8.3. Rossiyada mumtoz siyosiy iqtisodiyot
Rossiyada mumtoz siyosiy iqtisodni o`rganishdan oldin, Shunga e`tibor berish
kerakki, yuqorida ko`rib chiqilgan, K. Marksdan tashqari, barcha mumtoz siyosiy
iqtisod nazariyachilari asosan inglizlar va frantsuzlar bo`lgan. Bu birinchi navbatda
Angliya va Frantsiyaning iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanishdagi ilg`orligi
bilan bog`liq. AQSH va qator Evropa davlatlari uchun Angliya va Frantsiyadan
kirib kelayotgan nazariyalarning interpretatsiya etilishi xos bo`lib, bu holat ularda
mavjud bo`lgan iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlarga muvofiq yuz berar edi. Mazkur
davlatlar qatorida Rossiyani ham tilga olish mumkin. Nima bo`lganida ham, o`sha
davrdagi iqtisodiy fanga alohida original g`oyalarni rus olimlari ham ilgari
surishgan edi. Mumtoz siyosiy iqtisod Rossiyaga XVIII asrning II yarmida kirib
kela boshladi. Mazkur yo`nalishning rasmiy ravishda tan olinishi va
universitetlarda o`qi tila boshlanishi g`arbiy Evropadagi kabi XIX asrdan
boshlandi. Shu bilan birgalikda, o`zining siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi bo`yicha
Rossiya g`arbdan qoloqroq.
Shu sababli XVIII asrning ikkinchi XIX asrning birinchi yarmida Rossiya
iqtisodiy fikri o`ziga xosliklarga ega edi. U ikki yo`nalishda rivojlana bordi.
76
Masalan, akademik universitet iqtisodiy fani G`arbiy Evropa bilan keng qamrovli
munosabatlarda bo`lib, umumjahon mumtoz siyosiy iqtisod an`analari tarafdori
bo`lib, Rossiyada hali mavjud bo`lmagan sanoat kapitalizmiga mos edi. Rossiya
iqtisodiy fikrining amaliy yo`nalishi esa, mumtoz siyosiy iqtisod masalalarini ya`ni
kredit, moliya, tashqi va ichki savdo, davlatning iqtisodiyotdagi roli, hamda
dvoryanlar, savdogarlar, dehqonlar va rus jamiyati boshqa ijtimoiy tabaqalarining
xo`jalik huquqlari masalalarini tadqiq etar edi.
Mazkur boboda, Rossiyada mumtoz siyosiy iqtisod nazariy yo`nalishlari
rivojlanishining asosiy bosqichlarigina ko`rib chiqiladi.
Rossiyada keng tarqalgan mumtoz siyosiy iqtisod birinchi nazariyasi
fiziokratlar nazariyasi bo`lib, uni Rossiyaga, Rossiyaning Frantsiyadagi elchisi
Dmitriy Golitsin (1734-1803) olib keldi.
1765 yilda Ekaterina II tashabbusi bilan Parijdagi iqtisodchilar klubiga
o`xshash «Erkin iqtisodchilar jamiyati» yaratilib, bu jamiyat 1917 yilgacha amal
qilgan. Shu bilan birgalikda, fiziokratlarning nazariy fikrlari, Rossiyada katta
e`tibor qozona olmadi. Erkin iqtisodchilar jamiyati faoliyatining boshlang`ich
davrlarida, asosan qishloq xo`jaligining asosan amaliy masalalari bilan
Shug`ullanar edi.
Ammo 1980 yillarning oxirida, iqtisodiy fanlar tarixi muhim kashfiyot
bo`ldi. Ma`lumki F.Kenening iqtisodiy jadvali sohalararo balansi nazariyasida
birinchi qadam bo`lib xizmat qilgan. Faqatgina yuz yildan keyin Marks ijtimoiy
ishlab chiqarish nazariyasida davom ettirilgan deb hisoblanar edi. Ammo ma`lum
bo`lishicha “iqtisodiy jadval”ning keyingi rivojlanishi Xar`kov universiteti
professori Yuzef Lang asarlarida keltirilgan (1775 - 1820). YUzef Lang Frayburg
universitetini bitirgan olim 1803 yilda Xar`kov universitetiga taklif etildi. 1807-
1815 yillarda nashr etilgan asarlarida xalq xo`jaligining avval uch sektorli (garchi
Kene g`oyasidan bir oz farq qilsada), keyinchalik to`rt sektorli modelini tadqiq
qilgan. Iqtisodiyot sektorlarini belgilash uchun Lang Kene kabi sinf tushunchasini
qo`llagan. Uning to`rt sektorli modelida yalpi milliy mahsulot qayta taqsimlanishi,
boshlang`ich mahsulotni ishlab chiqaruvchilari (qishloq xo`jaligi va kon sanoati),
hamda ikkilamchi mahsulot ishlab chiqaruvchilari (qayta ishlash sanoati),
tijoratchilar va xizmatchi sinflar orasida amalga oshirilgan. Bunda u, o`sha
davrdagi Rossiyaning xalq xo`jaligi aylanmasidan olingan misollar va
tenglamalarni qo`llagan. Afsuski Lang asarlari, zamondoshlari tomonidan e`tiborga
olinmay iqtisodiy fan rivojlanishiga hech qanday ta`sir ko`rsatmadi.
Shu bilan birgalikda, fiziokratlar nazariyasiga nisbatan, A. Smit nazariyasi
ham Rossiyada kengroq ko`lamda tarqalgan edi. 1761 yilda, Moskva
universitetining ikki talabasi, Ivan Tret`yakov (1735-1776) va Semen Desnitskiy
(1740-1789) Glazgo universitetiga o`qish uchun jo`natilib, aynan Shu universitetda
77
ma`naviy falsafa professori sifatida «Xalqlar boyligini» hali yozishga ulgurmagan
Smit ham faoliyat yuritib, o`sha davrlarda o`z ma`ruzalarida u, iqtisodiy
masalalarni ham ko`targan edi. 1767 yilda, Desnitskiy va Tret`yakov vatanlariga
qaytib kelib, Moskva universiteti yuridik fakul`tetida dars bera boshlashdi. Yuridik
asarlar bilan bir qatorda, ular umumiy ijtimoiy masalalar bo`yicha ham asarlar
yaratib, Tret`yakov hattoki kichik hajmdagi iqtisodiy asar bo`lmish «Qadimgi va
zamonaviy halqlarda hukumatning sekin boyishi va ravnaqi sabablari haqida
fikrlar» deb nomlangan asarlarini ham nashr etishga ulgurdi (1772) va bu
nomlanish Smit asosiy asari nomlanishiga yaqinroq bo`lib, aytib o`tish joizki Smit
o`z asarini Desnitskiy asaridan to`rt yil keyinroq nashr etdi. Tret`yakov va
Desnitskiyning iqtisodiy qarashlari Smitning erta qarashlariga yaqin bo`lib, undan
farqli o`laroq, rus olimlari iqtisodiy liberalizm tarafdorlari bo`lmay, tashqi savdoda
protektsionizm va hukumat tomonidan ichki ishlab - chiqarish qo`llab -
quvvatlanishi haqidagi g`oyalarni ilgari surishib, katta e`tiborni mablag` aylanmasi
kredit va moliyaga qaratishgan. Bundan tashqari Desnitskiy 1781 yilda,
jamoatchilik rivojlanishi kontseptsiyasini ilgari surib, uning doirasida iqtisodiyot
tarixi sxemasini bergan. Mazkur sxema to`rt bosqichdan iborat edi: ovchilik,
chorvachilik, dehqonchilik va tijorat.
Tijorat ostida Desnitskiy kapitalistik iqtisodiyotni nazarda tutgan. Mazkur
sxema, XIX asr o`rtalarida Germaniyada paydo bo`lgan tarixiy maktabning
o`xshash sxemalaridan ilgari yaratilgan edi.
XIX asrning boshida, Smit g`oyalari Rossiyada keng tarqalib, 1802-1806
yillarda Smitning xalqlar boyligi asari ham, rus tiliga tarjima qilingan edi. Bu holat
XIX asrning boshidan boshlab, siyosiy iqtisod fani universitet dasturi tarkibiga
kiritilgan. Yangi fan, asosan chet el professorlari tomonidan o`qitila boshlandi.
Ular orasida Moskva universiteti professori va siyosiy iqtisodiyot bo`yicha birinchi
o`quv qo`llanma muallifi bo`lmish Xristian SHlyotserni tilga olish lozim bo`lib,
uning asarlari ham rus tiliga tarjima qilingan; bundan tashqari, Xar`kov universiteti
professori sifatida Lyudvig YAkov ham faoliyat yuritib, u Rossiya iqtisodiyoti
haqida asarlar yaratdi. Mixail Balugiyanskiy esa, Avstro-Vengriyalik ukrain
millatiga mansub bo`lib, Peterburg universitetining birinchi rektori, mashhur
Rossiyalik reformator M. Speranskiyning yordamchisi vazifasida ishlagan edi.
Ushbu olimlar asosan nemis o`quvchilari bo`lganligi sababli, ular mumtoz
siyosiy iqtisodni kameralistika nuqtai - nazaridan o`qitishar edi (XVIII asrlarda
nemis universitetlarida o`qitilgan davlat boshqaruvi haqidagi fan). Boshqacha qilib
aytganda, ular iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasining to`liq tarafdori emas edilar.
Birinchi yigirma yil davomida Rossiya siyosiy iqtisodiyoti, Smit
nazariyasining bevosita ta`siri ostida o`qitilgan, ammo keyinchalik, Smit g`oyasi
umumiy yo`nalish ramzi sifatida samoga ko`tarilib, aniq masalalar bo`yicha
78
Rossiyalik iqtisodchilar, asosan Sey va Mal`tus asarlariga yondashishar, Rikardo
g`oyalari esa, nisbatan kamroq e`tiborga olinar edi. XIX asrning 20-yillaridan
boshlab, barcha yo`nalishlar asosan Sey g`oyalariga asoslanib, bu g`oyalar XIX asr
40- yillari boshigacha e`tibordan yiroqlashmagan.
Shu davrlarda Rossiyada yirik iqtisodchi va birinchi siyosiy iqtisodiyot
bo`yicha Rossiyalik akademik Genrix Shtorx ham faoliyat yurita boshladi (1776-
1835). U Rigada tug`ilib, germaniyada ta`lim olgan, so`ngra esa Peterburg
shahridagi birinchi kadet korpusida va tashqi aloqalar vazirligida faoliyat yurita
boshladi. Shtorxning asosiy asari, “siyosiy iqtisod kursi” bo`lib, bu asar unga
Evropada mashhurlik keltirib, 1815 yilda hattoki frantsuz tilida ham nashr etildi.
Mazkur asar bo`yicha, Shtorx Sey bilan munozaraga kirishib, o`sha davrlarda Sey
Shtorxni plagiatda aybladi. Nima bo`lganida ham, Evropalik olimlar boshqacha
fikrda edi. Masalan, Rikardo g`oyasi tarafdori va yaqin do`sti bo`lmish Mak-
Kullox yozishicha, - «Mazkur asar o`z muallifiga katta mashhurlik keltirdi…
asosiy g`oyalarning aniq va ravshan keltirilishi bilan bir qatorda, boylik ishlab
chiqarilishi haqidagi Shtorx asari, ingliz va frantsuz iqtisodchilari e`tiborini
kamroq darajada tortgan predmetlar haqidagi fikrlari bilan boy. Shtorx asarlarini
adolatli ravishda, Angliyaga keltirilgan siyosiy iqtisodiyot haqidagi barcha
asarlardan ustun qo`yish mumkin.
Iqtisodiyot faniga kiritgan muhim hissasi sifatida Shtorx «Tamaddun
nazariyasini» e`tirof etish mumkin, zero uning fikricha mazkur nazariya Smitning
«Boylik nazariyasini» to`ldirgan. Mazkur nazariya Sey nazariyasiga yaqin bo`lgan
«Narx nazariyasidan» kelib chiqgan. Ma`lumki Sey qiymat belgilanishida ishlab
chiqarish omillariga tayangan, Shtorx esa predmetning foydalilik darajasiga e`tibor
qaratgan. Shtorx boylik va kapital tushunchasini nomoddiy boyliklarga nisbatan
ham ishlatib bular sirasiga turli xizmatlar, Shu jumladan inson salomatligi, bilimi,
badiiy tushunchalari, dam olishi, xavfsizligini ham kiritgan. Bundan ishlab
chiqarish mehnatining kengroq talqini ham kelib chiqib, ularni Shtorx moddiy
ishlab chiqarish doirasidan tashqariga olib chiqadi.
Ishlab chiqarish borasida foydasiz sinflarni, Shtorx faqat mulkdorlar bilan
toraytirib, uning fikricha mulkdorlar o`z mulki evaziga foiz yoki renta olishganligi
sababli, nafaqaxo`r deb atalishi lozimligini aytib o`tgan. Boylik birlashtirilgan
nazariyalari (moddiy) va tamaddun (nomoddiy) nazariyalarini Shtorx xalq
barqarorligi nazariyasi deb atagan. Shtorx g`oyalari, xususan, inson nomoddiy
kapitali g`oyasi sifatida XX asrning ikkinchi yarmida ham tadqiq etgan. XIX asr
40-yillari o`rtalariga kelib, Rossiyada kapitalizm tanqidchilari asarlari keng tarqala
boshlandi (Sismondi va sotsialist - utopistlar). G`arbdagi kabi Rossiya siyosiy
iqtisodiyotida ham pozitsiyalarning mo„ayyan polyarizatsiyasi kuzatildi.
79
Rossiya universitetlarida asosiy o`quv qo`llanmani yaratgan Butovskiy o`z
qarashlari bo`yicha Sey maktablariga yaqin turadi. Butovskiy tanqidchisi sifatida,
Vladimir Milyutin hisoblanadi (1826-1855). Milyutin o`sha davrlarda talaba
bo`lib, keyinchalik Moskva universiteti professori darajasigacha ko`tarildi. O`z
qarashlari u Sismondi maktabiga yaqin edi ammo kichik tovar ishlab chiqarish
idealizatsiyasini tanqid qilgan.
Rossiya
mumtoz
siyosiy
iqtisodiyotining
sotsialistik
yo`nalishi
namoyandalaridan yana biri, Nikolay Chernishevskiy hisoblanadi (1828-1889), u
«Sovremennik» jurnalining muharriri bo`lib, inqilobdan oldingi ko`tarilish, ya`ni
1859-1861 yillar davomida uning asosiy ideologlaridan biri bo`lgan. 1862 yilda u
qamoqqa olinib, Sibirga surgun etildi va u erdan 1889 yilda o`limidan oldin ozod
etildi. Chernishevskiyning barcha iqtisodiy asarlari 1857-1862 yillar davomida
yozilgan bo`lib, ular orasida ikki asarni ajratib ko`rsatish mumkin: «Siyosiy
iqtisodiyot bo`yicha ocherklar (Mill` g`oyasi asosida)» va «Kapital va mehnat».
Nazariya sohasida u Mill` asarlariga tayangan ba`zi g`oyalari Ouen
nazariyalariga yaqinroq turgan hamda «Mehnatkashlar siyosiy iqtisodiyotining»
shaxsiy talqinini yaratishni orzu qilgan. Mehnatkashlar tushunchasi ostida,
Chernishevskiy ishchilar qatorida dehqonlarni ham tushunib, uning fikricha,
Rossiya sotsializmga nisbatan alohida rivojlanish yo`liga ega bo`lgan, ya`ni
dehqonchilik jamoasi va ishchilar arteli yordamida kapitalizmni chetlab o`tgan
holda.
Chernishevskiy zamondoshlari mumtoz siyosiy iqtisodning burjua vakillari
I. Gorlov, I. Vernadskiy, V.Bezobrazov va boshqalar bo`lishgan. 1859-1862 yillar
davomida Peterburg universiteti profesmsori Ivan Gorlov (1814-1890) siyosiy
iqtisodiyotning ikki tomli darsligini nashr etib, bu o`quv qo`llanma Butovskiy
o`rnida qo`llanila boshlandi. Moskva universiteti professori Ivan Vernadskiy esa
(1821-1884) ilk marotaba Rossiyada iqtisod fanlar tarixi bo`yicha fundamental
tadqiqotini nashr etib, uni «Siyosiy iqtisodiyot tarixi ocherki» (1858) deb nomladi.
Mazkur olimlar, Rossiyada sanoat kapitalizmi va qishloq xo`jaligining fermerlik
yo`lida rivojlanishi tarafdorlari edi. Ularning faoliyati, Rossiyadagi isloxotlar
davrida kechib, asosiy rollari 1861 yilda krepostnoy huquqi bekor etilishida
namoyon bo`lib, bu holat Rossiyada kapitalizm rivojlanishiga muhim asos bo`ldi.
XIX asrning 60- yillarida, nihoyat Rossiya siyosiy iqtisod rivojlanishining ikki
yo`nalishi birlashib, kapitalistik sanoat sohasi ham nazariy, ham amaliy jihatdan
tadqiq etila boshlandi.
Ammo bu holatning paradoksli jihati Shunda ediki, jahon iqtisodiy fanida
mumtoz siyosiy iqtisod allaqachon o`zining ijodiy yo`nalishini tugatgan edi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya mumtoz siyosiy iqtisodi barcha
mamlakatdagi kabi o`z hukmronligini rasmiy ravishda saqlab qolib,
80
universitetlarda o`qitilar, ammo uning ijodiy salohiyati allaqachon barham topgan
edi.
Nihoyat XIX asrning 90-yillarida, Rossiyada keskin sanoat o`sishi va kapitalizm
shakllanishi ta`siri ostida, marksizm g`oyalari keng tarqala boshlandi. O`sha
davrdagi iqtisodchi marksistlar orasida, avvalambor P.Struve, M.Tugan –
Baranovskiy, V.Ul`yanov (Lenin), S. Bulgakov va boshqalarni tilga olish lozim.
Mazkur dardagi Rossiyalik marksistlar, Rossiyalik sotsialistlarning boshqa guruhi
bilan nazariy munozaralarni yuritishgan, Chunki Rossiyalik sotsialistlar guruhi,
Rossiyada kapitalizmning xalqona kelajagi tarafdorlari edilar. Xalq tarafdorlari
(V. Vorontsov, M. Daniel`son), avvalambor Sismondining realizatsiya nazariyasi
tarafdorlari bo`lib, ularning fikricha Rossiyada kapitalizm rivojlanishiga
bozorning qisqarishi sabab deb hisoblashgan. Marksistlar esa, Marksning ijtimoiy
ishlab chiqarish g`oyasiga tayangan holda, ishlab chiqaruvchilar ixtisoslaShuvi
o`sishi hisobiga mahsulot realizatsiyasida qiyinchiliklar kelib chiqmasligini
isbotlashgan. XIX va XX asrlar oralig`ida, Rossiyada marksizm tanqidiy va
ortodoksal marksizmlarga bo`linib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |