9.2. Yangi tarixiy maktab iqtisodiy kontseptsiyalari
Mazkur maktab XIX asrning 70- yillariga kelib shakllangan, va yangi tarixiy
maktab nomini olgan. Uning tarkibiga oldingiga nisbatan ko`proq olimlar kirib,
uning boshida Gustav Shmoller (1839-1917) turgan. yuqorida aytib o`tilganidek, u
Avstriya maktabi asoschisi K.Menger bilan metodologik munozaralarni yuritgan.
Mazkur munozara davomida Shmoller, abstrakt uslubini to`liq inkor etib, bu
uslubni, u izolyatsiya uslubi deb atagan. Shu bilan birgalikda, u o`z tarafdorlari
bo`lmish Rosher va Xil`debrandni ham tanqid etib, ular umumiy tarix nazariy
natijalariga juda ham ko`p e`tibor berishliklarida ayblagan. Shmoller, barcha
iqtisodiy qonuniyatlarni inkor etib, faqatgina jamoatchilik tizimi barcha elementlari
yagonaligi va tengligini ta`kidlagan. Uning ta`kidlashicha, xalq xo`jaligi,
jamoatchilik hayotining bir qismi, ijtimoiy tananing tomonidir va faqatgina boshqa
ijtimoiy hodisalar bilan bir qatorda qabul qilinishi lozim. Buning natijasida, - deb
yozgan edi yirik iqtisodiy fikr tarixchisi E. Shumpeter, - inson motivatsiyalari
paydo bo`lgan barcha tarixiy komplekslari iqtisodiyot kabi to`la ravishda
o`rganilishi lozim. Bunday yondashuvda Shumpeter ham ijobiy, ham salbiy
tomonlarni ko`rgan. Garchi bunday tadqiqotlar, - deb yozgan edi u, - alohida
teoremalar yaratish imkoniyatini bermasada, ular muvofiq ravishda tayyorlangan
ongda turli fikrlarni uyg`otib, bu fikrlar ham aniq qadriyatlarga ega bo`lishi
mumkin. Ular, aniq assotsiatsiyalar asosiga aylanib, o`ziga xos, yoki ijtimoiy -
iqtisodiy jarayonlar tushunilishini ta`minlashi, tarixiy perspektiva hissini
uyg`otishi, yoki zarur bo`lsa, belgilash imkoniyati bo`lmagan, yoki qiyin bo`lgan
narsalar orasidagi organik, o`ziga bog`liqlikni aniqlashi mumkin.
Ammo, Shmoller maktabining yosh namoyandalari orasida, tarixiy
qonuniyat g`oyalariga nisbatan qaytish kuzatilgan edi. Masalan Karl Byuxer
(1847-1930), o`zining «Xalq xo`jaligi yuzaga kelishi» asarida (1893),
iqtisodiyotning uzoq muddatli xo`jalik aloqalari sifatida rivojlanishining uch
bosqichini ajratadi: ya`ni yopiq uy xo`jaligi va shahar xo`jaligi. Bunda mahalliy
bozor hajmidagi xo`jalik aloqalari zarur (ya`ni shahar va qishloq orasidagi aloqa
sifatida) va xalq xo`jaligi, bunda tovarlar qator xo`jalik sub`ektlari qo`lidan o`tib,
keyingina iste`molchi qo`liga etib keladi.Shmollerning o`zi ham, o`zining «Xalq
xo`jaligi haqida umumiy ta`lim ocherki» nomli (1900-1904) yakuniy asarida to`liq
empirizm g`oyalariga yondashgan.
85
Yangi tarixiy maktab, yagona Germaniya davlati shakllanishi davrida
rivojlanib, mazkur davlat 1871 yilda yuzaga kelganligi sababli, hukumatning
iqtisodiyotdagi roli masalasi uning tadqiqotlarida katta o`rin egallaydi. Mazkur
masala bilan ayniqsa G. Shmoller va Lui Brentano faol shug`ullanishgan (1874-
1931). Yangi tarixiy maktab namoyandalari tomonidan “hukumat sotsializmi”
nazariyasi ilgari surilgan (ommaviy axborot vositalarida u kadeter sotsializm
nomini olib, rus tiliga professor sotsializmi deb tarjima qilinadi, zero kateder nemis
tilidan kafedra ma`nosini bildirib, bu ma`noda professorlarning kafedra doirasida
faoliyat yuritishi ko`zda tutilgan). Hukumat sotsializmi, iqtisodiy liberalizm va
marksistik sotsializm kontseptsiyalari orasidagi uchinchi yo`l sifatida talqin
qilingan. Hukumat sotsializmi tarafdorlaridan biri A.Gel`t yozishicha, murakkab
konservatizm va ijtimoiy inqiloblarga, u qadamba-qadam ilgarilab borilayotgan
ijobiy isloxotlarni qarshi qo`ygan. Bunda so`z, asosan, barchaga birdek huquqlarni
ta`minlab beruvchi qonunlar ishlab chiqarilishiga qaratilib, bunday huquqiy
ta`minot birinchi navbatda jamiyatning quyi tabaqa vakillariga ta`minlab berilishi
lozim edi (mehnat qonunchiligi). Shu bilan asosidan kasaba uyushmasi harakati
rivojlanib, uning asosida ijtimoiy sug`urta tizimi, kooperatsiyani rivojlanishi yuz
berdi (iste`mol ishlab chiqarish kredit kooperatsiyalari), umumiy boshlang`ich
ta`lim esa, qonun darajasiga ko`tarildi. Hukumat sotsializmi nazariyasining
umumlashtirish maqsadi esa, sinfiy tinchlik va iqtisodiyotning samarali rivojlanishi
ilgari surilgan. Shunga o`xshash g`oyalar, ikkinchi jahon urushidan keyingi
yillarida Germaniyada rivojlantirilgan ijtimoiy bozor xo`jaligi kontseptsiyasida
ham mujassamlashgan edi. Amalda esa, hukumat sotsializmi g`oyalarini 1872
yilda yaratilgan yangi ijtimoiy maktab namoyandalari tomonidan ilgari surilgan
ijtimoiy siyosat ittifoqi ishlab chiqgan. Mazkur ittifoq doirasida, olimlar,
siyosatchilar va tadbirkorlar birlashgan holda, barcha ijtimoiy keskinliklar
faqatgina reformalar yo`li bilan hal etilishi lozimligi g`oyasi ilgari surilgan. Shu
bilan birgalikda, ittifoq, mo„ayyan masalalarni ko`tarar, va ularni tadqiq etish
uchun grantlar ajratgan holda, tadqiqotchilar natijalarini hukumat organlari va
ommaviy axborot vositalariga etkazgan.
Tarixiy maktab kontseptsiyalaridan farqli o`laroq, keyingi bosqich, eng
Yangi tarixiy maktab namoyandalari, asosan XX asrning 60-yillaridan keyin
rivojlanib, asosiy e`tiborni abstraktsiyalarga qaratgan holda, uni tarixiy yondashuv
bilan bog`lashga harakat qilishgan. Ularning nazariyalari, o`sha davrlarda keng
rivojlanib borayotgan sotsiologiya bilan bog`liq edi. Bundan tashqari, o`sha
davrlarda mashhur bo`lgan faylasuflar V. Vindel`bandt, G. Richard va V.Dil`tey
ta`siri ostida ular, iqtisodiyot fanini tushunuvchilar sinfiga kiritishgan (masalan
Dil`tey yozganidek, - biz tabiat fenomenlarini tushuntiramiz va madaniyat
86
fenomenlarini tushunamiz). Iqtisodiyot faniga nisbatan bunday yondashuv nazariy
va empirik nazariyalariga qarama-qarshi nazariya sifatida qabul qilingan.
Mazkur maktabning eng yorqin namoyandasi Verner Zombart edi (1863-
1941), uning eng yorqin fundamental asari «Zamonaviy kapitalizm» deb
nomlanadi. Mazkur asar doirasida, muallif iqtisodiyot rivojlanishini tadqiq etgan
holda kapitalizmdan oldingi bosqichni ajratib, uni erta rivojlangan va kechki
kapitalizm bosqichlariga bo`lgan, va bu jarayon boshlanishi, birinchi jahon urushi
yillariga to`g`ri kelishini ta`kidlagan. Bundan tashqari, Zombart, keyingi bosqich
prognozlarini ham «Kapitalizm kelajagi» (1932) nomli asarida keltirib o`tgan.
Mazkur bosqichni muallif “tashkiliy kapitalizm” deb atab, uning asosiy
xususiyatlari sifatida, iqtisodiyotning hukumat tomonidan nazorat etilishi va
xususiy, jamoatchilik (korporativ) va hukumat mulklarini ajratgan.
Zombart, iqtisodiy tizim nazariy tushunchasini ishlab chiqarilishiga kiritib,
bu tushuncha ostida u hayot xilma - xilligini tarixan ta`minlab beruvchi mantiqiy
yagonalikka yo`naltirilgan xo`jalik tizimi tushunchasi haqida fikr yuritishgan. 1925
yilda, u “xo`jalik hayoti” tartibi nomli asarini nashr etib, unda iqtisodiy tizim
tavsifini berib o`tgan, va bu tizimni uch qismga bo`lgan: ya`ni ruhiy (iqtisodiy,
ruh, an`analar) shakl (iqtisodiy tashkiliylik) va boshqaruv, uslubiy (ishlab -
chiqarish va muomila davomida qo`llaniladigan texnika) va har - bir qismni
mazmuniy jihatdan ochib bergan. Zombartning yozishicha, - har - bir tizimni aniq
tarixiy material bilan to`yintirgan holda, istalgan tarixiy va hududiy belgilangan
iqtisodiyot qiyosiy tahlilini yaratish mumkin deb ta`kidlagan.
Eng yangi tarix maktabining yorqin namoyandalaridan yana biri mashhur
sotsiolog Maks Veber bo`ldi (1864-1920). Zombartdan farqli o`laroq, Veberning
mashhurligi XX asr davomida o`sib bordi. Uning asarlari orasida «Kapitalizm ruhi
va protestantlik etikasi» (1905), «Jahon dinlari xo`jalik etikasi» (1916-1919) va
«Iqtisodiyot va jamiyat» (1920) asarlarini tilga olish mumkin.
Veber ijtimoiy faoliyatning to`rt turini ajratgan: ya`ni butun ratsional, qadriy
ratsional, samarali va an`anaviy. Bular orasida, mumtoz siyosiy iqtisod va
marjinalizm ruhida ratsional faqatgina birinchi turdagi faoliyatlar bo`lib, qadriy
ratsional harakatlar inson mo„ayyan ma`naviy qadriyatlarga ega bo`lganligida
amalga oshirilishi, affektiv (hissiy) va an`anaviy harakatlar esa mantiq bilan
bog`liq emasligi, ya`ni noratsional ekanligi ta`kidlangan. Veber tomonidan ijtimoiy
munosabatlar tadqiqoti uchun qo`llanilgan yana bir toifa ideal tur tushunchasidir.
Bir tomondan, bu ijtimoiy munosabatlar tizimi abstrakt nazariy modeli bo`lib,
boshqa tomondan ideal tur tarixiy tavsifga ham egadir.
Xuddi Zombart kabi, Veber ham kapitalizmni tadqiq etib, uning fikricha,
kapitalizm daromad olish istagiga asoslangan xo`jalik faoliyatidir. Shu bilan
birgalikda, Veber fikricha, kapitalizm aniq tarixiy tavsifga ham ega. Sof iqtisodiy
87
aspektda, - deb yozgan edi u, - madaniyatning tarixiy asosi butunjahon
muammosidir. Kapitalistik faoliyat emas, turli mamlakatlarda, va turli davrlarda
o`zgariuvchan formadir, kapitalizm o`z turi asosida ham avantyuristik, ham savdo,
ham urushga yo`naltirilgan, ham siyosiy, ham boshqaruv va daromad olish istagi
bilan bog`lanishi mumkin. Bizni esa faqatgina burjua sanoat kapitalizmi yuzaga
kelishi qiziqtiradi.
Veberning fikricha, oxirgi holat, to`liq ravishda ratsionaldir, unda xo`jalik
ratsional yuritilishi, ratsional hukumat boshqaruvi, ratsional huquq, madaniyat, din
va fan birlashgan. Shu bilan birgalikda, Veber fikricha mazkur ideal tur, aniq
vaqtda, aniq joyda shakllangan, ya`ni XVI-XVII asrlar davomida Shimoli -
G`arbiy Evropada. Mazkur tur ruhi paydo bo`lishi asosiy omillaridan biri,
protestantlik dini bo`lib, ayniqsa uning Kal`vinistik varianti kapitalizm
rivojlanishiga katta hissa qo`shgan. Protestantizm birinchidan, shaxs mustaqilligi
uchun, uning to`g`ridan-to`g`ri cherkov ierarxiyasidan qat`iy nazar xudo bilan
muloqotga kirishish huquqini, ikkinchidan esa, rohiblikdan voz kechgan ravishda
faol dunyoviy faoliyat, uchinchidan esa, boylikni sarflash emas, uni investitsiya
etishni ko`zda tutuvchi boy shaxsning sodda hayoti hisobiga boylik orttirish
tarafdori bo`lgan. Veberning fikricha mazkur diniy etika, ishbilarmonlik sohasiga
transformatsiya etilib, buning natijasida, Evropa tadbirkorlari mehnatkash, rostgo`y
va asketizm tarafdorlari sifatida shakllanishgan.
Birinchi navbatda fuqarolar erkinligiga asoslangan ratsional - siyosiy tizim
uchun, O`rta Asr Evropa shaharlari boshqarish tizimi asos bo`lgan. Ratsional
boshqarish Veberda byurokratiya nomini olgan (mazkur so`zning ijobiy
ma`nosida) va shaxs siyosiy va iqtisodiy erkinliklarini himoya etuvchi tashkilot va
qonunlar tizimini yaratgan. Nihoyat, ratsional fan, o`z tadqiqotlarining amaliyotga
tadbiq etish maqsadini o`z oldiga qo`ygan holda, texnikani yaratilishi, hamda
Evropa sanoat asosini shakllantirishni maqsad qilib olgan. Veberning zamonaviy
kapitalizmni shakllanishi haqidagi mazkur nazariyasi, hanuz qiziqish va
munozaralarni keltirib chiqarmoqda.
Eng yangi tarixiy maktab namoyandasi bo`lmish Artur Shpitxoff (1873-
1957), Germaniya iqtisodiy kon`yunkturasining yirik namoyandalaridan biri edi.
Shu bilan birgalikda, umumiy ravishda, ko`pchilik institutsionalizm namoyandalari
uchun xos bo`lgan iqtisodiyotning doimiy o`zgaruvchanligi haqidagi nazariyani
ilgari surgan. Bundan tashqari, uning tomonidan, nafaqat har - bir milliy
iqtisodiyotni, balki uning rivojlanishining har - bir bosqichini ham alohida
iqtisodiy nazariya tomonidan tadqiq etish lozimligi haqidagi g`oyalar ilgari
surilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |