Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etilayotgan “Elektron hukumat” xizmatlari va resurslariturlari, imkoniyatlari va afzalliklari
Internet tarmog‘ida my.gov.uz manzilida «yagona oyna» rejimida davlat interfaol xizmatlari Yagona portalining ishga tushirilishi ushbu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Ushbu portal 2013-yil 14-fevralda davlatimiz rahbarining Farmoniga muvofiq, «Obod turmush yili» Davlat dasturiga asosan va 2012-yil 30-dekabrda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda, Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 378-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Davlat interfaol xizmatlari yagona portali fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi ko‘prik hisoblanib, u turli xususiyatdagi hayotiy muammolarni hal etish imkonini beradi. Turli masalalar bo‘yicha tegishli davlat organlariga murojaatlar eng ommaviy xizmatlardan biri hisoblanadi. Ommaviy xizmatlardan biri turli masalalar bo‘yicha tegishli davlat organlariga murojaat etish bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda uy-joy-kommunal xizmatlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash bo‘yicha ko‘plab savollar bilan murojaat etadilar. Bugungi kunda yagona portal orqali 20tadan ortiq yo‘nalish bo‘yicha 300dan ortiq interaktiv xizmat ko‘rsatiladi. Ular orasida, jumladan, statsionar telefon aloqasi xizmatlariga ulanish va yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun internet, soliqlar bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma olish, telekommunikatsiyalar va boshqa sohalar bo‘yicha litsenziyalar olish kabi xizmatlar avtomatik rejimda taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali davlat hokimiyati organlari faoliyatining funksional jarayon va tartibini qo‘llab-quvvatlovchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining elektron hamjihatlik infratuzilmasining tizimini tashkil etuvchi qism hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalining asosiy maqsadi:
Fuqarolar va xo‘jalik sub’ektlariga hokimiyat va boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etiladigan axborot resurslari va xizmatlarining hajmini oshirishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan axborot tizimini yaratish;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali maqsadli auditoriyasini zarur muassasalar bilan o‘zaro aloqa qilish jarayonlari va imkoniyatlari to‘g‘risida, fuqarolarning majburiyatlari va huquqlarining kelib chiqishi to‘g‘risida, davlat hokimiyati organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlardan to‘liq, tezkor va foydalanishda qulayligi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruvining rasmiy pozitsiyasini aks ettiruvchi keng ko‘lamdagi axborotlar bilan ta’minlash;
Cheklangan xizmatlanishga mo‘ljallangan axborotga kiritilgan ma’lumotlardan tashqari, tegishli axborot resurslarini joylashtirish va tashkil etish yo‘li bilan fuqaro va tashkilotlarni davlat ijro hokimiyati organlarining faoliyati to‘g‘risidagi rasmiy axborotga kirishini ta’minlash;
Davlatlararo axborotlar almashinuvining intensifikatsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini oshirish va milliy iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlarni yaratish.
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalining asosiy funksiyalari:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot hamjihatligini ta’minlash;
ma’lumotlarni belgilangan formatdagi taqdimida davlat muassasalari o‘rtasida «hukumat» darajasida axborotlarni gorizontal almashinuvi;
ma’lumotlarning markazlashtirilgan bazasiga kirish asosida yagona axborot resurslaridan birgalikda foydalanish;
iqtisodiy, huquqiy, statistik, elektoral axborotlar bilan vertikal axbrot almashinuvi;
davlat-jamiyat hamjihatligini ta’minlash;
davlat-fuqaro;
davlat-iqtisodiy munosabatlar sub’ektlari;
davlat-jamoat institutlari (siyosiy, diniy, milliy, madaniy, notijorat va hkz. tashkilotlar va birlashmalar);
tashqi auditoriyaga mo‘ljallangan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ko‘psonli axborot resurslariga, idoralarning «yoyilgan» serveriga kirishning yagona nuqtasini yaratish;
davlat institutlarining faoliyati to‘g‘risida axborotlarni taqdim etish;
huquqiy axborotga kirishni ta’minlash (respublika, mintaqaviy qonunchilik, vazirlik va idoralarning me’yoriy aktlari);
davlatda «Global axborotlashgan jamiyat»ga mos munosabatlarni bunyod etish va shakllantirishga ko‘maklashish;
davlat institutlarining ishlash samaradorligini oshirish;
idoraviy va byurokratik to‘siqlarni engib o‘tishga ko‘maklashish;
davlat xizmatining obro‘si va nufuzini shirish.
Bundan tashqari, 2014-yil 25-yanvar kunidan boshlab portal orqali tadbirkorlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga o‘z murojaatlarini jo‘nata olish imkoniga ega bo‘ldilar. Yangi xizmat turli talabnomalarni ko‘rib chiqish muddatini asoslanmagan tarzda cho‘zish, kreditlar yoki yer uchastkalari ajratilishi tartibining buzilishi, xususiy tekshiruvlar va moliya-xo‘jalik faoliyatiga boshqa noqonuniy aralashuvlar, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun subyektiv omillar va byurokratik to‘siqlar kabi muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan.Shu bilan birga, interaktiv davlat xizmatlari yagona portali onlayn rejimida, «O‘zbektelekom» AK taqdim etadigan telekommunikatsiya xizmatlariga so‘mli onlayn plastik kartochkalaridan foydalanib, to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi. Yaqin vaqtlarda, «O‘zbekenergo» DAK xizmatlariga to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha servis ishga tushadi. Shuningdek, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda davlat bojlari va boshqa yig‘imlar onlayn-to‘lov masalalari qayta ishlanmoqda. Bulardan tashqari, xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, elektron hukumat sohasida ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar o‘tkazish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida axborot tizimlarini joriy etish, jumladan, «elektron ta’lim», «elektron sog‘liqni saqlash», «elektron soliq solish», «elektron bojxona» va boshqalar ko‘zda tutilgan.
— Markazning xalqaro hamkorlik sohasidagi asosiy yo‘nalishlari, kelgusi rejalaringiz haqida ham so‘zlab bersangiz.
— «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi «Elektron hukumat» axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha jamlangan ilg‘or tajribalarni o‘rganish, eng yaxshilarini o‘zi mas’ul bo‘lgan faoliyatda qo‘llash maqsadida xorijiy hamkorlari bilan xalqaro aloqalarni faol va bevosita yo‘lga qo‘ymoqda hamda rivojlantirmoqda. Bugungi kunda elektron hukumatni rivojlantirish sohasida tajriba almashish yo‘li bilan hamkorlik, tadqiqotlar, davlat boshqaruvini modernizatsiyalash jarayonlari bilimlari hamda zamonaviy usullarini o‘rganishni ko‘zda tutuvchi Davlat boshqaruvi Koreya instituti (KIPA) va Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha milliy agentlik (NIA) bilan o‘zaro hamjihatlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
Mazkur hujjatlar joriy yil aprel oyida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi davrida imzolangandi. Shuningdek, ushbu tashrif doirasida delegatsiya «O‘tish davri sharoitlarida davlat boshqaruvi islohotlari: yutuqlarning asosiy yo‘llari va metodlari» mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Shu bilan birga, davlat axborot-resurslari va tizimlarini shakllantirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash zamonaviy markazlarini yaratish bo‘yicha tajriba o‘rganish maqsadida Axborot va kompyuterlashtirishni qayta ishlash milliy agentligi (NCIA) bilan, shuningdek, jamoat transporti tizimida AKT’ni joriy etish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlarining istiqbol yo‘nalishlari masalalarini muhokama etish Seuldagi Transport nazorat-axborot markazi (Seoul TOPIS)da uchrashuvlar o‘tkazildi.
Koreyalik hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish doirasida joriy yil mart oyida Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha milliy agentlik (NIA) vakillari bilan videokonferensiya o‘tkazildi. NIA xodimlari tomonidan mamlakatda «Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo‘yicha tayanch institut sifatida tashkiliy tuzilma va o‘z rivojlanish yo‘li tajribalari haqida taqdimot o‘tkazildi. Shu bilan bir vaqtda, markaz uchun axborot texnologiyalari industriyasini rivojlantirish bo‘yicha milliy agentlik (NIPA) hamda Koreya Axborot jamiyatini rivojlantirish instituti (KISDI) kabi Koreya Respublikasi yetakchi tashkilotlari tomonidan maslahatli hamkorlikka jalb etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlik doirasida «O‘zbekiston aholisi orasida kompyuter savodxonligi darajasini oshirish tizimini yaratish va rivojlantirish» Konsepsiyasi loyihasi tayyorlandi va Qo‘mita AKT’ni strategik rivojlantirish bo‘limiga topshirildi. Konsepsiyada aholining kompyuter savodxonligini yaxlit va umumiy hajmda oshirish hamda interaktiv davlat xizmatlariga ulanishda teng sharoitlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Konsepsiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi tegishli vazirlik va idoralariga muvofiqlashtirish uchun tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, BMT rivojlanish dasturi hamkorlik mexanizmi, jumladan, «davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun Elektron hukumatni ilgari surish» loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida muvofiqlashtirish bosqichida. «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi Jahon Banki bilan hamkorlik texnik dasturi doirasida salohiyatli yo‘nalishlarni amalga oshirish, jumladan, e-Hukumat sohasida salohiyatni yaratish; e-Hukumat uchun maqbul sharoitlarni yaratish, jumladan, muvofiq siyosat va qonunlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, keng polosali aloqani kengaytirish uchun salohiyatlarni yaratish bo‘yicha o‘z takliflari va aniq tadbirlarni taqdim etdi. Bundan tashqari, Markaz faoliyatiga axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi mamlakatimiz va umuman, hukumat faoliyatiga hamda elektron hukumat tizimi rivojiga chuqur hurmat bilan yondashuvchi ko‘plab SAP, Andmevara AS, Oracle, Microsoft, ESET kabi xorijiy kompaniyalar qiziqmoqda.
Hulosa
Albatta, markaz oldida aholi manfaatlarini ko‘zda tutgan, vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beruvchi kechiktirib bo‘lmaydigan muhim vazifalar ko‘p. Davlat organlari, biznes vakillari hamda aholi o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashda o‘z vazifalarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish hamda taqdim etiladigan imkoniyatlarda mazkur «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalar markazning belgilab qo‘yilgan kelgusidagi istiqbol rejalari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |