridagi foiz stavkalari esa Markaziy bankning pul-kredit siyosati va 
boshqa bir qator omillar taʻsirida shakllanadi. Shunday qilib, respublikadagi 
barqaror makroiqtisodiy holat va yuritilayotgan qatʻi pul-kredit siyosati pul va 
moliya bozorlaridagi foiz stavkalari, jumladan, tijorat banklarining kreditlari va 
depozitlari boʻyicha foiz stavkalari dinamikasida oʻz aksini topadi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish