45
ardoqlanadigan mazmundir, masalan - tinchlik, hayot, ozodlik, birdamlik,
mas’uliyat, oriyat.
Ijtimoiy guruh qadriyatlari bir guruh insonlar uchun qadrli va boshqa
bir guruh tomonidan e’tiborsiz ma’naviy boylik bo‘lib, milliylik, yoshlik
va
keksalik, oilaviy, siyosiy, hududiy oriyentirlardan iborat.
Shaxsiy qadriyatlar deb, ayni shaxsga tegishli qadriyatlarning o‘ziga
xos majmuiga aytiladi. Har bir insonning ichki dunyosida sanab o‘tilgan
qadriyatlarning hamma guruhi mavjud. Yuqorida sanalgan uch guruh
qadriyatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi shaxs va jamiyat o‘rtasidagi
muvofiqlikni belgilaydi. Agar shaxsiy qadriyatlar ro‘yxatida umuminsoniy
va guruhiy qadriyatlar yetakchi bo‘lsa, insonning jamiyatdagi o‘rni va
hayoti nihoyatda yengil va ravnaqlidir. Aks holda, inson ichki dunyosida
uchraydigan turli guruh qadriyatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik shaxsda
ichki tug‘yon va nizoni keltirib chiqaradi.
Ustanovka
– bu ibora psixologiyada inson xatti-harakatining
anglanmagan programmasi sifatida tushuniladi.
Inson doimiy bajaradigan
xatti-harakat dastavval anglanilgan holda amalga oshadi va u takrorlangani
sari beixtiyor, avtomatlashgan holatga o‘tib boradi. Aynan shunday
anglanilmagan harakat rejasi ustanovka deb ataladi. Xodimdagi maqbul
harakatlar muntazam takrorlanishi natijasida unda maqsadga muvofiq
faoliyat ustanovkasi shakllanadi. Binobarin, xodimning doimiy faoliyati va
xulqini kuzatgan holda unda qay mazmundagi ustanovkalar ustuvor
ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Piramida shaklida tasvirlangan shaxs tizimining
asosiy psixologik
mazmuni shundan iboratki, inson hayotining mazmuni bo‘lmish missiyasi
va e’tiqodi, pastki qatlamda turuvchi qadriyat va ustanovkalar asosida
shakllanadi. Qadriyat esa, o‘z navbatida, inson qadrlovchi oriyentir sifatida
ustanovkalarning rivojlanish natijasidir. Qatlamlar o‘rtasidagi bunday
bog‘liqlik inson faoliyatiga ma’lum ma’no kiritadi va hatto inson ichki
dunyosini bir butun, yaxlit tarzda tushunish imkonini beradi. Gap
shundaki, komil insonning hayotidagi hamma qatlamlar bir-biri bilan
uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi. Demak,
uning qilayotgan ishlari
qadriyatlariga mos keladi, e’tiqodiga va hayotidagi asosiy maqsadi
bo‘lmish missiyasiga qarshi chiqmaydi.
Rahbar o‘z xodimini sinchkovlik bilan kuzatishi orqali, uning
shaxsidagi qatlamlar o‘rtasida uyg‘unlik yoki ziddiyatni ilg‘ashi mumkin.
Rahbarning bunday nazarga ega bo‘lishini yana bir sharti - xodim
ruhiyatidagi qatlamlar ziddiyatiga tashkilot
miqyosida shakllangan muhit
ham sabab bo‘ladi. Demak, tashkilotda shakllangan normalar nosog‘lom
46
bo‘lsa, xodim nosamimiy harakatlarga yo‘l qo‘yadi va u o‘z e’tiqodi va
qadriyatlariga zid chiqishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan shaxs strukturasiga asoslangan holda zamonaviy
rahbarni tavsiflar ekanmiz, unga xos bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy jihatlar
haqida ham gapirib o‘tish lozim bo‘ladi. Aynan shu jihatlar insonning
missiya va e’tiqod qatlamlarida mujassamlashgan holda samarali
rahbarning negizini tashkil etadi. Rahbar e’tiqodining, yetakchi
qadriyatining jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy-siyosiy
vazifalar bilan
uyg‘unlashganligi, uning faoliyati samarasini belgilaydi. Shuning uchun
boshqaruv lavozimiga kadrlarni qo‘yish hamda rahbar kadrlarni baholash
jarayonida e’tiqod sohalarini birlamchi deb qabul qilinsa va bu mezonga
asosiy e’tibor qaratilsa, o‘rinli bo‘lardi. Demak, davr talabi bilan,
rahbarning siyosiy boshqaruvga qobiliyati dolzarb masalaga aylanadi.
Albatta,
bunday
qobiliyat
rahbarning
ma’muriy-xo‘jalik
majburiyatidan bir oz chetlanish deb o‘ylanishi mumkin. Lekin,
mamlakatimizning
hozirgi
rivojlanish
bosqichi,
xo‘jaligimizning
umumjahon iqtisodiyoti
bilan integrasiyasi, investisiyalar sohasidagi
hamkorlik masalasi zamonaviy rahbarni xo‘jalik muammolari doirasida
cheklanib qolmay, balki atrofdagi voqyealarni kengroq idrok etishini talab
qiladi. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy rahbar nafaqat tashkilotni iqtisodiy
cho‘qqiga yetaklovchi shaxs, balki, targ‘ib etilayotgan davlat siyosatini
mehnat jamoasi ongiga yetkazuvchi faol hamdir.
Yuqoridagi matndan quyidagi fikrlar kelib chiqadi: rahbarlarni
tayyorlash va malakasini oshirish mobaynida iloji boricha shaxsning o‘z-
o‘zini
anglashi, o‘z e’tiqodi va qadriyatlarini hayoti davomida aniq
ifodalash choralari haqida bilim va ko‘nikmalar shakllantirish lozim.
Axir, aynan, ichki poklik, samimiylik va inson tabiatining yaxlitligi
o‘zgaga ta’sir etishdagi asosiy kuch sifatida maydonga chiqadi. Rahbarni
tayyorlash, uning malakasini oshirish bilan bog‘liq har qanday tadbir oxir-
oqibatda rahbar shaxsi, uning boshqaruv mahoratini takomillashtirish,
o‘zgalarga ta’sir etish ko‘lamini kuchaytirish maqsadini qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: