49
a)
Mijozlarning kredit toʻloviga layoqatliligini baholashning xalqaro bank
amaliyotida
keng
qoʻllanilayotgan,
takomillashgan
metodikalarini
respublikamiz banklari amaliyotiga joriy qilish;
b)
Tijorat banklarida muammoli kreditlarni ―oldindan ogohlantirish‖
tizimini
yaratish va uni takomillashtirish zarur;
c)
Hukumat kafolatlari asosida berilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan
qarzdorlikning oʻz vaqtida undirilishini taʻminlash maqsadida (Davlat
budjetida ortiqcha pul mablagʻlarining mavjud emasligini hisobga olib),
maxsus Jamgʻarma tashkil etish lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 12-sentabrdagi PQ-3270-
sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga
oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qarorida Moliya vaziriga har yilgi Davlat budjeti
shakllantirilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xalqaro
moliya
institutlariga, xorijiy va mamlakat tijorat banklariga berilgan kafolatlarga
xizmat qilish boʻyicha tegishli xarajatlar moddasida pul mablagʻlarini koʻzda tutish
vazifasi yuklandi.
3. Davlat qimmatli qogʻozlaridan ochiq bozor obyektlari sifatida foydalanish
bilan bir vaqtning oʻzida xalqaro reyting agentliklarining (Standart & Poorts,
Moods, Fitch Reytings) yuqori kredit reytingiga ega boʻlgan (kamida VV reyting
bahoga) tijorat banklari va korxonalarning qimmatli qogʻozlari (depozit
sertifikatlari, jamgʻarma sertifikatlari, obligatsiyalari) hisobidan Markaziy
bankning ochiq bozor operatsiyalarini yoʻlga qoʻyish lozim.
Buning uchun zarur shart-sharoitlarni ham yaratish lozim. Masalan, tijorat
banklarida,
Markaziy bankga, pul-kredit organi sifatida, ishonch boʻlishi lozim.
Bundan tashqari, inflyatsiya va milliy valyutaning qadrsizlanishi taʻsirida qimmatli
qogʻozlarning real qiymati pasaymasligi kerak.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan markazlashgan
diskont va lombard kreditlari berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish
hamda tijorat
banklarini Markaziy bank tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri kreditlar (overdraft, kunlik,
muddatli shakllardagi kreditlar) berish uzluksizligini taʻminlash yoʻli bilan qayta
50
moliyalash siyosatining bank tizimining likvidliligini taʻminlashdagi rolini oshirish
zarur.
Markaziy bankning overdraft kreditlari tijorat banklarining milliy valyutadagi
―Nostro‖ vakillik hisobraqamida yuzaga kelgan pul mablagʻlari yetishmasligi
muammosini hal qilish maqsadida beriladi. Kunli kreditlar esa, bir operatsion kun
davomida beriladi.
Dunyoning bir qator mamlakatlarida (Shvetsiya, Rossiya)
kunlik kreditlar
Markaziy banklar tomonidan qimmatli qogʻozlarni garovga olgan holda foizsiz
beriladi va ular milliy toʻlov tizimini qoʻllab-quvvatlash maqsadida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: