HEMIS UCHUN VAZIFA #2
MARKAZIY VA TIJORAT BANKNING XARAKTERISTIKALARI
|
MARKAZIY BANK
|
TIJORAT BANK
|
MAQSAD
|
Mamlakatdagi narx darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda to‘lov tizimining barqaror faoliyati uchun mas'ul bo‘lgan muassasadir. Buning uchun pul-kredit siyosatini olib boradi, tijorat banklar, to‘lov tashkilotlar, hamda bir necha nobank kredit tashkilotlar (MKT, lombarlardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi.
|
tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag‘larni jalb qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari – bo’sh pulga (jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi.
|
FUNKSIYALAR VA XIZMATLAR
|
An'anaga ko‘ra, markaziy bankning 4 ta asosiy vazifasi bor. Markaziy bank:
а) mamlakatning emission markazi, ya'ni banknotlar chiqarishning monopol huquqiga ega;
b) banklar banki, ya'ni kompaniya va muassasalar bilan emas, balki asosan ushbu mamlakat banklari bilan operatsiyalarni amalga oshirishi: milliy kredit tizimini zarur standartlash va professionallik darajasini saqlagan holda ularning kassa zaxiralarini qonun bilan belgilangan miqdorda saqlash, ularga kredit berish (oxirgi instansiya kreditori), nazorat qilish;
v) mamlakatning asosiy hisob-kitob markazi. Bu degani, boshqa banklar o‘rtasida o‘zaro talablari va majburiyatlarining zachyoti (kliring) asosida naqd pulsiz operatsiyalarini amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaradi;
g) pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotni tartibga soluvchi organ.
|
Birinchidan, banklar sizning mablag‘ingiz bilan samarali foydalanishni va xavfsizligini ta'minlagan holda, omonatga pulingizni qabul qilib, foiz to‘lash orqali mablag‘laringizni ko‘paytirib beradi.
Ikkinchidan, Sizga mablag‘ kerak bo‘lganda yoki zarur narsalarni sotib olish uchun jamg‘armalaringiz yetarli bo‘lmaganda, tijorat banklari sizga kreditlar taqdim etishi mumkin. Misol uchun, uy, texnika, avtomobil, mebel sotib olish, o‘qish to‘lovlari va boshqalar uchun kreditlar olishingiz mumkin.
Uchinchidan, banklarning kassalari va mobil ilovalari orqali mahsulotlarning xaridi, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, jarimalar va boshqalar uchun to‘lovlarni amalga oshirish oson.
To‘rtinchidan, naqd pulsiz mablag‘lar bilan to‘lash uchun tijorat banklarida hisobvaraq ochish mumkin. Bu, onlayn do‘konlarda amalga oshirilgan xaridlar uchun eng qulay to‘lov yo‘li hisoblanadi. Bank hisobvarag‘iga mablag‘ingizni qo‘yib, ularni xavfsizlikda saqlaysiz.
|
MIJOZLAR
|
Markaziy bank tijorat banklarining amaliyotlarini amalga oshirish, ya'ni jismoniy va yuridik shaxslarga qarz berish, ularga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, banklar kapitallari va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida ishtirok etish huquqiga ega emas.
|
Jismoniy shaxslarga
Pul o‘tkazmalari
Omonatlar
Bank kartalari
Kredit mahsulotlari
Konversion amaliyotlari
Mobil banking
Individual seyf va yacheykalar
Hisob-kitob va kassa xizmatlari
To‘lovlarni qabul qilish
Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish
Jamg‘arma sertifikatlari
Mol-mulkni ishonchli boshqarish
Yuridik shaxslarga
Kredit mahsulotlari, shu jumladan xorijiy valyutada
Lizing
Faktoring
Konversion amaliyotlari
Internet-banking
Individual seyf va yacheykalari
Hisob-kitob va kassa xizmatlari
Xorijiy kredit liniyalari
Loyihalarni moliyalashtirish
Sug‘urta tashkilotlar nomidan sug‘urta shartnomasini tuzish
Omonat sertifikatlari
Mol-mulkni ishonchli boshqarish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |