Samarqand davlat universiteti voris ahrorov menejment va marketing


Itoatidagi xodimlarda mehnat malakasini shakllantira



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/77
Sana18.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#824573
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
33e6251e383d2a7e3c37cb88db94a0bb MENEJMENT VA MARKETING PSIXOLOGIYASI

10. Itoatidagi xodimlarda mehnat malakasini shakllantira 
olmaslik.
Har bir rahbar vaqti-vaqti bilan ustoz sifatida xodimga ish 
xususiyatini o‘rgatadi. Xodimning kasbiy qobiliyatini rivojlantira 
olmaydigan rahbar, o‘z jamoasi mehnatini yuksak darajaga olib 
chiqolmaydi. Bu holda xodim o‘z mehnati natijasi haqida rahbardan hyech 
qanday fikr eshitmaydi, rahbarning bahosi va tavsiyasi rasmiy tus oladi. 
11. Jamoa tashkil etishdagi sust qobiliyat.
Maqsadga erishish 
uchun rahbar, xodimlar bilan birlashishi va ularning malakasidan 
foydalanishi lozim. Ishchi guruhi malakali va unumli jamoaga aylanmasa, 
rahbar mehnati qiyin kechadi va faoliyati ham unumsiz bo‘ladi. Bunday 
jamoalarda unumli mehnat mexanizmlari shakllanmaydi va nosog‘lom 
muhit hukm suradi. 
4. Liderlik va boshqaruv. 
Lider so‘zining izohiga oid. Umuman olganda adabiyotda «lider» 
so‘zini «yetakchi» atamasi bilan almashtirish hollari ko‘p uchraydi.
O‘ylashimizcha, «yetakchi» atamasi «lider»ga xos bo‘lgan 
psixologik tavsifni to‘la ifodalay olmaydi. «Yetakchi» so‘zi guruhga 
munosabat sifatida, uning a’zolariga ta’sir o‘tkazuvchi va maqsadga 
yetaklovchi shaxsga nisbatan ishlatiladi. Yetakchilik guruh tarkibini, 
undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali aniqlanadigan shaxs 
holatidir. Lekin liderga xos bo‘lgan fazilatni ifodalovchi yana qator jihatlar 
borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday 
talqinda liderga xos bo‘lgan asosiy jihatlardan yana biri – shaxsning 
vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish 


49 
zarurati tug‘iladi. Biron-bir muammoli vaziyatda paydo bo‘lgan 
qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik va mohirlik liderga xos 
fazilatlardir. Muammoni yechish bilan bog‘liq qiyin vaziyatda lider 
boshqalarga nisbatan o‘zining ilg‘orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi. 
Fikrimizcha, o‘zbek tilida aynan shu ikki ibora – «peshqadam» va 
«yetakchi» so‘zlari majmuasi lider mohiyatini to‘la ifodalashi mumkin. 
Nazarimizda, «Yetakchi» so‘zi shaxsning guruhni yetaklashga, 
boshchilik qilishga bo‘lgan ishtiyoqi mavjudligidan kelib chiqadi. 
«Peshqadam» iborasi esa ma’lum fazilatlarga ega bo‘lgan shaxs ketidan 
guruhning ergashishini, jamoaning o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zi ishongan odam 
borayotgan yo‘lni tanlashini anglatadi. Aynan shu xolat «lider» iborasiga 
nisbatan ham ishlatilishi zarur. Liderning bu xususiyati uning hissiy 
jozibadorligida, o‘zgalarni o‘ziga jalb etish fazilatida namoyon bo‘ladi. 
Shunday qilib, «lider» so‘zini faqat «yetakchi» atamasi bilan 
almashtirish liderlik holatining psixologik talqinini tor doiraga kiritib 
qo‘yadi. Ushbu mulohazadan kelib chiqqan holda qo‘llanmamiz matnida 
«lider» so‘zidan foydalanishni ma’qul deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, 
«lider» so‘zidagi izohiy ma’noni anglab olish o‘zbek kitobxoni uchun 
tanish holdir.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish