91
inqilobni ikki bosqichga bo`lish mumkin bo`lib, ular predmeti va uslubi bilan bir -
biridan farq qiladi.
Marjinalistik inqilobning birinchi davri XIX asrning 70-80-yillarning
o`rtasiga to`g`ri keladi. Albatta, Shuni e`tiborga olish kerakki, birinchi bosqich
g`oyalari tarafdorlari bo`lgan iqtisodchilar, keyingi davrlarda ham yashab faoliyat
yuritishgan. yuqorida aytib o`tilganidek, birinchi bosqichning asosiy
nazariyachilari Avstriyalik olim K.Menger, ingliz olimi U.S. Jevens va frantsuz
olimi L. Val`ras kirgan. Ulardan hayoti davrida faqatgina Menger mashhurlikka
erishib, uning shogirdlari va tarafdorlari Avstriya maktabi tushunchasi ostida
birlashishgan.
Birinchi bosqich marjinalistlari, boshlang`ich toifa sifatida tannarx g`oyasini
saqlab qolishgan bo`lsada, tannarx nazariyasining o`zini o`zgartirishdi. Endilikda,
tannarx, mumtoz siyosiy iqtisodda takidlangan, tovar ishlab chiqarishga sarflangan
xarajatlar
bilan emas, tovarning maksimal foydalilik darajasi bilan belgilangan.
Demakki, tadqiqot predmeti o`zgargan.
Agar, iqtisodning boshlang`ich asosiy sohasi sifatida ishlab chiqarish (taklif)
qabul qilingan bo`lsa, keyinchalik iste`molchilik sohasi (talab) qabul qilingan.
Foydalilik sub`ektiv tushuncha bo`lganligi sababli, Yangi nazariy yo`nalish
boshlang`ich davrlarda sub`ektiv yo`nalish deb ataldi.
Tannarx asosida predmetning foydalilik darajasi yotadi degan g`oya o`z-
o`zidan Yangi emas edi, u vaqt - vaqti bilan XVIII asrdan boshlab iqtisodiy fikrda
keyingi davrlarda ham yuzaga kelgan edi. Tannarxga kam uchrash omili ham ta`sir
etishi haqidagi g`oya ham tilga olingan, ammo bu ikki g`oyaning maksimal
foydalilik tushunchasiga birlashishi Yangicha qarashni yaratdi. Maksimal
(marjinal) kattaliklar tadqiqoti, Yangicha nazariy yo`nalishning farqli o`ziga
xosligiga aylanib, uning nomini asosi sifatida qabul qilindi. Maksimal kattalik,
hodisaning mohiyatini emas, mo„ayyan hodisa kattaligining boshqa kattalik
o`zgarishi sababli o`zgarishini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda,
marjinalizm
iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etgan.
Iqtisodiy o`zgarishlar (jarayonlar) marjinalistlar tomonidan matematik
ravishda modellashtirilib, differentsial tenglamalar (muvofiq grafiklar) asosida
o`rganilgan. Differentsial tenglama, mustaqil o`zgaruvchan kattalikni, uning
funktsiyasini (ya`ni bog`liq o`zgaruvchanlikni), hamda ishlab chiqarish
funktsiyasini (uning o`zgarish tezligini) o`zaro bog`lagan. Bunday modellashtirish,
iqtisodiy hodisalar optimal kattaligini topish uchun qo`llanilgan. «Optimum» bu
funktsiyaning, uning oqibati nol`ga teng bo`lgan ekstremal mazmunini bildiradi
(maksimal yoki minimal).
Marjinalistik uslub matematik
tilda shakllantirilishi bilan, - deb yozgan edi
amerikalik iqtisodiy fikr tarixchisi B. Seligmen, - xo`jalik faoliyati mazmunini
92
maksimizatsiyasi muammosini tavsiflash imkoniyati yuzaga kelib, foydalalik,
narx, daromad, ishlab chiqarish hajmlari, daromad va xarajatlar minimizatsiyasi
uchun muhim bo`lib qoldi.
Modellashtirish istalgan boshqa nazariyadan ko`proq ravishda real hodisa
yoki jarayon soddalashtirilishini ko`zda tutadi. Istalgan model` – «boshqa teng
sharoitlarda» tushunchasini tarkibiga oladi.
Iqtisodiyotning matematik
modellashtirilishi bilan Shug`ullangan holda, marjinalistlar soddalashtirishni
qo`llab, bunda sof iqtisodiyotnigina tadqiq etishdi, ya`ni ijtimoiy hodisalardan
tashqari bo`lgan iqtisodiyotni. Mazkur atama L. Val`ras qalamiga mansub bo`lgan
« Sof siyosiy iqtisod elementlari» (1874) asarida ham tilga olingan edi.
Keyinchalik mazkur yondashuv siyosiy iqtisod atamasining iqtisodiyot
(ekonomika, ekonomiks (ingliz)) atamasiga almashtirilishiga ta`sir etdi, Chunki
mumtoz siyosiy iqtisodiyotga bag`ishlangan mavzu doirasida aytib o`tilganidek,
siyosiy so`zi Yunoncha «polis» (jamiyat, davlat) atamasidan olinib, siyosiy
iqtisodiyot atamasi jamoatchilik (ijtimoiy) iqtisodiyoti ma`nosini belgilaydi.
Xususan, U.S. Djevons o`z kitobini «Siyosiy iqtisod nazariyasi» (1871) deb atagan
bo`lsa, keyingi asarini «Iqtisodiyot printsiplari» deb atadi. Nazariyaning Yangicha
nomlanishining oxirgi varianti marjinalistik inqilobning ikkinchi bosqichida qabul
qilindi. Marjinalistik inqilobning ikkinchi bosqichi XIX asrning 80-90-yillari
o`rtasiga to`g`ri keladi. Mazkur nazariyaning asoschilari ingliz olimi A. Marshall,
amerikalik olim D.B. Klark, va italiyalik olim V. Paretolar edi. Ular tannarx,
hamda boshlang`ich toifa printsipidan voz kechib, iqtisodiy aloqalarning natijaviy
talqinini funktsional talqin bilan almashtirishdi.
Natijada, ular tannarxning ikki
nazariyasini (ishlab chiqarish xarajatlari, hamda foydalilik darajasidan kelib
chiqgan holda belgilanishi) birlashtirib, bir vaqtning o`zida tannarx tushunchasidan
voz kechib, faqatgina narx tushunchasini qoldirishdi, hamda narx deb talab va
taklifga bog`liq tenglik darajasi deb belgilab berishdi. «Biz narx predmetning
foydaliligi, yoki predmetning ishlab chiqarish xarajatlari bilan boshqarilishi
haqidagi munozaralarga teng ravishda munosabat bildirishimiz mumkin edi, ammo
bir varaq qog`ozni bir vaqtning o`zida, qaychining har - ikkala kesuvchi qismi
kesishini unutib qoldirayapmiz» - deb yozgan edi A. Marshall.
«Endilikda
aytish mumkinki, - deb ta`kidlagan edi, ikkinchi bosqich
namoyandasi V. Pareto, - istalgan iqtisodchi tannarx sababini qidirar ekan, tenglik
sintetik hodisasini to`liq tushunmasligini aniqlaydi».
Endilikda, tizimni belgilovchi printsip, tannarx tushunchasiga ega daraxt
ko`rinishidagi sabab - natijaviy aloqalar ketma - ketlikda birlashtirilgan iqtisodiy
hodisani tadqiq etuvchi boshlang`ich toifa printsipi emas, boshiga ham, oxiriga
ham ega bo`lmagan o`zaro bog`liq tizim sifatidagi iqtisodiyot tushunchasini ilgari
suruvchi tenglik printsipi faoliyat yurita boshladi. Xalq xo`jaligi darajasida
93
iqtisodiy
tenglikning umumiy, hamda bir tovarning bozor darajasidagi iqtisodiy
tengligini tadqiq etuvchi xususiy iqtisodiy tengliklar ajratiladi. Albatta, tenglik
tushunchasi iqtisodiyot fanida Yangi emas edi. Xususan, mumtoz siyosiy iqtisodda
talab va tannarx tadqiqotida talab va taklif tushunchasi mavjud edi, ammo bu erda
u ikkilamchi bo`ldi, Chunki narx tushunchasining tannarx tushunchasiga nisbatan
farqlari namoyon bo`ldi.
Agarda tovar, bozorga haqiqiy talabni qondirish uchun etarli miqdorda olib
kelinadigan bo`lsa, deb yozgan edi Smit, bozor narxi, uning tabiiy narxi bilan teng
bo`ladi. Marjinalistik nazariyasida esa, tenglik tushunchasi, asosiy tushunchaga
aylandi.
Marjinalistik inqilobning ikkinchi bosqichida, tadqiqot predmeti ham
o`zgardi. Sabab – natijaviy
yondashuvidan voz kechish, iqtisodiyotning
boshlang`ich va asosiy sohasidan ham voz kechish bilan barobar edi. Endilikda,
tadqiqot predmeti sifatida iqtisodiyotni birinchi o`ringa ko`tarish edi. Ishlab
chiqarish sohasi endilikda, tadqiqot predmetiga aylanganligi sababli (iste`mol
sohasi bilan bir qatorda), ikkinchi bosqich marjinalistlari neomumtozlar nomini
olishdi. Bunda ular, marjinalistik g`oyalarga sodiq qolishib, maksimal kattaliklarni
nafaqat talab muammolariga nisbatan, balki taklif muammolariga nisbatan ham
qo`llasha boshlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: