Samarqand filiali agrobiznes va logistika fakulteti agrobiznes va investitsion faoliyat yo



Download 0,68 Mb.
bet2/7
Sana10.08.2021
Hajmi0,68 Mb.
#144160
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ELEKTRON HUKUMAT TIZIMI VA UNING LOYIHALARI

Foydalanilgan adabiyotlar

  • TEST



    Mavzu: ELEKTRON HUKUMAT TIZIMI VA UNING LOYIHALARI


    Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborot –kompyuter tizimlari asrida yashayotganligimizni unutmasligimiz kerak.

    I.A.Karimov


    Elektron hukumat tizimi va uning ahamiyati
    1. Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda ItaliyaNorvegiyaSingapurAvstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) taraqqiy etishi bilan hayotimizni qulayliklar bilan boyitish maqsadida taqdim etilayotgan tejamkor va ishonchli imkoniyatlardan biri «Elektron hukumat» tizimining joriy etilishidir. Ma’lumki, «Elektron hukumat» tizimi jahon amaliyotida o‘zining afzalliklarini namoyon etib ulgurgan tizim hisoblanadi. O‘zbekistonimizda ham keng miqyosda rivojlanib borayotgan mazkur tizim mamlakatimiz davlat hokimiyati organlari, biznes sohasi, ayniqsa, fuqarolarga turli davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan axborot xizmatini taqdim etadi. Mazkur dolzarb masala haqida batafsil ma’lumotlar olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori Sherzod Habibullaxo‘jayevga savollar bilan murojaat etdik.
    «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
    — O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda markaz) «Elektron hukumat» tizimi borasida jahondagi rivojlanish odimlari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilish va tadqiq etish asosida takomillashtirish va yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan.

    Bundan tashqari, markaz davlat organlarida foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi va axborot-resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va mujassamlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan «Elektron hukumat» tizimini shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlashi, loyihalarini amalga oshirishni ta’minlovchi me’yoriy-huquqiy bazaning tashkil etilishiga yordam berishi zarur. Markazning muhim vazifalaridan yana biri davlat organlari faoliyatining funksional va operatsiya jarayonlarini tizimli asosda qayta tashkil etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq biznes jarayonlarini boshqarishning innovatsion mexanizmlarini joriy etish, takomillashtirish va optimallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashdan iboratdir. Shuni ham ta’kidlash lozimki, markaz «Elektron hukumat» tizimining samarali joriy etilishi uchun amaldagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha tahlil va takliflarni tayyorlaydi.

    Shu bilan birga, markaz tizimli monitoring o‘tkazish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holati va rivojlantirishga baho berish, jumladan, axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish samaradorligini o‘rganish, shuningdek, «Elektron hukumat» tizimi doirasida davlat organlari faoliyatiga AKT’ni joriy etishning samaradorligini baholashning reyting tizimini yuritish ishlarini olib boradi.
    Elektron hukumat”ning texnologik tamoyillari
    2. «Elektron hukumat» tizimi loyihalarini amalga oshirishda interaktiv davlat xizmatlarini taqdim etish va foydalanish samarali tayanch ko‘rsatkichlari usullarini ishlab chiqish ham markazning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Yana shuni ham ta’kidlash zarurki, O‘zbekistonda elektron hukumat tizimini joriy etish: interaktiv xizmatlar imkoniyatini taqdim etish; hokimiyat organlari hisobotlarining ochiq-oydinligi; xizmatlarga ulanishning qulayligi va individuallashtirilganligi; siyosiy jarayonlarda fuqarolar ishtirokining axborotlashganligi va natijaliligi; axborotlarning erkin almashinuvi; aholi va biznes sohasiga davlat xizmatlari ko‘rsatishni optimallashtirish; fuqarolar o‘z-o‘ziga xizmat imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish; mamlakat rahbariyatining barcha saylovlar hamda davlat boshqaruvi jarayonlarida ishtiroklari darajasini oshirish va boshqalarni yanada yaxshilashga qodir davlat boshqaruvining mukammal elektron apparatini yaratishdan iborat.

    — Markaz va mintaqaviy bo‘linmalar tashkiliy tuzilmasi va ularda faoliyat yurituvchi xodimlar tarkibi borasida to‘xtalsangiz.


    — O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimida har biri o‘z vazifalariga ega bo‘lgan, bir necha bo‘limdan tashkil topgan quyidagi yettita departament mavjud:

    Strategik rejalashtirish va prognozlash departamentining vazifalari — «Elektron hukumat» tizimini joriy etish va yanada rivojlantirish rejalarini tuzish, zamonaviy va xalqaro tendensiyalarning tayanch rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek, tizimni samarali joriy etishga ta’sir etuvchi dalillarni jamlash va tahlil etish, maxsus tadqiqotlarni tayyorlashdan iborat.

    Operatsion va funksional jarayonlarini optimallashtirish departamenti mavjud jarayonlar bo‘yicha tahlil o‘tkazish hamda davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari faoliyati jarayonlari operatsion va funksional jarayonlarini tizimli optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, «Elektron hukumat» tizimini joriy etish doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, shuningdek, interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish va foydalanishda samarali ko‘rsatkichlarni aniqlash usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

    AKT’ni joriy etish holatini tahlil etish va holatini baholash departamentining asosiy vazifalariga: davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, mintaqalarda AKT joriy etilishi holatining monitoringi, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlariga AKT joriy etilishi holatini tahlil etish va baholash kiradi.

    Elektron hukumat axborot tizimini rivojlantirish departamenti majburiyatlariga elektron hukumat arxitekturalarini va axborot tizimlari majmuasini rivojlantirish, shuningdek, axborot tizimlarida ekspertiza o‘tkazish vazifalari kiradi.

    Navbatdagi bo‘linma — Elektron hukumat axborot-resurslarini rivojlantirish departamenti — elektron hukumat ma’lumotlar bazasini markazlashtirish, idoraviy axborot-resurslari, shuningdek, interaktiv xizmatlar yagona portalini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

    Mintaqalarda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish departamenti — kompyuterlashtirish markazlarini muvofiqlashtirish va mintaqalarda foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini rivojlantirish ishlari bilan shug‘ullanadi.

    Bulardan tashqari, markaz tarkibida Ixtisoslashgan tuzilmaviy bo‘linmalar faoliyatlarini muvofiqlashtirish departamenti ham faoliyat yuritadi, uning majburiyatlariga davlat organlari va xo‘jalik boshqaruv organlari, shuningdek, mahalliy hukumat organlari maxsus bo‘linmalarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish kiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan departamentlardan tashqari, Markaz tuzilmasiga moliyaviy, xalqaro, shuningdek, boshqa bo‘lim ma’muriy xodimlari xizmatlari ham kiradi.

    Markaz xodimlari tarkibi — juda xilma-xil bo‘lib, ham ko‘p yillik tajribaga ega, ham yosh mutaxassislardan tashkil topgan. Markazni malakali xodimlar bilan to‘liq ta’minlash uchun hozirgi vaqtda 500dan ortiq nomzod-izlanuvchilar rezyume (ma’lumotnomalari) ko‘rib chiqilmoqda. Hozirgi davrda markazda 74 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ulardan, 5 nafari «Iste’dod» Respublika Prezidenti jamg‘armasi granti sohiblari, bir xodimimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasining doktorlik ilmiy darajasi izlanuvchisi, 2 nafar xodim Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti doktorlik ilmiy darajasi izlanuvchilaridir, 35 nafar xodim magistr, 36 nafari bakalavr darajasiga ega mutaxassis, 10 nafar xodim AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Germaniya, Avstraliya, Shveytsariya, Rossiya kabi xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan mutaxassislar, shuningdek, 10 nafari chet ellarda malaka oshirganlik sertifikatiga ega xodimlardir.


    Download 0,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish