Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11.1. 2-rasm. Bazel andozalari boʻyicha banklarni qoʻshimcha kapitali 
tarkibini asosiy elementlari 
v) qoʻshimcha kapital (kapitalning ortiqcha qismi) — oddiy va imtiyozli 
aksiyalar bozor narxini ularni nominal qiymatidan oshib ketishi;
 
g) taqsimlanmagan foyda, shu jumladan:
- kapital zahiralar;
- avvalgi yillar taqsimlanmagan foydasi; 
- joriy yil zararlari. 
d) ozchilik aksiya egalarining birlashgan korxonalar aksiyadorlik 
hisobvaraqlaridagi ulushi. Bu ulush shoʻba korxonalari hisobvaraqlari bank 
moliyaviy hisobotlarida umumlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar
kapitalini 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi. 
ye) bankni ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng boʻlgan valyuta 
aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiyaga zahiradir.
Bazel andozalari boʻyicha banklarni qoʻshimcha kapitali 
tarkibining asosiy elementlari 
Qayta baholash zahirasi. Bunda bankka tegishli bino va inshootlar 
hamda yerni qiymatini qayta baholash natijasida yuzaga keladigan 
zahira miqdori tushuniladi 
Kreditlardan koʻriladigan zararlarni qoplashga moʻljallangan zaxiraning 
riskka tortilgan aktivlar miqdorini 1,25 foizidan oshib ketmaydigan qismi
 
Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari 
Konsolidatsiyalashgan sho
ʻ
ba korxonalarini tashkil etish maqsadiga 
yo
ʻ
naltirilgan qo
ʻ
yilmalar 


129 
Dividend stavkalari oʻzgarib turadigan imtiyozli aksiyalar I darajali 
kapital hisobiga kiritilmaydi.
II darajali kapital quyidagilardan iborat: 
a) joriy yildagi sof foyda;
b) xatarni hisobga olgan holda aktivlar summasining 1,25 foizi va hisob-
kitoblardan soʻng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdordagi umumiy 
zahira; 
v) hisob-kitoblardan soʻng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan 
miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali tavsiflarini
oʻz ichiga olgan vositalar). I darajali kapitalga kiritilmagan aralash turdagi 
majburiyatlar, jumladan, imtiyozli aksiyalar agarda ular quyidagi shartlarga
javob bersalar, II darajali kapitalga kiritilishi mumkin:
- toʻliq toʻlangan boʻlishi kerak;
- garov bilan taʻminlanmagan;
- bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari talablari 
qondirilganidan soʻng qondirilishi;
- aksiya egasini tashabbusi bilan va oldindan olingan Markaziy bank 
ruxsatisiz toʻlanishi mumkin emas; 
- bankni har qanday zararlarini qoplashi va bankni toʻlovga qobiliyatsiz 
deb eʻlon qilish huquqini bermasligi;
- agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan boʻlsa, emitent 
xohishiga koʻra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar (foizlar) 
toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar 
(foizlar)ni toʻlash muddati kechiktirilishi mumkinligi. 
g) subordinar qarz, bu bankni qarz majburiyatlari shakli boʻlib, bank
kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan soʻng I darajali kapitalni 50 
foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz toʻlash 
muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib 
borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi 
talablarga javob berishi lozim:


130 
- garov taʻminotiga ega boʻlmaslik;
- bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar boʻyicha talablar depozitorlar 
talablari qondirilganidan soʻng amalga oshirilishi;
- boshlangʻich toʻlov muddati 5 yildan ortiq boʻlishi; 
- bankni ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng boʻlgan valyuta aktivlarini 
qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya uchun zahiralar.
Oʻzbekiston tijorat banklarini birinchi darajali kapitali tarkibiga xalqaro 
Bazel andozalaridan farqli oʻlaroq, bankni ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng 
boʻlgan valyuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya 
zahirasi alohida manba sifatida eʻtirof etiladi. Shuningdek, tijorat banklarini joriy 
yildagi sof foydasi ikkinchi darajali kapitali tarkibiga kiritilgan. Maxsus zahiralar 
bank balansini kontr-aktiv hisob varaqasida aks ettirilib bank xarajatlari hisobidan
shakllantiriladi. Bazel qoʻmitasini andozalariga koʻra aktivlar boʻyicha ehtimoliy 
yoʻqotishlarni qoplash zahirasini riskka tortilgan jami aktivlar summasini 1,25 
foizga teng miqdorini II darajali bank kapitali tarkibiga kiritiladi. Devalvatsiya 
zahirasi esa, u shubhasiz bankni oʻziga tegishli boʻlgan xorijiy valyutadagi kapital 
zahira qiymatini oʻsishi natijasida yuzaga keladi, yaʻni devalvatsiya zahirasiga 
nobarqaror moliyaviy manba sifatida qarash mumkin. 
Ayni vaqtda, milliy
valyutasini kursi nobarqaror boʻlgan mamlakatlarda devalvatsiya zahirasi 
miqdorida keskin tebranish yuz bermoqda. Bu esa devalvatsiya zahirasini
nobarqaror moliyalashtirish manbaiga aylantirmoqda. Shu munosabat bilan taklif 
qilardikki, xorijiy valyutalar boʻyicha devalvatsiya zahirasini asosiy kapital
tarkibidan chiqarib qoʻshimcha kapital tarkibiga kiritish lozim.
Tijorat banklarini kapitalini samarali boshqarishga erishish iqtisodiy
islohotlar va bozor munosabatlarini samaradorligini taʻminlashda muhim oʻrin 
tutadi. Tijorat banklari kapitalini boshqarish koʻpqirrali jarayon boʻlib, ushbu 
jarayonda asosiy eʻtibor kapitalni tarkibiga qaratiladi. Quyidagi chizmada bank 
kapitalini boshqarish obyektlaridan kelib chiqib uni bank faoliyatiga taʻsirini 
koʻrish mumkin. 


131 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish